120
7. Qabul qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik
xorijiy filial faoliyatida kutilmagan va keskin salbiy o‘zgarishlarni keltirib
chiqarishi mumkin.
Bryusseldagi YeI shtab-kvartirasida osilgan plakatda YeIga a’zo
mamlakatlar korxonalaridagi ishchi va xizmatchilarning bir-biridan keskin
farqlanuvchi milliy xususiyatlariga duch keluvchi xalqaro menejerning
qiyinchiliklari yumor yordamida ifoda etilgan.
UmumYevropa menejment uslubini yaratishga urinib ko‘ring, agar:
–
nemislar yumorni tushunmasa;
–
finlar sukut saqlasa;
–
inglizlarning ovqati anglab bo‘lmas aralashmalardan iborat bo‘lsa;
–
lyuksemburgliklar yulduz kasalligiga duchor bo‘lsa;
–
fransuzlar rulda kutilmagan harakatlar sodir qilsa;
–
ispanlar mag‘rur;
–
italyanlar hissiyot og‘ushida;
–
gollandiyaliklar ziqna;
–
belgiyaliklar ish joyida o‘tirmasa;
–
portugaliyaliklar kuvaldadan murakkabroq texnikani o‘zlashtira
olmasa;
–
shvedlar o‘ta fikrlash doirasi tor;
–
greklar tashkiliy bo‘lmasa;
–
irlandiyaliklar ichkilikni xush ko‘rsa;
–
avstriyaliklar sabrsiz bo‘lsa.
Sayyoramizda ikkita asosiy menejment uslubi: g‘arbiy va sharqiy
menejment uslublari mavjud.