|
Detallarni payvandlash yo‘li bilan biriktirish (
|
bet | 29/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 9Detallarni payvandlash yo‘li bilan biriktirish (O‘zDSt 2.312:2003) – aj- ralmas birikmaning bir turi. Payvand choklari metallni eritib quyish natijasida yoki biriktiriladigan detallar metallni eritib hosil qilinadi.
Detallarni payvandlash energiya manbayiga qarab elektr yoyli, gazli, elektron nurli turlarga bo‘linadi. Payvand birikmalarining quyidagi turlari mavjud: uchma-uch (24.4-chizma, a), ustma-ust (24.4-chizma, b), burchak- li (24.4-chizma, c), tavrli (24.4-chizma, d ). Payvandlanadigan ulamalarning uchlari yo‘nib yoki qayirib payvandlanadi (24.4-chizma, e, f ).
Chokning shartli belgisi to‘g‘ri burchakli uchburchak ingichka chiziq bi- lan chizilib, balandligi chok belgisidagi sonlarning balandligiga teng bo‘ladi. Payvandlab tayyorlanadigan buyum (podshipnik)ning ishchi chizma-
si 24.5-chizmada ko‘rsatilgan. Unda ishlov berish uchun zarur bo‘ladigan o‘lchamlargina ko‘rsatiladi.
Detallarni parchin mixlar bilan biriktirish – ajralmas birikmaning bir turi. Parchinlash jarayoni: biriktiriladigan detallarda teshik d0 = 1,1d (d – par- chin mix diametri) diametrda ochiladi (24.6-chizma, a), oldindan qizdirilgan parchin mix bu teshikka kiritiladi (24.6-chizma, b), maxsus presslovchi ma-
24.5-chizma.
shina parchin mixning uchini parchinlaydi (25.6-chizma, c). Shunda parchin mix diametri list teshigi bilan bir xil yo‘g‘onlashadi. Parchinlash vositasida hosil bo‘lgan chokning chizmasi 24.6-chizma, d da ko‘rsatilgan.
Parchin mixlarning o‘zaro joylashishiga qarab, shaxmat tartibli va pa- rallel choklar bo‘ladi. Biriktiriluvchi listlar uchlarining joylashishiga qarab uchma-uch va ustma-ust choklarga bo‘linadi. Uchma-uch choklarga tagliklar qo‘yiladi (24.7-chizma).
Detallari parchin mixlar bilan biriktirilgan fermaning qismi 24.8-chizmada ko‘rsatilgan. Bunday chizmalarda parchin mixlarning o‘rni o‘q chiziqlar bilan almashtirilishi mumkin. Ushbu ajralmaydigan birikmalar ma’lumot uchun berildi.
|
| |