12-Mavzu: Telegramm ijtimoiy tarmog`ida ishlash
Reja:
1. Telegramm tarmog’ini kim yaratgan.
2. Telegramm tarmog’idan foydalanish
3.Telegramning afzallik va kamchiliklari
Telegram messenjeriga VKontakte ijtimoiy tarmog‘ini yaratgan aka-uka Pavel va
Nikolay Durovlar tomonidan asos solingan. Pavel Durovning qayd etishicha, u 2011
yildan boshlab o‘zaro xabarlar va fayllar almashishga yordam beradigan messenjer
yaratish ustida jiddiy bosh qotirgan. Aslida, Telegram avvalida ijtimoiy messenjer
vazifasini bajarishga mo‘ljallanmagan, balki u ikkala aka-uka orasida o‘zaro suhbat
uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan edi, deb yozadi
Telegram-Free nashri.
o
Pavel Durov
– Telegram uchun asosiy kod va interfeysni dasturlagan
o
Nikolay Durov
– messenjer uchun MTProto shifrlash kodini yaratgan
Mana shu yo‘sinda hozirgi kunda eng ommabop va funksional messenjerlardan biri
dunyoga kelgan.