71
murakkab forma ega bo’lgan detalllarning boshlang’ich ishlov berilgan baza yuzasi
bo’lmagan detallar (misol: ventil tanasi) ishlov berishni boshlang’ich bosqichida
sputniklarga (yo’ldoshlarga) o’rnatilib ishlov berish joylaridan hammasidan o’tadi.
Avtomatik liniyalarda ishlov beriladigan detallarni qisib o’rnatadigan moslamalar
ikki turga bo’linadi: stasionar holatdagi va yo’ldosh moslamalar.
Avtomatik liniyalarning yordamchi va ish bajaruvchi qurilmalari standart
yoki normallashgan elementlarni o’z ichiga oladi. Datchiklar (boshqaruv
knopkalari, yo’l o’chirgichlar, o’tkazgichlar, fotoelementlar, termoparalar va
hokazolar) ishlov berish davrining oldingi elementi tugaganligini, mexaniq yoki
fizik harakatni elektrik topshiriqqa o’tganligini taqozo etadi.
Uzatuvchi-aylantiruvchi qurilma (o’rtagich rele, kontaktorlar, yacheykalar
va hokazolar) datchiklardan kelayotgan signallarni kuchaytirish, taqsimlash,
kombinatsiyalash, uzatish funksiyalarini bajaradi. Ayrim hollarda ish bajaruvchi
mexanizmlarni quvvati katta bo’lmaydi. Datchikka yaqin bo’lganda aylantiruvchi
qurilmani tizimdan chiqarib datchiklardan kelayotgan topshiriqlarni bevosita
to’g’ridan-to’g’ri bajaruvchi qurilmalarga uzatadi.