Axborotli muhitning tabiatni tushunishda axborotning bilimga aylanishini o‘rganish katta
ahamiyatga yega. Bir qarashda bir xildek tuyiladi, ammo ular munosabatini chuqurroq
o‘rganishda axborotda bilimning kommunikativ “boshqa vositalar” o‘rtasidagi bog‘liqlik
xususiyati borligini ko‘ramiz.
Jamiyatda odamlar o‘rtasidagi aloqa faktori bo‘limlar o‘rtasidagi “ko‘prik” - bu
axborotdir. Demak, bilimni “o‘zi uchun” axborotga aylantirish mexanizmi axborotli muhitni
vujudga keltirishda alohida o‘rin egallaydi. Qadimda axborotli muhit juda qashshoq bo‘lib, u tor
doiradagi eng kerak va chekli ma’lumotlar majmuasidan iborat edi, bu hol odamlar orasidagi
bog‘liq doirasini ming yillab chegaralab keladi va odamning jamiyat axborotli muhitidagi xissani
kamaytirib yuboradi.
Bugungi kunda ijtimoiy turli ko‘rinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan
bo‘lib, uning jamiyatda tutgan o‘rni behisobdir.
O‘zgarishlar qog‘ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu yesa o‘z navbatida,
EHM ning yanada keng rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Axborotli muhitning kelajakda inson
hayotida o‘rni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha yuqori bo‘lishi uchun bajarilishi lozim
bo‘lgan vazifalar ko‘lamini kengaytirishni talab yetiladi.
Demak axborotlashtirish vaqtinchalik tadbiq emas, rivojlanishning zarur vositasidir va
axborotli muhitning hozirgi rivojlanish darajasidagi holatini informatikasiz qo‘llab bo‘lmaydi.
Axborotlarni tez, sifatli yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda
hisoblash texnikasining xizmati beqiyos ekaniga ishonch hosil qilmoqda.
Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo‘linadi: