119
Ushbu qattiq fayans olishning umumiy texnologik sxemasini bir oz
o’zgartirib boshqa fayans turlarini ishlab chiqarishga ham joriy etish mumkin.
Jumladan, sxemada dala shpatiga oid liniya olib tashlansa, texnologik jarayon
tuproqli fayans sxemasiga o’xshash bo’lib qoladi. Ohakli fayans buyumlarni ishlab
chiqarishda yuqoridagi sxemaga oxaktosh liniyasi kiritish darkor.
Ohaktosh konlarni portlatish va bir cho’michli ekskavatorlar yordamida
qazib olinadi. Shundan o’ng tosh bo’lakchalari 12 tonna yoki undan xam ko’proq
yuk ko’taradigan KrAZ va BelAZ markali avtosamosvallarda ohakli fayans
korxonasining ohaktosh saqlash omboriga jo’natiladi. Ohaktosh ishlov berish va
dozalash operastiyalari orqali komponentlarni aralashtiruvchi tegirmonlarga kelib
tushadi va boshqa xom ashyolar bilan aralashib ketadi.