|
Muloqotning interaktiv tomoni
| bet | 2/2 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 37,38 Kb. | | #110974 |
Bog'liq RUSTAMOVA SARVINOZMuloqotning interaktiv tomoni – kishilarning birgalikdagi f aoliyatda bir – birlariga amaliy jihatdan ta’sir etishlari. Hamkorlikda ishlash, bir – birlariga yordam berish, bir – birlaridan o`rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarni namoyon qilish mumkin.
Odamlarning turli sharoitlarda o`zlarini tutishlari xulq – atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog`liqligini ko`rish mumkin. Bunga sabab jamiyatda qabul qilingan turli normalar, qonun qoidalardir. Chunki o`zaro muloqot va o`zaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti – harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o`zini boshqa birov bilan solishtirish, masalan: 1 – martda uchrashuvga ketayotgan yigitning holatini uning o`rtogi yoki akasi tushunishi mumkin.
Refleksiya – muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasida turib, o`zini tasavvur qilishdir, o`ziga birovning ko`zi bilan qarashga intilishdir. Masalan: guruhdoshingizdan biriga ko`ylagi yarashmaganini aytish mumkin, 2-chisiga aytsam kuyyapti deb o`ylaydi deysiz.
Stereotipizatsiya – odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o`rnashib qolgan, ko`nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish, bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to`gri yunalishini ta’minlasa, ba’zan xatoliklarga sabab bo`ladi. Masalan: qizlarning shim kiyib yurishi yoki velosiped minishi. Ko`pchilik bunday qizlarni odobsiz deb o`ylaydi, bu notugri, albatta.
Ba’zan kishini tashqi qiyofasidan uning xarakterini aniqlaydi. M: shunday tajriba o`tkazilgan: talabalarga turli qiyofadagi kishilarning rasmi ko`rsatilgan, ular iyagi katta kishilar kuchli irodaga ega, peshonasi keng odamlar-aqlli, sochi qattiq odam- qaysar , bo`yi past odam- hokimiyatga intiluvchi, chiroyli odam- o`ziga bino qo`ygan yoki nodon bo`lishini aytganlar. Bular albatta, to`g’ri emas. Lekin kishilarning ongida avloddan avlodga o`tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Natijada odam haqida tushunchaning shakllanishida u qaqida bo`lgan ma’lumot katta rol o`ynaydi.M: Bodalyova talabalarning 2 guruhiga bir odam portretini ko`rsatib, uni 1-guruxga –jinoyatchi, 1-guruh talabalariga esa olim deb tanishtirgan.
1- guruhdagilar uning ko`zlarini- yovuz, beshavqat desa;
2- gurugdagilar uning ko`zlarini- dono, muloyim deyishgan.
Odamlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, o`zini tutishi, hissiy holati, ovozi, qiliqlari, yurishi va x.k. ishlarining ichida odamning so`z muloqot manba’i suhbatdoshiga eng ko`p ma’lumot beradi.
Odamning bir -birlarini to`g’ri anglashlari idrok( asosiy bilish) soshasiga aloqador, bir-birlarini tushunishlari esa ularning tafakkur sohasiga aloqador, murakkab jarayondir. Boshqa odamni to`g’ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga ko`ra olgan hissoblanadi. Ya’ni unda empatiya- birovlarning his- kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan biladi.Yuksak ongli, madaniyatli, « ko`pni ko`rgan» shaxsgina boshqalarni to`g’ri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin.
Psixoliklar turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir vaziyatda ulardan o`tkir didlik, odob, kishilarning psixologiyasini bilgan holda ularni to`g’ri tushunish malakasi talab qilinadi. Bo`lg’usi psixolog bu borada quyidagi qonuniyatlarni bilishi kerak:
1.Birinchi ko`rgan odam haqida faqat birlamchi tasavvurgina bo`lishi mumkin.
2. Biror kishi haqida berilgan malumotga asosan muayyan fikr hosil qilish oson, lekin uni o`zgartirish qiyin.
3. Intellekt juda yuqori bo`lsa ham, juda past bo`lsa ham boshqa odamni tushunish qiyin.
4.Maxsus tayyorgarlik bo`lishi kerak.Tajribada 5-kurs psixologlari bilan rassomlarni odamlarga bergan bahosi solishtirilgan, rassomlarni bergan bahosi aniqroq bilib chiqqan.
-
Bitta odamning baholash topshirig’i berilganda og’riqni boshdan kechirayotgan odamlar unda johillik sifati bor deb baholaganlar, yaxshi holatda bilganlarida esa xuddi isha odamni yaxshi sifatlarga ega deb aytganlar-demak, biror kishiga baho berish- odamning emotsional holatiga ham bog’liq ekan.
|
| |