|
Internetdan fayllarni ishga tushirish
|
bet | 33/94 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 8,19 Mb. | | #131132 |
Bog'liq AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)Internetdan fayllarni ishga tushirish. Dunyo tarmog’i serverlarida ko’plab qiziqish uygotadigan fayllar mavjud. Bu dastur, arxiv, hujjatlar. Faylni yuklash uchun mos gipermurojaatdan o’tish kerak. Fayllarni yuklash va saqlash web-sahifalarni o’qishdan farqli chunki bu holda boshqa ma'lumot almashish protokollari ishlaydi. Fayl yuklashdan oldin kerak bo’lgan qo’shimcha ma'lumotni berish kerak. Fayllarni qabul qilish uchun Internet explorer Fayllarni yuklash ustasini chaqiradi.
Birinchi bo’lib faylni shunchaki ochish yoki qattiq diska saqlash kerakligini tanlaymiz. Internetni xavfsiz sanay olmaymiz, va shuning uchun fayllarni to’g’ridan- to’g’ri yuklash tavsiya etilmaydi. Ularni lokal diska saqlab, kerakli choralarni ko’rib keyin ochishingiz mumkin bo’ladi.
Faylni saqlashdan oldin Fayllarni yuklash ustasini papkani ko’rsatishni so’raydi (internetdan olingan hujjat va fayllar uchun alohida papka ochish tavsiya etiladi).
Fayl yuklanish jarayoni maxsus dialog oynada aks ettiriladi va foydalanuvchi uni kuzatib kerakli paytda to’xtatishi ham mumkin.
Internet Explorer birdaniga bir necha fayllarni yuklashga imkon beradi, ammo yuklanish tezligi bu holda ancha pasayadi.
Fayllarni saqlash uchun maxsus dasturlarni ishlatish tavsiya etiladi, masalan, Gethright yoki FlashGet.
Talqin qiluvchi (обозреватель) xossalarini sozlash. Brauzer xususiyatlari buyrug’i “Свойства обозревателя” dialog oynasini chaqiradi. Bu oyna Internet tarmog’iga ulanishga oid bo’lgan barcha parametrlarni sozlashga imkon beradi.
“Общие” bo’limi
Общие bo’limi dasturning asosiy parametrlarini sozlaydi. Bu yerda avtomatik ravishda yuklanadigan sahifani kerak bo’lsa tanlash mumkin.
Временные файлы Интернета parametri internetdan yuklanishni tezlatadigan vaqtincha fayllarni qattiq diskda saqlanish muddatini aniqlaydi. (Bu fayllar web-sahifalarni qayta yuklaganda ishlatiladi. Unda brauzer ularni internetdan emas qattiq diskdan chaqiradi va jarayon tezlashadi. (Vaqtincha fayllar papkasi shunday qilib diskning kesh-xotirasini hosil qiladi).
Jurnal sohasida yuklangan WEB-sahifalarning manzillarini qancha saqlanishini belgilanadi.
WEB-sahifalarni aks ettirilganidagi shrift va ranglarni belgilash uchun quyida joylashgan tugmalardan foydalanamiz.
Amalda Web 2.0 veb-saytlarning axborotni to’siq yig’uvchilaridan bog’langan dasturiy platformalarga o’tish deb tushiniladi va foydalanuvchilar uchun barcha amallar uning kompyuterida bajarilayotganday tuyuladi.
Web 2.0 saytlari foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
axborotlarni nafaqat qabul qilish, balki dasturlarni faqat brauzerlar orqali bajarish;
o’zining ma’lumotlarini joylashtirish va ularni boshqarish.
Web 2.0 uchun quyidagi texnologiyalar asosiy deb hisoblanadi:
Veb-servislar - bu shunday dasturlarki, ularga kirish HTTP orqali, ma’lumotlarning almashishi esa XML formatida amalga oshiriladi. Veb-servis uni yaratgan kompaniyaning serverida amalga oshiriladi va foydalanuvchi har qachon yangi ma’lumotlarga ega bo’lishlari mumkin.
AJAX - JavaScript va XML ni ishlatish metodikasi. U veb-sahifani ma’lumotlar bilan “og’irlashtirmasdan” foydalanuvchining harakatlariga qarab kerakli ma’lumotlarni yuklab beradi. Google o’zining Gmail va Google Maps saytlarini yaratishda AJAX ni faol ishlatganidan keyingina u ommalashib ketdi.
Veb-sindikasiya (RSS va Atom texnologiyalari asosida ) - axborot (audio- va video shular qatorida)ning turli sahifa va veb-saytlarga bir vaqtning o’zida tarqalishi.
Veb mash-up - boshqa manbalardagi axborotlarni to’liq yoki qisman jalb etgan holda foydalanuvchiga yangi imkoniyatlar beruvchi servis. Shu bilan birga Veb mash-up boshqa
Veb mash-up servislar uchun ham manba bo’lishi mumkin. Bunda bir biriga bog’langan va bir biri bilan integrasiyalashgan to’r hosil bo’ladi.
Teglar - ko’rilayotgan obyektni ta’riflovchi yoki uni biron kategoriyaga kirituvchi kalit so’zlar. Ularga obyektning boshqa obyektlar qatorida o’rnini ko’rsatuvchi belgi sifatida ham qarash mumkin.
Folksonomiya - Inglizcha folk - (xalq) + taxonomy - (taksonomiya) so’zlaridan kelib chiqqan. Teg orqali veb-sayt axborotini (ishora, surat, video va h.k.) turlash.
Ijtimoiy tarmoq dasturiy ta’minoti - Veb foydalanuvchilarga axborot almashish va birgalikda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar ko’lami.
Web 2.0 ning kamchiliklari:
Internetga doimo ulangan bo’lishi;
Saytlarning imkoniyatlari ularni yaratgan kompaniyalarga bog’liqligi;
Servislarning ish sifati boshqa ko’plab kompaniyalarga bog’liqligi;
Mavjud veb-infrastrukturalarining murakkab hisob-kitob vazifalarni bajarishdagi imkoniyatlarining cheklanganligi;
Boshqa serverda saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlarga ruxsat so’ramasdan egalik qilish.
Meshaplar
|
| |