Amaliy mashg'ulot topshirig'i.
1. LMS tizimi haqida ma'lumot bering.
2. Chamilo tizimi haqida ma'lumot bering.
3. Sakai tizimi haqida ma'lumot bering.
4. Ilias tizimi haqida ma'lumot bering.
5. ATutor tizimi haqida ma'lumot bering.
6. EFront tizimi haqida ma'lumot bering.
15-Amaliy mashg'ulot.
Mavzu: LMS мақсад ва тузилмаси.
Ishdan maqsad: Talabalarga LMS maqsad va tuzilmasi, LMS tizimlari va masofaviy ta’lim kurslari saytlarida ishlash va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish, hamda talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat.
Nazariy ma'lumot.
LMS/LCMS tizimlari elektron ta’limni (masofaviy ta’lim jarayonini) tashkil etishning asosiy funksiyalarini o`z ichiga oladi. Bunday funksiyalar qatoriga o`quvchilarning (o`qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqalarni) ro`yxatga olish, foydalanuvchilarni o`quv kurslardan Chetlashtirish, o`quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish, o`quvchi va o`qituvchilarning o`zaro individual yoki guruh bo`lib, hamkorlikda ishlashini (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni to`g`ri joylashtirish, bo`sh qoldirilgan joyni to`ldirish va boshqa turlari kiradi), har xil turdagi ijtimoiy so`rovlarni tashkillashtirish, o`quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o`quv resurslarini eksport/import qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o`quvchilar, o`qituvchilar (tyutorlar), kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o`quv kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP-manzil orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud foydalanuvchilarning faolligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o`qituvchi (tyutor yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o`quv-resurslarini yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron o`quv resurslarini yuklashi, o`quvchilarning boshqa o`quvchilar/o`qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqotini tashkillashtirish, o`quv jarayonida bo`ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o`tish mumkin.
Quyida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari bo`yicha ma’lumotlarni bayon qilamiz. Atutor — Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi. Tizimda mavjud o`qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va boshqa modullari mavjud. Tizim bir necha standartlarni qo`llab-quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuqsonga ega bo`lgan o`quvchi-talabalar tizim orqali o`quv resurslardan foydalanishlari mumkin. Xususan, ko`zi ojiz talabalar maxsus web-ilovalar orqali tizimga bog`langan holda o`quv kontentdagi so`zlarni audio formatga o`tkazgan holda tinglashi mumkin.
Chamilo – tizimi ham boshqa LMS tizimlari singari IMS(IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarini qo`llab-quvvatlaydi. Tizim kross-platformali hisoblanib, barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. GPLv3 litsenziyasi asosida ish yuritadi. Bu tizimda kurslarni tashkillashtirishda sessiya nomli qo`shimcha moduli mavjud bo`lib, ma’lum kurslar yakuni bo`yicha lokal imtihon aratish imkonini beradi. Shuningdek, hisobot bo`limi orqali esa kurslar, imtihonlar va foydalanuvchilarning holati bo`yicha hisobot yaratiladi. Chamilo tizimida modullarning imkoniyatlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Xususan, hozirgi kunga kelib qolgan LMS tizimlarida mavjud modullarga qo`shimcha bo`lgan ochiq muloqot va videokonferensiya tashkil etish hamda taqdimot yaratish imkoniyatlari modullari ishlab chiqildi. Kurs yaratish va uni sozlash. Kurs yaratish uchun tegishli kategoriya tanlanadi va Добавить курс tugmasi bosiladi.
Ko`rib turganimizdek, Добавить курс sahifasi sakkizta bo`limdan iborat bo`lib, uning to`ldirilishi zarur bo`lgan asosiy maydonlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Общее.
Полное название курса * – Kurs (fan)ning to`liq nomi. Foydalanuvchilar mazkur nom bo`yicha kursdan foydalanishadi;
Краткое название курса * – Kurs (fan)ning qisqa nomi. Tizim mazkur nom bo`yicha kursdan foydalanishadi;
Категория курса – Kurs tegishli bo`lgan kategoriya;
Доступность – Agar bu maydon Ko`rsatish qiymatiga teng bo`lsa, mazkur kurs kurslar ro`yxatida namoyon bo`ladi. Aks holda esa, kurs yashirin holatga o`tadi;
Дата начала курса – mazkur maydonda ko`rsatilgan sanadan boshlab kurs faollashadi. Berilgan sanagacha kursdan foydalanib bo`lmaydi;
Идентификационный номер курса – bu maydonga kursning ID raqami kiritiladi. ID raqam faqat butun sonli qiymatni qabul qiladi. ID raqami Moodle tizimining ichki funksionaligini oshirish uchun foydalaniladi.
2. Описание.
Описание курса – bu maydon kurs haqida qisqacha kirish so`zlari bilan to`ldiriladi;
Файлы описания курса – bu maydonga kurs mazmuni bilan aloqador bo`lgan fayllarni yuklash mumkin. Yuklangan fayllar asosida talabalar yaratilgan kurs haqidagi barcha ma’lumotlarga ega bo`lishlari mumkin.
3. Формат курса
Формат – Kurs formati maydoni yaratilayotgan kursning shaklini belgilab beradi. Kurslar bir elementli, haftalar bo`yicha hamda mavzular bo`yicha turkumlangan bo`lib, bir kurs uchun ulardan faqat bittasini tanlash mumkin bo`ladi. Odatda, kurs shakli mavzular bo`yicha bo`lingani tavsiya etiladi;
Количество разделов – kurs mavzulari yoki haftalari soni bo`lib, mazkur qiymat 0 va 52 oralig`ida bo`lishi kerak. Mavzu yoki haftalar sonini kurs bilan ishlash, qo`shish yoki o`chirish mumkin;
Отображение скрытых разделов – yashirin bo`limlarning ko`rinmasligini ta’minlash uchun ushbu maydondan Полностью невидимы qiymatini tanlash kerak;
Представление курса – ushbu maydon o`zida ikki xil qiymatni qamrab olgan bo`lib, ular Показывать все разделы на одной странице va Показывать один раздел на странице. Birinchi qiymatni tanlash orqali kursning barcha mavzulari bir sahifada joylashadi. Ikkinchi qiymatini tanlash orqali esa har bir mavzu alohida sahifada aks etishini ta’minlashi
mumkin.
4. Внешний вид bo`limida kurs uchun foydalanuvchi til, sahifada yangiliklarning soni, talabalarning baholari ko`rsatilishi kabi sozlash ishlari bajariladi.
5. Файлы и загрузки bo`limida yuklanuvchi fayllarning maksimal hajmi belgilanadi.
6. Гостевой доступ bo`limi kursga mehmonlarning kirishi uchun parol qo`yish imkonini yaratadi. Bu bo`limga parol qo`yilganda, kursdan faqat parolga ega bo`lgan talabalar foydalanishlari mumkin bo`ladi.
7. Группы bo`limi orqali mazkur kursdan qaysi guruh a’zolari foydalanishi mumkinligi belgilanadi.
8. Переименование ролей bo`limi foydalanuvchi guruhlarining nomi faqat ushbu kursga moslab qayta nomlash imkonini yaratadi. Yuqoridagi bo`lim va maydonlardan * belgisi mavjudlarini to`ldirish majburiy hisoblanadi. Qolgan bo`lim va maydonlarni to`ldirish kurs yaratuvchisining xohshiga bog`liq bo`ladi. Maydonlar kerakli ma’lumotlar bilan to`ldirilgandan so`ng Сохранить и вернуться tugmasini bosish orqali kurs yaratiladi va oldingi sahifaga qaytish mumkin bo`ladi. Сохранить и показать tugmasini bosish orqali esa yaratilgan kurs sahifasiga o`tish mumkin bo`ladi. Kurs yaratishni bekor qilish uchun esa Отмена tugmasi bosiladi. Yaratilgan Веб дизайн kursi quyidagi rasmda keltirilgan:
Har qanday kurs yaratilganda uning tarkibida Новостной форум elementi mavjud bo`ladi. Новостной форум elementi kursdagi yangliklar bo`yicha kurs ishtirokchilari o`rtasida muzokara qilish uchun xizmat qiladi. Kursga kurs elementlari va kurs resurslarini qo`shish orqali masofaviy ta’lim tizimini ishchi holatga keltirish mumkin. Buning uchun kursni yaratgan professor-o`qituvchi Режим редактирования tugmasini bosishi kerak. Natijada kurs sahifasi quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi: Har qanday kurs yaratilganda uning tarkibida Новостной форум elementi mavjud bo`ladi. Новостной форум elementi kursdagi yangliklar bo`yicha kurs ishtirokchilari o`rtasida muzokara qilish uchun xizmat qiladi. Kursga kurs elementlari va kurs resurslarini qo`shish orqali masofaviy ta’lim tizimini ishchi holatga keltirish mumkin. Buning uchun kursni yaratgan professor-o`qituvchi Режим редактирования tugmasini bosishi kerak. Natijada kurs sahifasi quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
Piktogrammasini bosish orqali mazkur kursning bosh sahifasiga sarlavha hamda kurs haqida qisqa ma’lumotlarni joylashtirish imkonini beruvchi Описание для « Общее» sahifasi namoyon bo`ladi. Piktogrammasini bosish orqali mazkur kursning bosh sahifasiga sarlavha hamda kurs haqida qisqa ma’lumotlarni joylashtirish imkonini beruvchi Описание для « Общее» sahifasi namoyon bo`ladi.
Название раздела maydoniga kurs sarlavhasini, Описание maydoniga esa kurs haqida qisqa ma’lumotni kiritib, Сохранить tugmasi bosiladi. Ushbu sahifani tahrirlashni bekor qilish uchun esa Отмена tugmasi bosiladi.
Har qanday kursni yaratishda Общее maydonidan so`ng mazkur kurs ishtirokchilari uchun Форум yangiliklari nomi ostida форум avtomatik ravishda yaratiladi. Agar ushbu форум kerak bo`lmasa, форумni quyidagi usul orqali o`chirib tashlash yoki yashirin holatga keltirish mumkin.
Yuqoridagi rasmdan ko`rinib turibdiki, Редактировать menyusida joylashgan Скрыть buyrug`i yordamida modulni yashirish, Удалить buyrug`i yordamida esa o`chirish mumkin. Modullarni sozlash ushun esa Редактировать настройки bo`limidan foydalaniladi. Mazkur menyuda Назначить роли buyrug`i mavjud resurs va elementlar vazifasi e’tiborga olingan holda foydalanuvchilarni aniqlash mumkin. Дублировать buyrug`i orqali mazkur moduldan ushbu sohaga nusxasini ko`paytirish mumkin. Переместить вправо hamda Переместить влево buyruqlari esa mazkur modulni mos ravishda o`ngga yoki chapga surish imkonini beradi. Har qanday kursga yoki kurs bo`limlariga qo`shilgan barcha kurs resurlari va kurs elementlari ushbu usul yordamida tarirlanadi.
Foydalanuvchilarni biriktirish uchun qizil chiziq bilan belgilangan sohani bosish yetarli bo`ladi. Kursga yoki kurs mavzulariga resurs yoki element qo`shish uchun kerakli bo`limdan tugmasini bosib, zaruriy modul tanlanadi. Bir bo`limga istalgancha element yoki resurs qo`shish mumkin. Avval qo`shilgan modulning ustida bajariladigan amallar yuqoridagi sahifada keltirilgan. Kurs bo`limlarini hamda kursga yoki kurs bo`limlariga qo`shilgan modullarni biridan- ikkinchisiga olib o`tish uchun quyidagi rasmda qizil chiziq bilan belgilangan piktogrammalarni sichqoncha yordamida Drag&Drop usulidan foydalanib boshqa bo`limlarga ko`chirish mumkin. Kursga yoki kurs bo`limlariga qo`shilgan modullarning har biri ko`k chiziq bilan belgilangan piktogrammaga ega bo`ladi. Ushbu rasmcha modul nomini o`zgartirish uchun xizmat qiladi. O`ng tarafda joylashgan sariq chiziq bilan belgilangan piktogramma esa mazkur bo`lim va uning tarkibidagi modullarni o`chirish imkonini beradi. Yashil chiziq bilan belgilangan piktogramma mazkur bo`lim va modullarini yashirin holatga keltiradi. Yuqorida joylashgan pushti chiziq bilan belgilangan piktogramma esa mazkur bo`lim ustida ish olib borilayotganini bildiruvchi belgi qo`yadi.
Kursni yaratish jarayonida kursning bo`limlari ya’ni nechta mavzu yoki haftadan iborat ekanligi aniq ko`rsatiladi. Bu esa yaratilgan kurs aniq qiymatda bo`lingan bo`ladi. Ba’zi hollarda kursga yangi mavzu qo`shish yoki ortib qolganini o`chirish zarur bo`ladi. Ushbu masala yuzasidan qo`shimcha bo`lim qo`shish yoki ortganini olib tashlash uchun kurs sahifasining quyida joylashgan va tugmalardan mos holatda foydalanish mumkin. Режим редактирования tugmasini bosish bilan nafaqat kurs bo`limlarini sozlash va kursga zaruriry element yoki resurs qo`shish, balki kursdan foydalanayotgan ishtirokchilar uchun qo`shimcha bloklar qo`shish va ularni tahrirlash ishlarini ham bajarish mumkin.
|