Ma`ruza mashg`ulotlari.
1-Mavzu: Akademik rangtasvir fanining kelib chiqish tarixi. Qadimgi
dunyo tasviriy san`at tarixiga oid tasvirlarning paydo bo`lishi.
REJA:
1. Krit-Miken san’ati.
2. Gomer davri san’ati.
3. Arxaika davri san’ati.
4. Klassika davri san’ati.
5. Ellinizm davri san’ati.
6. Qadimgi italiya san’ati.
7. Etruriya san’ati.
8. Qadimgi Rim san’ati.
9. Qadimgi Rim me’morligi.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
Arxeologiya, qadimgi, tasvir, Misr, Old Osiyo, Mesopotamiya, antik, akropol,
klassika, quldorlik, Yunon, Rim, madaniyat, marosim, uslub, mifologiya, allegoriya,
afsona, majoz, devoriy surat, rangtasvir, haykaltaroshlik, relef, barelef, kulolchilik,
me’morlik, ifoda,
chiziq,
mutanosib, simmetriya, plastika,
harakat,
kompozitsiya,obraz, arxaika, klassika, ellinizm.
Tarix shohidlik beradikim, jahon san’ati va madaniyati tarixida Qadimgi Yunon
va Rimliklar alohida mavqega egadirlar. Buning boisi Qadimgi Yunon va Rimliklar
eramizdan avvalgi IV-III ming yillardayoq o‘ziga xos yuksak badiiy qimmatga ega
bo‘lgan san’at va madaniyat yaratdilar. Ular ana shu san’at va madaniyatlari bilan
antik dunyo san’atiga asos soldilar. Ana shu Qadimgi Yunon va Rim san’atini
o‘rganish, ta’riflash uchun XV-asrda Italiyaning san’atshunos olimlari «Antika»
iborasini qo‘llay boshladilar.
«Antika» iborasi - lotincha «antikvus» so‘zidan olingan bo‘lib, «qadimiy»
degan ma’noni bildiradi. Antik san’atning davriy chegarasi eramizdan avvalgi 3-
ming yillikdan eramizni 5-asrigacha belgilanadi. Antik dunyo san’atning geografik
chegarasiga esa Yunon, Rim davlati va uni tevarak atrofidagi, ya’ni o‘rta yer dengizi
havzasidagi xalqlar yashaydigan mintaqalar kiradi.
|