54
Global menejer uchun zaruriy sifatlarga tashabbuskorlik, me’yordagi
tavakkalchilikka tayyorlik, o‘ziga ishonch, global ko‘lamda fikrlash,
xorijiy sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni o‘rnatish, xorijiy tillarni
o‘rganish qobiliyatlari kiradi.
Jahonda xalqaro menejment rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari:
bo‘ysunuvchilarga (shu jumladan xorijliklarga) yuklanadigan mas’uliyat
ulushining
ko‘payishi;
iste’molchilarning
talablariga
e’tiborni
kuchaytirish; firmalarning faoliyatida xalqaro marketing rolining oshishi;
ishlab
chiqarish
texnologiyasini
uzluksiz
takomillashtirish
va
zamonaviylashtirish; mahsulot assortimentini yangilash; qisqa muddatli
natijali va uzoq muddatli-maqsadli tadbirlarning aniq ajratilishi; milliy
manfaatlarga rioya qilish.
Xorijiy tadbirkorlik bilan bog‘liq qaltislikni kompleks baholash uchun
xorijda faoliyat yurituvchi firmalarning biznesiga ta’sir etuvchi omillarni
ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy, texnologik va siyosiy-huquqiy omillarga
turkumlash mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatning ma’muriy organlari
firmaning raqobat mexanizmini cheklovchi xatti-harakatlariga qarshi
kurashadi.