Aynan ana shu qadimgi gumoralli mexanizm bazasida evolyusion
rivojlanish davomida yangi-asab mexanizmi shakllangan. Bundan tashqari,
tibbiyot va veterinariya amaliyotida qon tarkibi o‘rganilganidan keyin
organlar tizimlari faoliyatiga tavsif beriladi va tashxis qo‘yiladi. Bizning
nazarimizda bunday dasturga kiritilgan o‘zgartirishlar biologlar, ekologlar,
tibbiyot va veterinariya hakamlari bo‘lish niyatida ta’lim olayotgan
bakalavrlami fiziologik bilimlami egallashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
“Odam va hayvonlar fiziologiyasi” darsligi eng awalo umumiy
biologiya yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalar
uchun mo‘ljallangan bo‘lish bilan birga mavjud “Odam fiziologiyasi”,
“Hayvonlar fiziologiyasi” darsliklaridan farqli o‘laroq ham odam, ham
hayvonlar to‘qimalar, organlar tizimlarida kechayotgan hayotiy jarayon-
larga qiyosiy talqin berilganligi sababli, tibbiyot hamda veterinariya
fakulteti talabalari uchun ham fiziologiyani o‘rganishda zarur ommabop
darsliklardan bo‘lib xizmat etadi deb umid qilamiz.
Ushbu lotin alifbosida o‘zbek tilida yozilgan dastlabki darslik bo‘l-
ganligi sababli, ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi
mumkin. Shu sababli o'quvchilarimizdan darslikni yanada yangi ma’lu-
motlar bilan boyitish, qanday yo‘llar bilan talabalarga manzur bo‘ladigan
tomonlarini yoritish mumkmligini, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami tuzatish
haqidagi o‘z fikr va mulohazalarini bildirishlarini kutib qolamiz va
oldindan minnatdorchiligimizni bildiramiz.