tarkibidagi namlik miqdori mikroorganizmlar ko’paya olmaydigan miqdorlargacha (16020%)
etkaziladi. Namlikni kamaytirish hisobiga meva va rezavorlarda quruq moddalar
konstentrastiyasi oshadi, ularning eritmalari esa mikroorganizmlarga halokatli ta’sir ko’rsatuvchi
osmatik bosimga ega bo’ladi.
Quritilgan olma kukuni, kishmish, mag’iz, barkak bulka
maxsulotlari tayyorlashda
ishlatiladi. Meva va rezavorlar standart yoki texnik shartlar talabiga ko’ra sifatini baholashda,
ularning rang, ta’mi, hidi, shakli, namligi, zararlangan namunalar miqdori, ushoqlarning, kichik
zarrachalar, aralashmalarning mavjudligiga e’tibor beriladi.
Masalan, quritilgan urug’li uzumdan tayyorlangan mag’izni olib qaraymiz.
Mayiz. M
ayiz kekslar, bulochkalar, ruletlarva boshqa
maxsulotlar tayyorlashda
ishlatiladi. Maxsulotga o’ziga xos ta’m va xushbo’y xid bag’ishlaydi. Mayiz ishlatishdan oldin,
xos cho’plar va boshqa aralashmalardan yaxshilab tozalanadi.