|
Saynazarov Mirzohidjon Mavzu bayoni
| bet | 5/12 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 285,94 Kb. | | #255821 |
Bog'liq kimyo10 tezis 22.05Uyga vazifa: 130-betdagi 2-3-masalalarni yechish
__________________________________________________________________________________
Mavzu : 7- Nazorat ishi
O‘qituvchi: Saynazarov Mirzohidjon
Mavzu bayoni:
1-masala: 26,7 g massadagi noma’lum aminokislotaning natriy ishqori bilan reaksiyasi natijasida 5,4 g suv hosil bo’lsa, shu reaksiyaga kirishgan aminokislotaning nomini aniqlang.
Javob: CH3 ̶ CH ̶ COOH aminopropan kislota
NH2
2-masala: 4,5 mol maltoza va saxaroza aralashmasidan 1260 g glukoza olingan bo’lsa, dastlabki moddalar qanday massa nisbatda olingan? Javob: 2,5:2 nisbatda olingan.
3-masala: Protein molekulasi tarkibida 2 atom temir bo’lib, uning massa ulushi 0,28 % ga teng. Proteinning nisbiy molekulyar massasini hisoblang. Javob: 40000
4-masala: Katta odamning sutkalik ratsionida 120 g oqsil bo’lishi kerak. Sutkalik ratsiondagi oqsilning 15 % ini sutdan olish uchun 1 kunda necha gramm sut iste’mol qilish kerak? Sutda oqsil 3,3 % ni tashkil etadi. Javob: 545 g
Uyga vazifa: Oqsil molekulasining tarkibida 1 atom oltingugurt bo’lib, uning massa ulushi 0,32 % ga teng. Oqsilning nisbiy molekulyar massasini hisoblang.
__________________________________________________________________________________
Mavzu : Tabiiy va sun’iy tolalar. Amaliy mashg’ulot
O‘qituvchi: Saynazarov Mirzohidjon
Mavzu bayoni:
Kerakli jihozlar: Stakan, probirka, shisha tayoqcha
Kerakli reaktivlar: Tuxum oqi, NaOH, CuSO4, nitrat kislota, distillangan suv
Oqsillar turli fizik xossalarga ega: ba’zilari suvda kolloid eritma hosil qilib eriydi (tuxum oqsili), ba’zilari tuzlarning suyultirilgan eritmalarida eriydi, uchinchilari umuman erimaydi (teri to‘qimalari-ning oqsillari).
|
| |