ELEONORA DUZE (1 8 5 8 -1 9 2 4 -y .)
Aktyorlik san’atidagi yangi davr buyuk fojeiy aktrisa Eleonora ’
Duzening nomi bilan bog'liq.
Duze aktyor oilasida tug'ilib, to 'rt yoshida Gyugoning
«Xo‘rlanganlar» asarida Kazetta, 14 yoshida Julyetta rollarida
ko'ringan. D uzening fojeiy san’ati, asosan, zamonaviy ham da xori-
173
jiy
dramaturgiya
asarlarida
nam oyon
bo'ldi.
Davr
ruhini
ifodalashga bo'lgan kuchli ehtiyoj Duzeni Dyum a — o 'g 'li, Sardu
pyesalariga murojaat etishga m ajbur qiladi. Lekin uning eng sevimli
dram aturgi Ibsen bo'lib qoldi. U Ibsen asarlarida Alving xonim
(«Arvohlar»), N ora («Qo‘g‘irchoq uy») kabi rollarni o'ynadi. Ibsen
qahram onlarining qalban oromsizligi Duze tabiatiga yaqin edi.
T eatr Duze uchun odam lam i m a’naviy komillikka, m ehr-oqibatli
bo'lishga d a’vat etish vositasi edi.
S an’atda kimdir qalbga
ko'tarinkilik bag'ishlasa, kim dir uni poklaydi. Duze ikkinchi toifaga
m ansub aktrisa edi^ U azoblanish, hasrat dog'ida kuyib-yonish
orqali zam ondosh qalbini poklardi. Duze uchun insonga tabiat ato
etgan ezgulik, nurli tuyg'ularni va ayni cho g 'd a unda m uhit badkir-
dorligi bilan tug'ilgan og'riqlaru riyokorliklam i ochish muhim edi.
Duze ijodiga xos arm on va o'kinchli his butun ijodi davomida
o 'z izini qoldirgan bo‘lsa-da, lekin bu aktrisa san’atining m az-
m unan ko'lam dorligini toraytirib qo'ym adi. «Eleonora Duze sah
nada ham isha o'zi qanday bo'lsa, shu tarzda ko'rinardi; kiyim-
kechagi, pardozi, sochlari oroyishi qanday bo'lsa bo'laverardi. Le
kin ayni paytda uning yurish-turishi, q o 'l harakatlari, nihoyat,
tovushining tuslanishi har bir rolda turlicha edi», - deb yozdi
zam ondoshlaridan biri.
Davr ruhini ifodalashga bo'lgan kuchli ehtiyoj Duzeni Dyum a-
o 'g 'il, Sardu pyesalariga murojaat etishga m ajbur qiladi. Ushbu
pyesanavislarning jonsiz mahsullariga u og'riqli qalb harorati bilan
jo n bag'ishlaydi. Lekin uning eng sevimli dram aturgi Ibsen bo'lib
qoldi: «M en... shunday azobda qoldimki, faqat o'lim haqida o'ylay
boshladim ... Ibsen asarlarida o'ynay boshlash m eni o'lim dan asrab
qoldi», degan edi u. Duze Ibsen asarlarida Alving xonim , N ora,
G eddi G abler, Rebekki Vest kabi rollarni o'ynaydi.
Duze Ibsen pyesalarida o 'z dahosiga m unosib material topgan
edi. Ibsen qahram onlarining qalban oromsizligi Duze tabiatiga
yaqin edi. T eatr Duze uchun odam lam i m a'n av iy komillikka,
m ehr-oqibatli bo'lishga d a'v at etish vositasi edi. S an ’atda kimdir
qalbga ko'tarinkilik bag'ishlasa, kim dir uni poklaydi. Duze ikkinchi
toifaga m ansub aktrisa edi. U azoblanish, hasrat dog'ida kuyib-
yonish orqali zam ondosh qalbini poklardi. Duze uchun insonga
tabiat ato etgan ezgulik, nurli tuyg'ularni va ayni cho g'da unda
m uhit badkirdorligi bilan tug'ilgan jg'riqlaru riyokorliklami ochish
m uhim edi. H ar bir obrazdan Duze shaxsi, uning barkam ol ichki
m a'n a v iy olam i yaqqol ko'rinib turar, lekin ayni paytda uning rol-
lari shu qadar turlicha ediki, ularda san’atkom ing o ‘zini-o ‘zi tak-
174
rorlashi haqida so‘z ochishga o ‘rin qolmas edi.
N utqiy ifodaning rang-barangligi,
yuz-ko'z mimikasi va
ayniqsa q o ila r jilododigi, Duzening eng sevimli ifodaviy omillari
hisoblangan. Inson qalbi borlig‘ini to'laligicha nam oyon etish ni-
yatida u pardoz (grim )dan voz kechadi.
Duze san’atining jahoniy shon-shuhrati bu san’atning samimiyligi,
kishi qalbini rom etuvchi o‘tli his-kechinmalarga boyligi bilan belgilanar
edi. Aktrisa san’atining shu jihati u Rossiyada o'tkazgan gastrollari (1891,
1892, 1908) chog'ida tomoshabinlami va tanqidchilar tomonidan qizg‘in
olqishlar bilan kutib olingan. «Duze ital-yan tilida ruschasiga o‘ynardi»,
deb yozgan edi tanqidchilardan biri. San’atining rus madaniyatiga
yaqiiiligini uning o'ziga ham e'tirof etgandi. 1905-yili u Parijdagi «ljod»
teatrida rejissor Lyuny Po talqinida Gorkiyning «Tubanlikda» asarida Va
silisa rolini o'ynaydi.
Duze Sara Bernarga zam ondosh bo'lib, ikkovi deyarli bir xil
rollarni ijro etishgan. O 'sha davr teatr adabiyotini bu ikki ulug'
iste’dod egasining san’atiga doir bahs, izohlarsiz tasaw u r qilib
bo'lm aydi. Shubhasiz, bu raqobat italyan san’atkori foydasiga hal
bo'ldi. Italyan aktrisasining hayratomuz insoniy san ’ati Sara Ber-
narning zohiran jilodor, lekin bir qadar haroratsiz m ahoratidan us-
tun kelishi tabiiy edi.
Sahnada ilk paydo boiishidayoq M argarita — Duze alohidaligi
bilan ko'zga tashlanib turardi: odmi, buram a ko'ylakli, bir dasta bi-
nafsha tutgan qo'llari ko'kragigacha ko'tarilgan, sochlari ortiga
turm ak qilib bog'langan, qom atdor, nozik nihol bu dilbar juvon-
ning rangsiz yuzi, «katta-katta ich-ichiga tushib ketgan qop-qora
ajib ko'zlari, ko'rim siz qovog'i uning xorg'in, mushtiparligini ko'z-
ko 'z qilib turardi». M ehm onlar davrasida M argarita begonadek, o'z
qalbi dardi bilan yashayotgandek edi. N ogihonda vujudini qoplagan
sevgi qizg'in yuzi, yengil harakatlari, dadil ovozida sezilib turardi.
Lekin baxtga bo'lgan ishonchsizlik tuyg'usi g'am kash, m a’suma
ko'zlarida aks etardi.
Matia, quturgan jazm ani najottalab m a’shuqani ta ’nalarga
ko'm ib tashlaydi. Duze qandaydir yolvorish hissi bilan to-
moshabinga yuzlanadi. Uning ko'zlarida ajablanish, umidsizlik
alom atlari dahshat hislari bilan qorishib ketgandek tuyiladi. Duze
talqinida Margaritaning o'lim i o'zining haqqoniyligi bilan hayrat-
lanarli chiqqan. Sara Bernar shu holatni juda qiziq, ya’ni birlini
bukm ay orqaga tik yiqilish bilan namoyish etib, tom oshabinlarning
gulduros olqishlariga sazovor bo'ldi. Duze Margaritasi sezilarsiz jon
beradi: uning umri oxista so'nib boradi, tom oshabinning ko'z
175
o'ngida sevgiga tashna o ‘tli yurak urishdan to'xtaydi: M argarita -
Duze Dyuvalning yelkasiga boshini qo‘vganicha kursida o ‘tirib, bi-
ron bir o lim sharpalarisiz yorug* dunyodan ko‘z yumadi.
Aktrisaning zam onaviy repertuardagi eng dovrug'li rollaridan
biri Dyuma — o 'g'lin ing «Gul ko'targan xonim* asaridagi M argari
ta G o ‘te roli bo'ldi. Aktrisa M argarita qismatini tasodifiy emas,
balki butkul tabiiy qism at tarzida talqin etgan edi. M argaritaning
fohisha ekani Duze uchun ahamiyatsiz edi. U Margaritani ulkan
sevgi dardida kuyib-yonuvchi, horib toliqqan, ko'ngilchan, najotsiz
oddiy ayol tarzida ko‘rsatgan edi.
Ibsen qahram onlaridan N o 'ra aktrisaning eng ta ’sirli rollaridan
biri
bo'ldi.
N o ‘ra
tim solida
tom oshabinning
ko'z
o ‘ngida
«to'rg'ay»dan «olmaxon»ga aylanish, uning kuchli inson qiyofasiga
kirishdek ajib hodisa yuz beradi. Duze N o'raning oxirgi monologini
aytm aydi, bu m onolog m ohiyatini harakat orqali ifodalaydi.
Duze san ’ati tabiatan xalqchil, keng dem okratik om m aga yaqin
bo'lgani holda davrning fojeiy ruhini mujassam etishga qaratildi.
Uning ijodida shafqatsiz hayot voqeligi bilan to'qnash kelgan kam-
suqum va m a’sum a ayollar tim soli gavdalandi. Duze inson qalbi-
ning tub-tubiga kirish, ruhiy ulug‘vorlik, qalb saxovatini nam oyon
etishda kam dan-kam uchrovchi iste’dod egasi edi. Duze san ’ati
zinhor umidsizlik va tushkunlik ifodasi bo'lgan emas. Bu ruhiy er-
kinlik shukuhini ulug'lab, beshafqat. qabihona yashash tarzidan qu-
tulishga d a ’vat etuvchi san ’at edi.
|