• 14.2. Kasbiy talimning informatsion-texnik asoslari: zamonaviy informatsion talim texno- logiyalari (Media) yordamida oqitish va oqish.
  • t a ‘ l i m j a r a yo n i g a




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet106/117
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,97 Mb.
    #244133
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   117
    Bog'liq
    ok

    t a ‘ l i m j a r a yo n i g a
    keng ko’lamda
    joriy qilish quyidagilarni beradi:
    ·
    o’quv va ilmiy axborotlarni talaba hamda professor-o’qituvchilar tomonidan qidirib
    topishga ketadigan vaqtning qisqarishi;
    ·
    elektron o’quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o’zgartirishni
    tez-ashtirilishi;
    ·
    talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun qo’shimcha vaqtning ajratilishi.
    Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’quv
    jarayonida qo’llashning istiqbollari bo’lib multimedia-texnologiyalar asosida interaktiv
    ma’ruzalarni tashkil qilish hisoblanadi. Ananaviy ma’ruzalar o’qishga nisbatan interaktiv
    ma’ruzalarda talabalar o’qitish jarayoniga faol aralashishlari mumkin bo’lib, unda o’quv
    materialining turli joyidan savollar berib, aniq javoblar olish imkoniga ega bo’ladilar.
    Multimedia-texnologiyalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy dasturiy-
    texnik vositalarining mujassamlanishi talabalarning, ya’ni
    audioaxborot (ovoz), videoaxborot
    va animasiya (multiplikasiya, «tirik video»)
    ko’rinishdagi axborotlarni turli xis etuvchi
    organlari tomonidan qabul qilish darajasini yuksaltirilishini ta’minlaydi. Bu esa darslarni
    qiziqarli va samarali tashkil etishni ta’minlaydi. Shaxsiy kompyuter o’qituvchining yordamchisi
    sifatida ishtirok etadi. O’qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida Microsoft Office dasturining
    Power Point grafik dasturida videoslaydlar tayyorlashi kerak bo’ladi. Bu albatta o’qituvchidan
    shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega bo’lishini talab etadi. Bundan tashqari bunday
    ma’ruzalarni yoki amaliyot mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maxsus jihozlangan
    auditoriyalarni talab qiladi.
    14.2. Kasbiy ta'limning informatsion-texnik asoslari: zamonaviy informatsion ta'lim texno-
    logiyalari (Media) yordamida o'qitish va o'qish.
    Pedagoglarning axborot-texnologik tayyorgarligi bir nechta komponentlarni o’z ichiga oladi.
    Ulardan biri axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asoslari va ularni kasbiy
    faoliyatda qo’llash metodikasini egallash hisoblanadi. O’zbekiston respublikasi ta’limni
    axborotlashtirish yangi konsepsiyasi talaba va pedagoglarni ta’limni axborotlashtirish
    sharoitlarida ishlashga tayyorlashni ko’zda tutadi. Shu sababli bilim berishda raqamli ta’lim
    resurs(RTR) laridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
    RTRlarga Internetdagi ta’lim resurslari, elektron darslik, elektron qo’llanmalar, elektron
    kutubxonalar hamda MS Office paketi va boshqa dasturlar asosida tayyorlangan va raqamli
    tashuvchida muhrlangan axborotlar kiradi.
    Kasb ta’limi uchun bugungi kunda quyidagi muammolar dolzarb hisoblanadi:
    1. Zamonaviy RTRlarni yaratish, tarqatish va o’quv jarayonida asosli qo’llash.
    2. O’quv jarayonida RTRlardan samarali foydalana oladigan pedagogik kadrlarni tayyorlash.
    Darsni RTRlar asosida loyihalash o’z ichiga to’rtta bosqichni oladi: birinchi bosqichda
    raqamli resurslardan foydalanish zaruriyati asoslanadi; ikkinchisi texnologik bosqich bo’lib,
    unda pedagog dars turi (dars-tadqiqot, dars-taqdimot, virtual ekskursiya, amaliy ish va h.k.),
    dasturiy va apparat (lokal tarmoq, Internetga chiqish, multimediali kompyuter, dasturiy vositalar)
    ta’minotni aniqlaydi; uchinchi bosqichda dars tuzilmasidagi asosiy elementlar ajratiladi, turli
    komponentlar (o’qituvchi-o’quvchi-RTR-o’quv materiali) orasidagi o’zaro aloqa usullari
    tanlanadi; to’rtinchi bosqichda o’rganuvchilarning joriy psixologik holati, bilim darajalari
    hamda faoliyatlarning eng maqbul ketma-ketligi aniqlanadi [1].


    Turli umumta’lim va kasbiy fanlarni o’qitishda RTR larni qisman qo’llashga qaramasdan,
    ulardan samarali foydalanish sohasida pedagog kadrlarning malakasini oshirish va tayyorlash
    optimal tizimini tanlash masalasi yechimini topmay qolmoqda.
    Shuning uchun o’qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish RTRlarni
    amalda qo’llash va o’quv yurti axborot muhitini loyihalash tajribasini o’zlashtirishga
    yo’naltirilgan amaliy, loyihaviy xarakterda bo’lishi lozim.
    Ma’lumki bugungi kunda kompyuter raqamli format hisobiga axborotni barcha ma’lum bo’lgan
    usullarda taqdim etishni ta’minlaydi. Xuddi shunday u bitta tashuvchida ta’limiy jarayon
    hamma komponentalarining o’quv-metodik ta’minotini birlashtirishi mumkin.
    O’rta maxsus, kasb-hunar o’quv muassasalarida yangi o’quv mahsulotlarini tadbiq etish
    pedagoglarning malakasini oshirish va metodik qo’llab-quvvatlash butun ta’lim jarayonini qayta
    qurish bilan olib borilishi zarur.
    Hozirgi zamonda ta’lim tizimi sifatli RTRlarga kuchli ehtiyoj sezmoqda. Amaliyotda ularni
    qo’llash quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
    1. O’rganuvchilarning mustaqil ravishda bilimlarni olish bo’yicha turli-tuman faoliyat shakllarini
    tashkil qilish.
    2. Turli xildagi o’quv faoliyatini amalga oshirish jarayonida zamonaviy axborot va
    telekommunikasion texnologiyalarning barcha imkoniyatlaridan foydalanish, jumladan: qayd
    qilish, yig’ish, saqlash, axborotni qayta ishlash, interfaol muloqot, obyekt, hodisa, jarayonlarni
    modellashtirish, virtual laboratoriyalar va boshqalar.
    3. O’quv jarayoniga assosiativ bilan bir qatorda multimedia texnologiyalari, virtual haqqoniylik,
    gipermatn va gipermedia tizim imkoniyatlariga tayanib oniy axborotni olib kirish.
    4. O’rganuvchilarning intellektual imkoniyatlari hamda ularning bilim, uquv, ko’nikma,
    mashg’ulotga tayyorlik darajasini obyektiv baholash va tashhis qo’yish.
    5. Har bir o’quvchining intellektual darajasiga mos holda ularning o’quv faoliyatini boshqarish.
    6. O’rganuvchilarning individual mustaqil o’quv faoliyatini amalga oshirishlari uchun sharoit
    yaratish, o’zini o’qitish, rivojlantirish, takomillashtirish, safarbar qilish ko’nikmalarini
    shakllantirish.
    7. Pedagoglar, o’rganuvchilar va ota-onalarni ta’lim mazmuni va maqsadlariga mos bo’lgan
    dolzarb, o’z vaqtidagi axborot bilan tezkor ta’minlash.
    8. O’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagog, o’rganuvchi va ota-onalarning doimiy
    va tezkor muloqoti uchun zamin yaratish.
    Texnik oliy o’quv yurtlarining “Kasb ta’limi” (Informatika va axborot texnologiyalari,
    Telekommunikatsiya) va kasb-hunar kollejlarining “Elektron hisoblash mashinalari (EHM) va
    kompyuter tarmoqlarini o’rnatish va ishlatish” yo’nalishlari uchun ishlab chiqilgan RTRlar
    o’quv axborotni grafika, animasiya, tovush, video, matnlar uyg’unligida kompleks tasvirlash
    imkonini beradi. Ular o’quv materialini interaktiv multimedia shaklida uzatadi. Mantiqan biron-
    bir mavzu bilan birlashtirilgan va yagona grafik dizaynda berilgan. Matn va fon ranglari mos
    tanlangan. Bular materialni emosional qabul qilishni osonlashtiradi.
    O’quvchilarni attestasiyadan o’tkazish uchun an’anaviy shakldan (RTRlar tizimi yorda-
    mida tayyorlangan nazorat ishlari va testlar) yoki interaktiv kompyuter shaklidan (kompyuterlar
    soni yetarli bo’lganda) foydalanish mumkin. Masalan, o’rganuvchilarning bir qismi qog’ozda
    qo’lda tekshiriladigan murakkab vazifalarni bajaradi, qolganlar esa bu vaqtda kompyuterli
    testdan o’tadi, so’ngra ularning o’rni almashadi. Katta hajmdagi savol va masalalar o’quvchilar
    attestasiyasini qisman avtomatlashtirish imkonini beradi.
    Kasb-hunar kollejlarining “EHM va kompyuter tarmoqlarini o’rnatish va ishlatish” yo’nalishi
    uchun yana quyidagi RTRlar ishlab chiqilgan:
    1) MS PowerPoint, iSpring dasturlari, veb kamera vositasida yaratilgan va Flash formatiga
    o’tkazilgan multimediyali ma’ruzalar. Ma’ruza slaydlarining mazmuni animasion effektlar bilan
    namoyish qilinadi va multimedia (matn, tovush, video uyg’unligi) elementlarini o’z ichiga oladi;


    Media ma’ruzada slayd elementlariga mos animasiyalar berilgan. Media ma’ruzani

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   117




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    t a ‘ l i m j a r a yo n i g a

    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish