Yordamchi dasturlar
Loyhalashni
avtomatlashtiruvchi
tizimlar
Boshqa dastur tuzish
vositalari
13.3-rasm. Dasturiy
ta‘minotning tarkibi
Dasturiy ta„minotni bajaradigan funksiyalariga bog‟liq holda uchta sinfga ajratish
mumkin:
tizimli dasturiy ta’minot, tadbiqiy dasturiy ta’minot va
dasturlash tizimlari
(13.3-rasm).
Dasturiy ta„minotning imkoniyatlaridan ko‟proq foydalanish maqsadida AIJ ishini
tashkil qilishni takomillashtirish, foydalanuvchi ishini unumdorligi va sifatini
oshirish,
foydalanuvchining dasturlarini
aniq muammo sohaning rusurslariga
moslashtirishga imkon beradi.
Umumiy DTning asosiy belgilanishi - amaliy dasturlarni ishga tushirish va ularni
bajarilish jarayonini boshqarishdir54.
AIJning maxsus dasturiy ta„minoti odatda noyob dasturlar va amaliy dasturlarning
vazifaviy paketlaridan iborat bo‟ladi. AIJning aniq ixtisoslashuvi vazifali DTga
bog‟liq. Maxsus DT AIJni qo‟llanish sohasi, foydalanuvchi tomonidan yechiladigan
vazifalarni hisobga olib, u axborotlarni ishlab chiqishining o‟xshash xususiyatlariga
ega vazifalarni hal qilishga mo‟ljallangan dialogli tizimlarning zamonaviy dasturiy
vositalari asosida yaratilishi kerak.