|
Rahmonov, D. Yuldasheva
| bet | 40/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 9Bino asosi va poydevor. Binoning yer osti qismi poydevor deyiladi. U binodan keladigan barcha yukni tuproqqa (gruntga) o‘tkazib yuborish uchun xizmat qiladi. Poydevorlar binolar turiga qarab har xil bo‘ladi (31.4-chizma).
-
Qurilish chizmalari nima uchun kerak?
-
Bosh planga nimalar kiradi?
-
Binoning planida nimalar tasvirlanadi?
-
Binoning qirqimi qanday ko‘rsatiladi?
-
Binoning fasadi nima?
O‘qiyotgan maktabingizning bosh plani, maktab plani, fasadi va qirqimi qanday bo‘lishini chizib ko‘rsating.
Binoning qanday ko‘rinishi tasvirlangan (31.5-chizma)?
A. Plan. B. Fasad.
C. Poydevor. D. Yon fasad.
31.5-chizma.
-
§. QURILISH CHIZMALARINI O‘QISH
Qurilish chizmalarini o‘qishni boshlashdan oldin bino elementlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish zarur (32.1-chizma).
Sokol. Bino tashqi devorining poydevori ustida joylashgan enliroq qismi sokol hisoblanadi. U devordan 10–12 cm chiqib turadi. Ba’zida 4 cm gacha ichkariga kirib turishi mumkin.
Devorlar. Asosiy tashqi va ichki, to‘siq (parda) devorlar ko‘rinishida bo‘ladi. Tashqi va ichki asosiy devorlarda tutun uchun mo‘rkon, xonalar- ni shamollatish uchun kanal (mo‘ri)lar quriladi. Parda devorlar qalinligi 8–12 cm bo‘ladi.
Karniz (bo‘g‘ot). Bino devorining yuqori qismidagi gorizontal chiqiq. Bino tomini tutib turadi va devorni yog‘in-sochindan himoya qiladi hamda bezash uchun ham xizmat qiladi.
-
– Chizmachilik 9, uzb. 81
Yopmalar. Ko‘p qavatli binolarda qavatlar orasidagi va chordoq bilan xona orasidagi gorizontal to‘siq yopma deyiladi. Yopmaning ustki qismi xona poli, ostki qismi xona shifti hisoblanadi.
|
| |