• WeChat yoki Alipay
  • Mozilla brauzerining avvalgi bosh direktori  Brendan tomonidan tashkil etilgan  Brave




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet194/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    Mozilla
    brauzerining avvalgi bosh direktori 
    Brendan tomonidan tashkil etilgan 
    Brave
    startapi 
    ICO
    vositasida 30 sekund 
    davomida $35 млн mablag’ yig’a oldi. Nega bizning vatanimizda bunday 
    texnologiyalarga qiziqish unchalik katta emas? Chunki, birinchidan, bizdagi bank-
    moliya mutaxassislari yangi texnologiyalarga juda extiyotkorlik bilan munosabatda 
    bo’ladilar, ikkinchidan, ular tekshrilgan va uzoq muddat qo’llanilgan 
    texnologiyalardan foydalanishni afzal ko’radilar va uchinchdan, bank-moliya 
    sohasidagi 
    mutaxassislarning 
    amaliy 
    va 
    nazariy 
    tayyorgarligi 
    raqamli 
    texnologiyalar nuqtai-nazaridan yetarli darajada emas. Ammo Kipr, Yaponiya, 
    Rossiya, Xitoy, Singapur, Germaniya, Kanada va AQSh davlarlari asta-sekin 
    raqamli elektron valuytalara o’tishni rejalashtirishmoqda. Masalan, 2016 yiling 
    boshida Xitoy Xalq banki kriptovalyutaga o’tish rejasini e’lon qildi va xozirgi 
    kunlarda naqd pullarni asta sekin blokcheynlarga o’tkazish uchun kerakli bo’lgan 
    chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xitoy mamlakati fuqarolari uchun bu ish 
    hech qanday noqulaylik tug’dirmaydi, chunki bu tizimdan foydalanish xozirgi 
    paytda foydalaniladigan 
    WeChat
    yoki 
    Alipay
    tizimlaridan unchalik farq qilmaydi. 
    Ammo bu o’zgarish biznes uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki bunda 
    oradagi vositachilar yo’qoladi.


    294 
    Uzbek milliy valyutasi – so’mni ham blokcheynga o’tkazish davlatga bir 
    qancha muammolarni hal qilish imkonini berar edi. Shu jumladan: 

    Joriy bank operatsiyalarining shaffofligini oshirish; 

    Davlat sektori samaradorligini oshirish; 

    Ikkilamchi va yashirin bank sektorini yo’q qilish; 

    Davlat apparatidagi byurokratiyani yengish; 

    Soliqlar to’lash jarayonini mukammallashtirish orqali, soliq to’lamaslik 
    xolatlariga qarshi samarador kurashish; 

    Elektron tijoratning rivojlanishiga yangiimkoniyatlar berish; 

    Halqaro valyuta-kredit resurslarini O’zbekiston iqtisodiyotiga keng jalb 
    qilish; 

    Moliya-kredit muassasalarining ishini yanada takomillashtirish va boshqalar. 
    Bunday xatti-harakatlarning muvaffaqiyatli ravishda rivojlanishi uchun 
    mamlakatimizda to’rt xildagi yo’nalish taklif etish mumkin: 

    Birinchi stsenariyda bit so’m muomalaga chiqarilishi mumkin. O’zbek 
    milliy valyutasini blokcheynga va raqamli formatga o’tkazish unga bir qancha 
    afzalliklar berishi mumkin, ammo bu holda bir qancha muammolarni 
    qonunchilik asosida to’g’ri hal qilishga to’g’ri keladi. Masalan, ushbu 
    blokcheynni kim boshqaradi va unga davlat maqomi beriladimi yoki u 
    korporativ maqomga ega bo’ladimi? Bit so’m ichki va tashki bozorda qanday 
    ishlatiladi va kim tomonidan nazorat qilinadi? - degan savollarga ham konkret 
    javoblar topish lozim bo’ladi. 

    Ikkinchi yo’nalishda O’zbekistonda davlat blokcheyn tizimi tashkil qilinadi 
    va u o’zida turli moliyaviy institutlarning funktsiyalarini qamrab oladi. 
    Bunday institutlar jumlasiga banklar, depozitariylar, pensiya fondlari, soliq 
    idoralari va boshqalarni kiritish mumkin. Bu amal soliq to’lash va 
    mablag’larni fondlarga o’tkazish ishlarini avtomatlashtirish imkonini beradi. 

    Uchinchi imkoniyat esa kriptovalyutani alohida tashkilotlarda yoki 
    hududlarda hayotga tadbiq qilinadi va bu sohada yetarlri tajriva 


    295 
    to’planganidan so’ng, bu ish respublika miqyosida amalga oshiriladi 
    (
    masalan, O’zbekiston Respublikasidagi ochiq iqtisodiy xududlarda yoki chet 
    ellik mutaxassislar yordamida innovatsion korxonalarda
    ).

    Oxirgi, to’rtinchi imkoniyat esa Rossiydagidek Markaziy bank tomonidan 
    raqamli kriptovalyutalar bilan ishlashni amalga oshiradigan pilot loyihani 
    ishga tushirishdir (
    mastercheyn loyihasi
    ). Ushbu plarforma bozor 
    ishtirokchilarining elektron usulda o’zaro ma’lumot almashinishi va 
    blokchenlarda identifikatsiya qilinishiuchun mo’ljallangandir. Bu tizim asta 
    sekin, kritpotajriba oshib borgan sari bir qancha davlat interaktiv 
    hizmatlarining ham blokcheynga o’tkazilishini ta’minlashi mumkin. 
    Respublikamizda kriptovalyuta bo’yicha malakali mutaxassislarning juda 
    kamligi va bu sohadagi tajriba ozligini hisobga olgan tarzda bu yo’nalishda 
    malakali mutaxassislar tayyorlashni ham amalga oshirish zamona talabi bo’lib 
    qolmoqda. Lekin blokchyen texnologiyalarni hayotga tadbiq qilish va o’zbek 
    kriptovalyutasini chiqarich innovatsion g’oyasini qadam ba qadam amalga oshirish 
    hozirdanoq boshlab yo’lga qo’yilishi kerak bo’lgan hayot taqozosidir. Chunki 
    dunyodagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar o’zlarining milliy yoki korporativ 
    kriptovalyuta loyihalarini amalga oshimoqdalar va ular keyinchalik barcha raqamli 
    kriptopullarga egalik qilib, boshqa mamlakatlarni bu jarayondan siqib chiqarishga 
    harakat qiladilar. Davlatning monetar siyosatidagi eng muhim amallardan biri pul 
    emissiyasini nazorat qilish bo’lgani uchun, kriptovalyutadan voz kechish kelajakda 
    mamlakatdagi moliya-kredit tizimini va uning jahon moliya kredit tizimi bilan 
    aloqalarini sezilarli ravishdaizdan chiqishiga olib kelishi mumkin. 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mozilla brauzerining avvalgi bosh direktori  Brendan tomonidan tashkil etilgan  Brave

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish