|
Samarqand davlat universiteti amaliy matematika va informatika fakulteti
|
bet | 1/2 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 30,88 Kb. | | #147452 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta naxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta naxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti amaliy matematika va informatika fakulteti informatika o’qitish texnologiyasi va loyixalashtirish fanidan labaratoriya ishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA NAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI
Informatika o’qitish texnologiyasi va loyixalashtirish fanidan
LABARATORIYA ISHI
Mavzu: Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalashtirish.
Bajardi: U.Tuyg’unov
Tekshirdi:Z.Jumayev
SAMARQAND-2021
REJA:
1. Informatika darslarida bilim, malaka va koʻnikmalarini nazorat qilish.
2. Baholashning zamonaviy metodlari va vositalari. Talaba (yoki oʻquvchi)larning bilimlarini baholash turlari va ularning afzallik hamda kamchiliklari.
4.Xulosa:
5.Foydalangan internet saytlar.
Informatika darslarida bilim, malaka va koʻnikmalarini nazorat qilish.
Ta`lim mazmunini takomillashtirish oʻqituvchining bilimi, pedagogik texnika va pedagogik texnologiyalarni ta`lim-tarbiya tizimiga qay darajada qoʻllay olish mahorati bilan uzviy bog’liq ekanligini avvalgi mavzularda koʻrib oʻtdik.
Oʻqituvchining kasbiy faoliyati samarasi talabalar tomonidan egallangan bilim, koʻnikma va malakalarda oʻz ifodasini topadi. Talabaning mustaqil faoliyati uning erkin fikri asosida mantiqiy tafakkurning qay darajada rivojlangani bilan bog’liq. Bunda: ‘oʻquv-bilish jarayonidagi mustaqillik’, ‘ta`lim-tarbiya jarayonidagi faollik’, ‘ijodiy qobiliyatning rivojlanganlik darajasi’ talaba bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. Bu koʻrsatkich talabani boʻlajak oʻqituvchi sifatiga xos boʻlgan shaxsiy va kasbiy xislatlarini ham oʻz ichiga qamrab olishi lozim. Demak, talaba shaxs sifatida va boʻlajak oʻqituvchi sifatida qay darajada shakllangan hamda uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarida o‘zaro uyg’unlik bormi, degan savolga javob talaba faoliyatiga qoʻyilgan baho hisoblanadi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta`lim jarayoniga xos qaytar aloqa vositasi sifatida qaraladi. Bunda boʻlajak mutaxassisning shaxsiy va kasbiy xislatlari qay darajada shakllanib kelayotganligiga e`tibor berilmaydi. Bu xususiyatlarning nazardan chetda qolishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga boʻlgan e`tiborsizlikka olib keladi.
Talabalar bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy turlarga boʻlinadi. Nazoratning joriy turi barcha oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilimlarni undan avval oʻzlashtirilgan bilimlar darajasini prognoz qilish bilan bog’liq boʻladi. Oʻquvchi yoki talaba dastur talablari asosida har bir mavzuni oʻz vaqtida oʻzlashtirib bora olishi yoki oʻzlashtira olmasligi joriy nazoratda ma`lum boʻladi. Joriy nazoratning afzalligi ham aynan mana shu joyda koʻrinadi. Demak, joriy nazoratning asosiy vazifasi oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malaka asosida navbatdagi oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilimlarni ilmiy-uslubiy jihatdan aniqlab borish hisoblanadi.
Ta`limning tizimiylik va izchillik qoidasiga muvofiq, oraliq nazoratda yirik mavzular, boblar yoki modullashtirilgan mavzular toʻplamiga oid bilimlar baholanib boriladi.
Har ikkala nazorat turida talabalarning erkin fikr mustaqilligi va faolligiga alohida e`tibor beriladi. Bu jarayonda har bir talaba oʻzini oʻzi nazorat qilish imkoniyatiga ham ega boʻladi.
Dasturda belgilangan soatlar (ya`ni rejadagi barcha mavzular) toʻliq bajarilib boʻlingach, yakunny nazorat qabul qilinadi.
Yakuniy nazoratda ta`limning ilmiyligi va ta`lim-tarbiyaning birligi prinsipiga alohida e`tibor qaratiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va. baholashda B.Blumning pedagogik taksonomiyasiga asoslanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda talabaning qay darajada ta`limiy maqsadni qoʻya olishi va unga erishish yoʻllari, ya`ni talaba bilimlarini qaysi bosqichga muvofiq kelishi aniq boʻladi. Shu bilan birga, talabaning intellektual – ijodiy imkoniyatlari, oʻquv-metodik tajribalari hamda professional tayyorgarligi xususida prognostik malumotlar olinadi. Bunda asosiy e`tibor talabani mustaqil bilim olish ishlariga, shu asosda, zarur koʻnikma va malakalarning nechog’li shakllanib borayotganligi hamda uni kasb amaliyotida qoʻllay olish qobiliyatiga e`tibor qaratiladi. Bular talabaning kasb faoliyatiga qay darajada kirib kelayotganligini baholash texnologiyasi hisoblanadi.
Umumiy oʻrta ta`limda oʻquvchi faoliyatini baholash va unga muvofiq keluvchi reyting tizimi joriy etilgan.
Oliy ma`lumotli bakalavr oʻqituvchi kadrlar tayyorlaydigan DTS talabiga muvofiq ishlab chiqilgan reyting tizimida talabaning bilim sifatini nazorat qilish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
• nazorat turlari (joriy, oraliq. yakuniy);
• nazorat usullari (og’zaki, yozma, pedagogik test);
• baho shkalasi;
• talabaga qoʻyilgan bahoni predmet boʻyicha umumiy baho (ball)ga birlashtirish.
Buni ‘Informatika fanini oʻqitishda innovatsion texnologiyalar’ fani boʻyicha joriy etilib kelinayotgan reyting ishlanmasi misolida quyidagicha koʻrsatish mumkin:
ma`ruza- 16soat, laboratoriya - 16soat va seminar 8-soat, jami - 40 soat“Optimal boshqaruv usullari” kafedrasi “Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fanidan talabalar bilimini baholashning reyting jadvali (bahorgi (kuzgi) semestr)
Mavzular №
|
Umumiy oʻquv yuklama
|
Nazorat turi
|
Nazorat shakli
|
Ballar
|
Topshirish muddati (oy, hafta)
|
Ma’ruza
|
loboratoriya
|
Seminar
|
Mustaqil ta’lim
|
jami
|
|
|
Maksimal ball
|
O’tish bali
|
|
4 – semestr (6 – semestr)
|
1 – 4
|
|
8
|
4
|
10
|
22
|
JN-1
|
Kunlik nazorat, uy vazifasi, referat, kollokvium, test
|
17
|
|
Aprel, 4- hafta
|
5-8
|
8
|
4
|
14
|
24
|
JN-1
|
Kunlik nazorat, uy vazifasi, referat, kollokvium, test
|
18
|
|
Iyun, 1- hafta
|
1-8
|
16
|
|
|
|
|
ON
|
Yozma
|
35
|
|
Iyun, 2- hafta
|
|
|
|
|
|
|
JN+ ON
|
|
70
|
39
|
|
1-8
|
16
|
16
|
8
|
24
|
64
|
YaN
|
Yozma
|
30
|
|
Dekanat jadvali boʻyicha
|
|
|
|
|
|
|
|
|
100
|
55
|
|
IOʻM 2-kurs (3-kurs), Baholash mezoni: Maksimal ball - 100 ball.
Oʻtish bali - 56 ball ‘A`lo’ - 86 dan 100 gacha (86- 100%)
Yaxshi - 71 dan 85 gacha (71- 85)
Qoniqarli - 56 dan 70 gacha (56- 70%)
Qoniqarsiz - 55% dan past.
Eslatma: 39% dan kam ball toʻplagan talabalar YaN ga qoʻyilmaydi.
Yakuniy nazoratga kirish balli - 39 ball.
Talabalarning bilimlarini nazorat qilish va baholash texnologiyasi yanada takomillashmog’i zarur. Ta`lim-tarbiyaning faol innovatsion noananaviy yoʻllarini yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish, mustaqil fikrlash asosida ijodiylik muammolilikni talab etadi. Shunga muvofiq, ta`lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish hamkorlik faoliyatiga, ya’ni “sub`ekt-sub`ekt” munosabatiga asoslanadi. Bu munosabatga xos motivlar oʻz-oʻzini baholash va nazorat qilish tizimini yaratishni taqozo etadi.
|
| |