Masala: Kafedrada quyidagi toifadagi: professor, dotsent va katta o„qituvchi
lavozimlari mavjud bo„lib, ularning ish xaqlari mos ravishda 70000, 60000 va
50000 so„m bo„lsin. Bundan tashqari erkaklarga 0,5% , ayollarga esa 0,8% va
farzandlarning soniga karab 0,25% dan qo„shib beriladigan bo„lsa olinadigan
maoshni hisoblash dasturi tuzilsin.
Bu masalani yechishda albatta mantiqiy operatorlar «ЕСЛИ» va «i» larning
birgalikdagi holatlaridan foydalanamiz. Ko„zga yaqqol ko„rinishligi uchun masala
shartlarini jadval ko„rinishga keltirib olamiz. Birinchi ustunga (A) F.I.SH. larni
qo„yamiz, ikkinchisiga (B) - lavozimlarni, uchinchisiga (C) jinslarini,
to„rtinchisiga (D) farzandlar sonini va nixoyat beshinchisiga (E) maoshni
hisoblash formulasini kiritamiz. Keltirilgan jadvalimizda mavjud barcha xollar
hisobga olingan bo„lib, agar barchasi uchun ishlaydigan umumiy yagona formula
tuzsak masalamiz yechiladi. Bu formula qo„yidagidan iborat bo„lib YE1
yacheykaga yoziladi:
ЕСЛИ(И(B2="PROF";C2="E");70000+70000*(D2*0,25+0,5);ЕСЛИ(И(B
2="PROF";C2="A");70000+70000*(D2*0,25+0,8);ЕСЛИ(И(B2="DOTS";C
2="E");60000+60000*(D2*0,25+0,5);ЕСЛИ(I(B2="DOTS";C2="A");60000+
60000*(D2*0,25+0,8);ЕСЛИ(I(B2="K";C2="E");50000+50000*(D2*0,25+0,5
);ЕСЛИ(I(B2="K";C2="A");(50000+50000*(D2*0,25+0,8))))))))
Hosil bo„lgan formulaga qo„yidagicha izox berish mumkin: agar ixtiyoriy
shaxsning ish xaqi hisoblanayotganda lavozimi professor (yani B2="PROF") va
erkak (yani C2="E") bo„lsa u xolda ish xaki 70000 so„mga, yana bolalari uchun
70000*D2*0,25 so„m va erkakligi uchun 70000 * 0,5 so„m ko„shimcha xaq oladi.
Natijada hammasi bo„lib 70000 + 70000*D2*0.25 + 70000*0.5 so„mga teng
bo„ladi. Shu kabi barcha xollar uchun izox berish mumkin.
Bu formulani barcha satrlar uchun formulalarni yoyish usuli bilan
o„tkazamiz. Natijada jadvalimizni oxirgi ustunida barcha xollar uchun ish xaqi
hisoblanganligini ko„ramiz.
A
V
S
D
E
1
F.I.SH.
Lavozimi
Jinsi
Farzandlar soni
Oylik ish xaqi.
2
Famil.1
prof.
E
3
157500
3
Famil.2
prof.
A
5
213500
4
Famil.3
dots.
E
3
135000
5
Famil.4
dots.
A
1
123000
6
Famil.5
kat. o„q.
E
3
112500
7
Famil.6
kat.o„q.
A
2
115000