My.gov.uz nima? U qanday vazifani bajaradi? Oddiy tushuntiradigan bo„lsak, my.gov.uz portali fuqarolar, vazirliklar,
idoralar va boshqa davlat tashkilotlarini yagona nuqtaga birlashtiruvchi katta,
har tomonlama qulay, istagan mahsulotingizga oson buyurtma berishga
o„xshaydi. Uning yordami bilan siz ikki yuzdan ziyod davlat xizmatlaridan
yiliga 365 kun,
24 soat davomida foydalanishingiz mumkin. Masalan, yashash joyi
bo„yicha ma‟lumotnoma olish, sudlanganligi yo„qligi to„g„risida guvohnoma
talab qilish, korxonangizni ro„yxatdan o„tkazish va hokazolar.Ya‟ni deyarli
barcha xizmatlar bir nuqtadan ko„rsatiladi. Bu elektron hukumat xizmatlarini
olishda zarur bo„lgan hujjatlar bir joyda va bir vaqtning o„zida taqdim
etilishini anglatadi va bu korrupsiyani yo„q qilish yo„lidagi katta qadamdir.
Elektron hukumat tarkibiga nimalar kiradi? Tizim tarkibiga quyidagilar kiradi: -
my.gov.uz – davlat xizmatlarini oluvchilar bilan bevosita
aloqada bo„lish.
-
ochiq ma‟lumotlar portali – davlat idoralarining ochiq
ma‟lumotlari va statistikasi.
-
to„g„ridan-to„g„ri davlat idoralarining veb-saytlari.
-
axborot tizimlari majmuasi: «Sog„liq», «Soliq»,
«Bojxona», «Ta‟lim» va boshqalar, ular orqali davlat idoralari bir-biri
bilan ma‟lumotlar almashadi.
-
elektron hukumat tizimini
rivojlantirish
markazi
– elektron
hukumatning butun
tizimini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bilan shug„ullanadi.
-
axborot xavfsizligi markazi.
-
davlat axborotni qayta ishlash markazi – ma‟lumotlar
bazalarini saqlaydiva elektron hukumat faoliyati uchun zarur
ma‟lumotlarni qayta ishlaydi.
Id.egov.uz tizimida jismoniy shaxsni ro‟yxatdan o‟tkazish “Yagona
portal”da shaxsiy kabinеtga kirish uchun quyidagilarni amalga oshirishingiz
kеrak:my.gov.uz saytiga kirib “Kirish” tugmasini bosing. Namuna: Interaktiv xizmatlaridan foydalanish uchun id.egov.uz saytiga kiramiz.
O‟zingizning login – parolingizni kiriting
Sizning shahsiy kabinetingiz ochiladi. Shu kabinet orqali siz
interaktivdavlat xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
Interaktiv davlat xizmatlari yagona portal – my.gov.uz
Barcha xizmatlar turlari
Siz o‟zingizga kerakli xizmat turini tanlashingiz
mumkin
Topshiriqlar: Har bir talaba o‟qish joyidan m‟alumotnoma olish
Har bir talaba COVID-19 ga emlanganlik haqida ma‟lumot olish.
Har bir talaba akademik litsey yoki kasb-hunar kollejni tugatganligi
haqida ma‟lumotni topish