Polipeptid zanjiri tarkibidagi aminokislotalarni ketma-ketligi, oqsilni birlamchi
strukturasini tashkil qiladi. Oqsil molekulasini shakli, xususiyatlari va funksiyalari,
ularni birlamchi strukturalariga bog‘liq. Ammo, birlamchi struktura bilan oqsil
molekulasini shakllanishi tugamaydi.
Oqsillarni strukturasini shakllanishi qanday qilib nihoyasiga etadi?
Ikkalamchi struktura – polipeptid zanjirini o‘ng tomonga qarab buralgan £-
spiraldan shakllanadi. Bu struktura har xil aminokislotalarni – SO – NH – gruppalari
orasida shakllangan vodorod bog‘lari natijasida kelib chiqadi.
Ko‘p oqsillarda poipeptid zanjirllar qiyshayib, o‘ziga xos ravishda o‘raladi va
noto‘g‘ri dumaloq strukturaga – globulaga aylanadi. Mana shunday tartibda oqsilni
uchlamchi strukturasi shakllanadi. Globulani mustahkamligi aminokislotalarni
radikallari orasida shakllanadigan har xil bog‘lar (disulfid, ion, vodorod va
gidrofob) bilan ta’minlanadi.
Oligomer (multimer) oqsillar to‘rtlamchi strukturaga ega bo‘ladilar.
1.21-rasm. Gemoglobin molekulasini birlamchi (a), ikkalamchi (b), uchlamchi (v) va to‘rtlamchi
(g) strukturalarini birin-ketin shakllanishi
Bunday oqsillar bir necha polipeptid bog‘laridan iborat bo‘ladilar.
Polipeptidlar o‘zaro gidrofob o‘zaro munosabatlar, hamda vodorod va ion bog‘lari
orqali bog‘lanadilar.
1.5. Tirik hujayralarda oqsilli “nanomotorlar”.
Hozir yashab turgan organizmlarda tabiat 3,5 mlrd. yil avval konstruksiya
qilgan nanomotorlar ishlab turganiga ishonish qiyin. Oqsilli “motorlar” hujayrada
sodir bo‘ladigan tabiiy nanojarayonlarda ishtirok etadilar. Masalan, hujayradagi
energiyani universal manbai bo‘lgan ATF ni sintezi oqsilli nanostruktura – ATF –
sintaza fermenti ishtirokida o‘tadi. Bu ferment – birgalikda ishlovchi ikkita rotorli
nanomotorlardan tuzilgan mexanik usqurmadir. Motorlardan chiqadigan mexanik
energiya, ATF molekulasini sintezida ishlatiladi.
Rotorli motorlardan tashqari, tirik organizmlarni hujayralarida yuzdan
ko‘proq nanomotorlar, uchraydilar. Bu nanomotorlar to‘g‘ri chiziqli harakatni
ta’minlab turadilar. Ular, hujayralarni har xil qismlarida joylashgan bo‘lib, bir-
birlaridan funksiyalari bilan farq qiladilar. Ba’zi nanomotorlar birnecha yuzlab
qadamlardan iborat bo‘lgan murakkab ta’sirlarni amalga oshiradilar, ba’zilari esa,
faqat birgina ta’sirini bajarishga mo‘ljallangan. Oqsilli motorlar bir-birlaridan
nafaqat ta’siri bilan, balki og‘irligi bilan ham farq qiladilar. Hozirgi vaqtda,
oqsillarni uch katta sigmentiga: miozin, dinein, kinezin ga kiruvchi to‘g‘ri chiziqli
harakatlanuvchi motorlar jadallik bilan o‘rganilmoqda. Miozin oqsili 1864 yilda,
ochilgan bo‘lsada, faqat XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, uni mexanik energiyani
ishlatishi aniqlangan. Miozin molekulasi, oddiy mexanik qo‘l bo‘lib u, bir xil
harakatlanishni amalga oshirib, keyin harakat jarayonidan chiqib ketadi.
1.22-rasm. Mushaklarni qisqartirish sxemasi, unda miozin oqsili asosidagi, to‘g‘ri chiziqli
harakatlanuvchi oqsilli mator ishtirok etadi: 1 – mushak tolalari; 2 – mushak tolasining maxsus
organoidini fragmenti – miofibrillar; 3 – miozin molekulasi
Rasmni pastki (oq - qora) qismida miozinni molekulasini aktin molekulalariga
nisbatan
1
/
2
doira to‘g‘ri chiziqli harakati shunday aks ettirilganki, molekulalarni bir-
birlarini vaqtinchalik bog‘lar ko‘prikchalar hosil qilib “qoplashi ko‘payadi”.
|