189
o’quvchiga alohida ahamiyat berishning hech ham iloji yo’q, chunki sinflarda 25-
35 tadan o’quvchi-talaba o’qiydi. Agarda hozirgi kunda universitetlarda va
maktablarda individual o’qitish joriy qilinsa, ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilar
soning bir necha marta ko’proq bo’lishi talab qilinadi. Buning esa moliyaviy va
tashkiliy jihatdan imkoni yo’q, albatta. Xuddi shuning uchun ham
o’qituvchilarning va o’quvchilarning raqamli elektron yordamchilar hamda chat-
botlardan foydalanishi muammoning bir qadar darajada yechilishiga olib keladi.
Ammo sun’iy intellect bilan jihozlangan personallashgan raqamli o’qituvchilar
individual ta’lim muammosini muvaffaqiyatli hal qilib berishlari mumkin.