144
ashyo
Plastik
xom-
ashyo
Eritgichla
r
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar.
Qurilish keramikasi maxsulotlari- mayda va yirik donalik keramika
massalari asosida olingan va qurilishda ishlatishga mo’ljallangan g’isht va
cherepista kabi materiallar.
Devorbop keramika buyumi- oddiy tuproqdan yasalgan, yuqori xaroratda
ishlov berish yo’li bilan olingan va devor yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot.
Tombop keramika buyumi- tuproq asosida yasalgan va temir tunka o’rnini
bosuvchi qurilish keramikasi mahsuloti.
Effektiv g’ovak keramika- keramzit, agloporit, graviy kabi g’ovak keramika
materiallari
Sanitariya-texnika buyumlari- keramika texnologiyasi asosida yasalgan
vanna, rakovina, unitaz va boshqalar.
G’isht- to’g’ri to’rtburchakli paraoepiped formasiga ega bo’lgan stangdart
razmerli, mineral materiallardan quyilgan, kuydirish yoki par bilan ishlov berish
orqali olinadigan sun’iy tosh.
Oddiy g’isht- qurilish materiali sifatida ishlatiladian g’isht sun’iy kimyoviy
material bo’lib, bo’yi 250, eni esa 120 va qalinligi 65 mm, og’irligi 4 ilogramm
qilib taayyorlanadi.
Bir yarim yoki modul g’isht – deb ataluvchi g’ishtning turida parallelipiped
qalinligi 88 mm ni tashkil etadi.
Yuzali g’isht- oddiy g’isht o’lchamlarida ishlab chiqariladigan yuzasi eritma
bilan qoplangan nafis buyum.
Engil vaznli g’isht- serkavak va serkavak-ichi kavakli g’isht turi.
Aylanma pech- xom g’ishtni yuqori haroratda pishirib olish uchun
ishlatiladigan qurilma.
Tunneli pech – xom g’ishtni yuqori haroratda qo’l kuchisiz pishirib olish
uchun ishlatiladigan qurilma.
Avtoklav – silikatli g’ishtlarni 150-200 darajali xarorat va 7-8 atmosferali
bosimda ishlov berish uchun ishlatiladigan qurilma.