161
IORDANIYA
1946
-yil 22-martda Londonda
Transiordani
yaning mustaqilligi eʼlon
qilindi va shu yili
may oyida mamlakatning nomi
Iordaniya deb oʻzgartirildi.
Amir
Abdulloh I ibn Husayn mamlakat podshohi (maliki)
boʻldi. 1967yilgi urushda Iordaniya Isroildan magʻlubiyatga
uchrab, O‘rdun daryosining gʻarbiy sohili tortib olingandan
soʻng Iordaniya hududiga yuz minglab falastinlik qochoqlar
kelib joylashdi. Podshoh Iordaniyaning Gʻarbiy qirgʻoqqa
boʻlgan huquqidan falastinliklar foydasiga voz kechdi. Ammo
Isroilning taʼsiri ostida 1988yili Iordaniya Gʻarbiy qirgʻoq
bilan har qanday aloqani uzdi. Oqibatda arab davlatlarining
moliyaviy yordamidan mahrum boʻldi. Faqat Yevropa Ittifoqi
va xalqaro moliyaviy tashkilotlar koʻmagida Iordaniya 1991
yil oxiriga kelib moliyaviy inqirozdan chiqa oldi.