Ch.Bell (1783-1855) o ‘z tadqiqotlarida markazga intiluvchi
(sezuvchi) va markazdan qochuvchi nervlar alohida-alohida bo'lishini
ko‘rsatib berdi. Ch. Bell muskullar sezuvchanligini aniqlab, miya
markazlari bilan skelet mushaklari orasida nerv-reflektor xalqa
mavjudligini tasdiqladi.
F.Majandi asab tizimining trofik funksiyasini - organ va to'qimalarda
moddalar almashinuvining boshqarilishida asab tizimining ta’sirini
o‘rganib chiqdi.
Majandining shogirdi Klod Bemar (1813-1878)
juda ko‘plab muhim fiziologik kashfiyotlar qildi, u
so‘lak va me’da osti bezi shiralarining hazmlovchi
ahamiyatini, jigarda uglevodlar sintezini va qonda qand
miqdorini ta’min etishdagi rolini, uglevodlar almashi-
nuvida va qon-tomirlar devorlari faoliyatini boshqarili
shida asab tizimining roli, nervlaming juda ko‘plab
funksiyalarini ochdi, qon bosimi, qon tarkibidagi gazlar,
(1813-1878)
nery ya muskijllaming elektr toklari va boshqa ko‘pgina
muammolami yechishda faollik ko‘rsatdi.
K.Bemaming ko‘rsatishicha organizmning juda ko‘plab muhim
funksiyalari asab tizimi bilan boshqariladi.
0 ‘tgan XX asrda I. I. Myuller (1801-1855) va uning shogirdlari ham
fiziologiyaning rivojlanishiga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shishdi. Ular
juda ko'plab anatomiya, qiyosiy anatomiya, gistologiya, embriologiya,
sezgi a’zolari fiziologiyasi, tovush. apparati va reflekslar bo‘yicha
o‘tkazilgan ko'plab tajribalar ularga taalluqlidir. Uning shogirdi
T.Gelmgols (1821-1894) fizika, ko‘rish va eshitish, nerv va muskullar
tizimi fiziologiyalari bo‘yicha muhim kashfiyotlar qildi.
Hozirgi zamon fiziologiyasining rivojlanishiga: nerv jarayonlarining
tabiatini o‘rganish bo‘yicha (A. Xodjkin, A. Xaksli va boshqalar), asab
tizimlarining faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlari bo‘yicha (Ch.Sherington,
R.Magkus, D. Ekkls va boshq.) va sezgi a’zolari ( R. Granit) nerv
moddalarining ishtiroki (G. Deyl, D. Kaxmansek, M. Bakk va boshq.),
miya sopining funksiyalari bo‘yicha (G.Megun, G.Morushin va boshq.)
bosh miya (Yu.Konorskiy) yurak-tomirlar (E. Starling, K. Ungters, K.
Gaymans va boshq.) ovqat hazmi bo‘yicha (V. M. Beyms, A. Ayvi va
boshq.) buyraklar faoliyati bo‘yicha (A. Keshki, A. Richards va boshq.)
o‘zlarining hissalarini qo‘shdi.