48
tо‘lovlarni amalga oshirishda maxsus qurilmadan foydalanadi. Mijoz bank
kompyuteriga ulanadi va hisob raqami, shaxsiy identifikayiya raqami, kod
raqami, oluvchi kompaniya nomi, pul va tо‘lov summasini kiritadi.
WAP-banking
(Wireless Application Protocol) — hisobni maxsus
dasturiy ta’minot bilan qurollantirilgan mobil telefon vositasida ma’lumot-
larni simsiz uzatish asosida masofaviy boshqarish. Biroq, banklar WAP-
bankingni xizmatlarning alohida shakli sifatida ajratib kо‘rsatmaydi. Bank
operatsiyalarini faqat mobil telefoni orqali olib borishni xoxlovchi
mijozlarga baribir internet banking tizimiga ulanishga tо‘g‘ri keladi.
Hozirgi vaqtda WAP-banking xizmati xavfsizligini oshirishga qodir
dasturiy ta’minot ishlab chiqilmoqda. Hozircha tо‘lovlar xavfsizligini
ta’minlash maqsadida ayrim banklar mijoz bilan opersiyalar rо‘yxatini
kelishadi va ularning har biriga mos keluvchi kod belgilaydi.
Yana bir banklar tomonidan uyali telefon egalariga taqdim etilgan
xizmat-
SMS-banking. Har bir uyali aloqa operatorida mavjud bо‘lgan
qisqa xabarlar xizmati yordamida (SMS - Short Message Service) mijozga
xarajat hisoblari (hisob qoldiqlari) haqida barcha axborotlar etkaziladi.
Mutaxas-sislar fikricha, bu xizmat WAR-bankingga nisbatan kо‘proq
istiqbolga ega. Birinchidan, arzon, ikkinchidan esa ma’lumotlarni
uzatishning yuqori tezligi - 10 barobar tezroq va uchinchidan, operatsiyalar
xavfsizligini sezilarli oshiradi. SMS-servis kо‘plab mijozlarda qо‘llaniladi.
Dasturiy apparat himoyaning zamonaviy texnologiyalari operatsiya-
larning maxfiyligi va mablag‘ saqlanishiga kafolatni 100% ta’minlovchi
darajada. Biroq, eng asosiysi, mablag‘ni saqlanishiga, eng avvalo, internet-
banking xizmatini taqdim etuvchilar, nafaqat mijozlarining moliyaviy
hisoblarini saqlanishi, balki о‘zining mablag‘lari va obrо‘si uchun javob
beradigan banklar qiziqishadi.