«Troya urushi bo ‘lmaydi» fransuz tafakkur dram asining yirik
nam unalaridan biriga aylandi. Tragediya Androm axaning «Urush
bo'lm aydi* degan so‘zlari bilan boshlanadi. Lekin urush bo'ladi.
Bunga xudolam ing dahli yo‘q. bu qirg'inbarotga odam larning
o'zlari javobgar edi. G ekto: «barcha odam lar m as’uldir», deya An
drom axa, G ekuba bilan yelkama-yelka turib urushning oldini olish-
ga bor kuchini sarflaydi. U Parisni Yelenadan voz kechishga
ko ‘ndiradi, go‘zaI Yelenani o ‘z yurtiga ketishga rozi qiladi, Ayaks-
ning haqoratlariga chidab, «urush qopqasi»ni ochilib ketilishiga
to'siq bo'lishga urinadi, lekin jazavaga tushgan kuchlar qarshisida
bu urinishlar behuda bo'lib chiqadi. Tragediya m ohiyatini g'ovalar
to ‘qnashuvi belgilab bergan edi. Bu asarda Jirodu ijodiga xos in
songa va uning m a’naviy qudratiga bo'lgan ishonch va ayni
chog'da yurtlar, xalqlar orasida o ‘zaro ahillikning yo‘qligiga achi
nish va o ‘kinch tuyg‘ulari qorishiq tarzda nam oyon b o iad i.
Jirodu asarlarida o 'zaro g'oyaviy kurashlar yetakchi mavzu si
fatida aks ettirilsa-da, lekin u hech qachon sinfiylik g‘oyasini olg'a
surgan emas. D ram aturg bu foniy dunyoda insonning o ‘z insoniy-
ligini saqlab qolishi, odam larning bir-biriga rahm -shafqatli bo'lishi
g'oyalarini olg'a suradi. Jirodu ijodining insoniylik mohiyati ham
shundadir.