160
Mavjud matnning xarflarini belgilash uchun quyidagilarni
bajarish kerak
bo‘ladi:
1. Dasturning uskunalar panelidan gorizontal matn
yoki vertikal matn
uskunasi tanlanadi.
2. Qavatlar panelidan matn joylashgan qavat tanlanadi yoki ish sohasida matn
ustiga sichqon ko‘rsatkichi bilan bir marta bosiladi.
3. Tanlangan matnning belgilanishi kerak bo‘lgan xarf ustiga sichqon
ko‘rsatkichi joylashtiriladi va quyidagilardan biri bajariladi:
- sichqon tugmasini bosib turgan holda
xarflar belgilanadi;
- bir nechta xarflar ketma-ketligini belgilash uchun ketma-ketlik boshiga
sichqon
tugmasi bir marta bosiladi, keyin klaviaturaning
Shift
tugmasini
bosib
turgan holda ketma-ketlikning oxiriga sichqon ko‘rsatkichini joylab chap tugmasi
bosiladi;
- matndagi barcha xarflarni belgilash uchun sichqon tugmasini bir marta bosib
dasturning
Select
menyusidan
All
buyruq qatori belgilanadi;
- sichqon tugmasini ikki marta bosib matndagi so‘z
belgilanadi, uch marta
bosib matndagi qator belgilanadi, to‘rt marta bosib matndagi paragraf belgilanadi,
besh marta bosib matnning barcha xarflari belgilanadi;
- sichqon tugmasini bir marta bosiladi va klaviaturaning
Shift
tugmasini bosib
turgan holdan klaviaturadan kursorni boshqarish tugmalaridan ↓, ↑, →, ←
foydalanib matnning kerakli qismini belgilab olish mumkin.
4. Matn ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirmagan holda matndagi barcha
xarflarni belgilab olish uchun qavatlar panelidan matn qavati tanlanadi va sichqon
ko‘rsatkichini qavat yorlig‘i ustiga joylashtirib chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Panellar maydonida joylashgan formatlash
paneli matnning formatini
o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi sozlamalarni taqdim etadi. Ba’zi formatlash
sozlamalari dasturning xususiyatlar panelida joylashgan.
Formatlash panelini
quyidagi usullar yordamida aks ettirish mumkin:
- dasturning
Windows
menyusidan
Character
buyruq qatorini tanlash;
161
- matn uskunasi tanlangan holda dasturning xususiyatlar panelidan
tugmasini bosish.
Natijada quyidagi formatlash paneli aks ettiriladi:
Formatlash panelida matnning shrifti (1), stili (2), o‘lchami (3),
qatorlar
orasidagi masofani (4), xarflar orasidagi masofani (5), vertikal cho‘zilishni (6),
gorizontal chozilishni (7), asos chizig‘ini belgilash (8), rangini (9) belgilab olish
mumkin.