vorligi» bosh qoidaga aylanishini belgilab bergan. R om antiklar
yangi tarixiy bosqichda klassitsizmga qarshi kurash ochib, bu
oqim ga xos aql-idrok ustuvorligi qoidasini yo'qqa chiqardilar. Ular
voqelikni badiiy idrok etishda uni yaxshiligu yom onlik, ulug‘vorligu
tubanlik uyg‘unligidan iborat rango-rang va o ‘zgaruvchan narsa
tarzida ko‘rsatish uchun kurashdilar. Rom antiklar san ’atni yangi
m arralarga olib chiqish omillarini xalq ijodidan topdilar. Xalq urf-
odatlari, rivoyat va ertaklari, om m abop dem okratik teatr turlari
yangi ruhdagi dram a turini yaratishda ularga bebaho xazina b o ‘lib
xizmat qildi. Shuningdek, ular U yg'onish davri san’ati, chunonchi,
ispan va ingliz dramaturgiyasi va, ayniqsa, o'zlarining estetik ideal-
lari ifodachisi tarzida qabul qilingan Shekspir ijodidan bahram and
b o id ilar.
1830-yillarga kelganda rom antik qahram on sahnani butkul
o'ziniki qilib oladi; e ’tiborlisi shundaki, pyesa voqeasi qaysi davrda
o'tishidan q at’i nazar, bu qahram on zo'rlik va haqsizlik olamiga
qarshi kurashga kirgan o'tyurak, beorom «XIX asrning navqiron
shunqori» tarzida nam oyon bo'ladi.
XIX asrning o'ltalariga kelganda tanqidiy realizm san ’ati
yetakchi o 'rin n i egallaydi. Tanqidiy realizm burjua jam iyatining ye-
tilish jarayoni bilan bevosita bog'liqlikda shakllandi. Shu bois bu
uslubning ilk nam unalari Fransiya va Angliya m am lakatlarida
paydo bo'ldi.