154
Narxi. Masofaviy ta'lim kurslari 2 va 3 barobar oddiy kurslarga
qaraganda arzon.
Sotsial yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ijtimoiy guruhlarga ajratish yo`qligi. Masofaviy ta'lim kursida
ikkinchi oliy yoki qo`shimcha ma'lumot oluvchilar, malaka oshirish va
qayta tayyorgarlik o`tash istagida bo`lganlar;
ikkinchi paralel ma'lumot olishni xohlagan talabalar;markazdan
uzoqda, kam o`zlashtirilgan mintaqalar aholisi;
jismoniy nuqsonlari
bo`lgan shaxslar; armiya xizmatida bo`lgan shaxslar;
erkin ko`chib yurishi cheklangan shaxslar; va boshqalar qatnashishi
mumkin.Yosh cheklanishlari yo`qligi. O`qishga jalb qilinuvchilarning
yosh cheklanishlarini istisno qilinadi.
2. Moodle — Web muhitida о‘qitish va online rejimdagi darslarni
tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda
mavjud о‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises,
Group work, Student tracking va ancha kо‘p bо‘lgan boshqa modullari
mavjud.
3. LAMS IMS Learning Design standarti asosida 2003-yilda
yaratilgan.
Dokeos - Clarolinening 1.4.2 versiyasidan
ajralib chiqqan yangi
dasturiy majmua hisoblanadi.
Claroline - Erkin va ochiq kodli masofaviy о‘quv kurslarni
tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webga yо‘naltirilgan dasturiy
majmua hisoblanadi.
Atutor - Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi
hisoblanadi.
4. CMS “Content Management System” deb yoyib yoziladi, ya’ni
kontentni boshqarish tizimi yoki saytni boshqarish tizimi. Bu saytni tez
yaratish , Bitrix (Saytni Boshqarish Tizimi) ishini soddalashtirish uchun
hizmat qiladi.
Birinchi: Saytni boshqarish tizimi buyurtmachiga
saytni mustaqil
expluatatsiya qilishda, ya’ni bizning mutaxassis bilan emas, balki
о‘zingizning kompaniya xizmatchingiz (menedjer, kotib, marketolog)
155
bilan saytdagi ixtiyoriy ma’lumotni va uning strukturasini
о‘zgartirishingizga imkon beradi.
Agar siz saytingiz marketingli uskuna va undagi har kungi
ma’lumotida kompaniyangizning oxirgi marketingli aksiyalari aks
etishini xoxlasangiz u holda CMS ni sizning saytingizga qо‘llanilishi shart:
va yana. Bu – saytingizni rivojlantirish yoki modernizatsiyalash ishlarida
о‘ylanmay qilingan harakatlar yoki shunchaki xatolardan asraydi.
5. Virtual ta’lim tizimi ochiq kodli
MOODLE platformasida ishlab
chiqilgan bо‘lib, masofaviy ta’limni tashkil etish va boshqarishga
mо‘ljallangan.
Virtual ta’lim portali 493ta tuzilmadan iborat. Har bir tuzilma bitta
fan bо‘yicha о‘quv meyoriy hujjatlar bilan bir qatorda, ma’ruza matnlari,
ama-liy mashg‘ulotlarga uslubiy kо‘rsatmalar, atamalar, adabiyotlar
rо‘yxati,
test savollari, tarqatma materiallar, baholash mezonlari, ta’lim
jarayonini tashkil etish va uni boshqarishga qо‘yilgan talablar va shu kabi
axborotlar joylashgan. Hozirgi kunda universitetda о‘qitiladigan fanlarning
40tasidan tuzilmalar yaratilib, ulardan о‘quv jarayonidan foydalanib
kelinmoqda.
6. Barcha ta’lim turlari kabi MTning ham har xil modellari mavjud.
Bu ta’lim jarayonining quyidagi asosiy tarkibiy qismlari: fan mazmunining
bayoni; о‘qituvchilar bilan о‘zaro bevosita va bilvosita muloqot; amaliy
topshiriqlarning
bajarilishi; talaba bilimini nazorat qilish va baholashdan
iborat bо‘ladi. Har bir model shu kabi tarkibni hamda uni amalga
oshiruvchi texnologiyalarni qо‘llaydi. MTning turli modellari nafaqat
qо‘llaniladigan texnologiyalar, balki boshqarilish darajasi, о‘qituvchi va
о‘quvchilarning mas’uliyati bilan ham farqlanadilar.
7. Elektron darslik — bu talabalarda о‘zlashtirishi uchun hamda
kо‘nikma va malakalar orttirishida zarur bо‘lgan
bilimlar bayon etilgan
о‘quv nashrini elektron shaklda taqdim etuvchi, tuzilmaviy hamda tizimli
materialga ega bо‘lgan vositadir.
8. Ushbu tizim talabalarni masofadan turib о‘qitish mо‘ljallangan.
Talabalar ushbu tizim orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda turib mavjud
elektron resurslardan foydalanishi, о‘qishi, о‘qituvchidan vazifa va
takliflar olishi mumkin. О‘qituvchi, doimiy ravishda resurslarni yangilab
156
turishi va о‘quvchilarining tashrifi va bajarilayotgan vazifalarini nazorat
qilib turishi mumkin. Vazifalar о‘qituvchi tuzilgan testlar yordamida yoki
laboratoriya ishlari turi bilan berilib boriladi. Platformada ishlash sodda
bо‘lib jahon standartlariga javob beradi.