• Tayanch iboralar: Geografik o`rni, chegaralari, relyefi, iqlimi
  • MARKAZIY QOZOG’ISTON IQTISODIY RAYONI
  • Xo’jaligi.
  • Temirtov.
  • Jezg’azg’an (
  • Qozog’istonning iqtisodiy rayonlari. Markaziy qozog`iston iqtisodiy rayoni. Reja




    Download 18,86 Kb.
    bet1/5
    Sana10.04.2017
    Hajmi18,86 Kb.
    #3927
      1   2   3   4   5

    Aim.uz

    Qozog’istonning iqtisodiy rayonlari. Markaziy qozog`iston iqtisodiy rayoni.

    Reja:

    1. Qozog`istonning iqtisodiy rayonlari.

    2. Markaziy qozog`iston iqtisodiy rayonining geografik o`rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.

    3. Markaziy qozog`istonning xalq xo`jalik tarmoqlarini geografik joylashuvi.

    4. Markaziy qozog`istonning shaharlari.

    Tayanch iboralar: Geografik o`rni, chegaralari, relyefi, iqlimi, suv resurslari, tuproq, o`simlik, hayvonot dunyosi, sanoati, qishloq xo`jaligi, transporti, shaharlari.

    Qozog’iston kelajakda iqtisodiy jihatdan juda kuchli rivojlanish imkoniyatiga ega bo'’gan Respublika hisoblanadi.

    Iqlim Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Hozirgi kunda Respublika xalq xo’jaligining asosiy uch tarmoqi sanoat, qishloq xo’jaligi,transport va shularga xizmat qiluvchi tarmoqlar rivojlangan.

    Xalq xo’jaligining yuqoridagi nomlari tilga olingan tarmoqlar nafaqat respublika ahamiyatiga ega bo’libgina qolmasdan balki xalqaro ahamiyatga egadir.Respublika iqtisodiyoti 30-50 yillarda juda kuchli rivojlanadi,yangidan-yangi transport majmualari qurib ishga tishirildi.Natijada respublikaning ichki qismida geografik mehnat taqsimoti tarkib topdi.Bu esa o’z navbatida respublikada asta-sekinlik bilan Markaziy, Sharqiy, G’arbiy, Shimoliy va Janubiy iqtisodiy rayonlarining tarkib topishiga olib keldi.Ushbu iqtisodiy rayonlar tarkibiga kiruvchi xalq xo’jalik tarmoqlari bilan uzviy ravishda bog’langan.Bular respublikaning barcha iqtisodiy rayonlarining bir-biri bilan uzviy bog’liq ravishda rivojlanishiga olib keladi.


    MARKAZIY QOZOG’ISTON IQTISODIY RAYONI

    Qarag’anda va Jezqazg’an viloyatlarini o’z ichiga oladi.Maydoni 398,8 ming kv km.aholisi 1mln.750 ming kishidan ortiq.



    Geografik o’rni ,tabiiy sharoiti va resurslari.Markaziy Qozog’iston Respublikasi hududining o’rta qismini Nura va Sarisu daryolari havzalari egallaydi.Rayon g’arbda Ural va sharqda Kuzbast rayonlari bilan deyarli bir xil uzoqlikdagi masofada joylahsgan.Rayonlarning geografik o’rni uning Uralga asosan kokslanuvchi ko’mir yetkazib beruvchi rayon sifatida tarkib topishiga olib keldi.Iqtisodiy rayonni Respublika hududining markaziy qismida joylashganligi uning iqlimining quruq va kontinental iqlimga ega bo’lishiga,chuchuk suvning yetishmasligiga olib keladi.

    Markaziy Qozog’iston Respublikasida ma’danli boyliklar juda ko’p tarqalgan rayon hisoblanadi.Rayon hududida yoqilg’i, metallurgiya, kimyo, qurulish sanoatini rivojlantirish uchun yetarli darajada mineral xom ashyo resurslari mavjud.

    Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.
    Bu yerdagi Qarag’anda kokslanuvchi ko’miri, Jezqazg’an, Qo’ng’irot, Sayak mis konlari shularga misol bo’la oladi.Bundan tashqari rayon hududida juda ko’plab temir va marganes ruda konlari, polimetall konlari mavjud. Iqtisodiy rayonda qazilma boyliklar bir-birlariga yaqin joylashgan.Bu esa ulardan kompleks foydalanish imkoniyatini beradi.

    Markaziy Qozog’istonning tabiiy sharoiti dehqonchilikni rivojlantirish uchun uncha qulay emas.Chunki rayon iqlimi kontiental,qishi sovuq,yoz issiq va quruq.Yog’ingarchilik kam tushadi.Bu esa bahorikor dehqonchilik qilish imkoniyatini beradi.Rayon shimoliy qismida quruq dasht zonadan iborat bo’lib bu yerda to’q tusli kashtan tuproqlari tarqalgan.

    Iqtisodiy rayonda daryolar kam.Shu sababli Markaziy Qozog’istonda suv ta’minoti muhim masala hisoblanadi.Rayonda suv ta’minotini yaxshilash uchun Nura, Jezqazg’an, Qarsakpay suv omborlari uzunligi 500 km. ga teng.Irtish-Qarag’anda kanali qazib ishga tushirilgan.

    Markaziy Qozog’iston aholisi soni jihatidan respublika iqtisodiy rayonlari ichida to’rtinchi o’rinni egallaydi.Rayonda respublika aholisining 11%ga yaqini yashaydi.Aholi siyrak joylashgan va u 1kv km ga 4,3 kishini tahskil etadi.

    Aholi Nura daryosi havzasida,Qarag’anda-Ostona temir yo’l yoqalarida ancha zich joylashgan.Bu rayonlar dehqonchilik uchun qulay joy hisoblanadi.Aholining 86% shaharlarda yashaydi.Demak rayonda sanoat yetakchi tarmoq hisoblanadi.



    Xo’jaligi. Markaziy Qozog’iston og’ir sanoati taraqqiy etgan hududiy ishlab chiqarish majmuasidan iborat.
    Aholi Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    Iqtisodiy rayonda ishlab chiqarishning ko’mir,metallurgiya-kimyo, mashinasozlik majmualari davlatlararo ahamihatga ega.Iqtisodiy rayondagi barcha og’ir sanoat tarmoqlari ko’mir,rangli,qora,kam uchraydigan metallarni qazib olish bilan uzviy ravishda bog’liqdir.

    Iqtisodiy rayonda respublikada qazib olinadigan kokslanuvchi ko’mirning 100% qazib olinadi. Iqtisodiy rayonda cho’yan va po’latning barchasi, misning asosiy qismi eritiladi.Mashinasozlik zavodlarida asosan kon sanoati va metallurgiya zavodlari uchun mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaradi.Kimyo sanoati,sintetik kauchuk,rezina texnika buyumlari,oltingugurt kislotasi,azot o’g’itlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
    Iqtisodiy rayonda yengil va oziq-ovqat sanoat korxonalari mahalliy xom ashyo asosida ishlab,mahalliy aholining ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.Rayon yoqilg’i energetikasining asosiy Qarag’anda ko’miri asosida ishlaydigan isiqlik elektr stansiyalari tashkil qiladi.

    Iqtisodiy rayonda kon va qayta ishlash sanoati tarmoqlarining rivojlanishi bu yerda Qarag’anda-Temirtov,Balxash va Jezqazg’an sanoat tugunlarining tarkib topishiga olib keldi.Ushbu sanoat tugunlari bir-birlari bilan yuqori kuchlanishli elektr leniyalari va temir yo’llar bilan bog’langan.

    Qarag’anda-Temirtov sanoat tuguni eng rivojlangan hisoblanadi. Ushbu tugun tarkibiga Abay, Saran, Shaxtinsi kabi shaharlar va shahar tipidagi manzilgohlari kiradi.Sanoat tugunlarida quyidagi texnalogik jarayon amalga oshiriladi. Qarag’andadan ko’mirni qazib olish, ko’mirni boyitish fabrikasi, ko’mirni kokslash batariyasi, domna pechi, po’lat eritish va briketlash sexlari. Bularning barchasi Temirtovdagi metallurgiya kombinatida amalga oshiriladi.Sanoat tugunida metalni ko’p talab qiladigan mashinasozlik va azot o’g’itlari ishlab chiqaradigan zavod ishlab turibdi.Suv ta’minotida Irtish-Qarag’anda kanali va Nura suv ombori asosiy o’rinni egallaydi.

    Balxash va Jezqazg’an sanoat tugunlari mis sanoati bazasida tarkib topgan.Ushbu sanoat tugunining har birida katta quvvatga ega bo’lgan tog’ metallurgiya kombinatlari tarkib topgan.Ushbu kombinatlar tarkibiga qazib olish, boyitish, eritish, misni rafinadlash kabi texnologik jarayonlarni bajaruvchi fabrika va zavodlar kiradi. Kambinat tarkibida keng iste’molchi buyumlari ishlab chiqarish korxonalari ham mavjud.

    Markaziy Qozog’istonda turli xildagi qazilma boyliklarini qazib olish,ularni boyitish,eritish va qayta ishlash jarayonida atmosferaga har xil gazlarning chiqishiga olib keladi.

    Gaz - 1) uzunlik va masofani oʻlchash uchun moʻljallangan qad. oʻlchov birligi; arshin. Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonning baʼzi joylarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 m deb qabul qilingan.
    Shu sababli iqtisodiy rayonda tabiatni muhofaza qilish masalasi juda muhimdir. Iqtisodiy rayonda eng avvalo qazilma boyliklarini qazib olishda, buzilgan yerlarni qayta tiklash(rekultivatsiya),zavod va fabrikalarni atmosferaga chiqadigan zaharli gaz va changlarni ushlab qoladigan uskunalar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

    Markaziy Qozog’iston iqtisodiy rayonida agrosanoat majmui yetakchi tarmoq emas.Bu yerda don yetishtirish,chorvachilik,shahar oldi rayonlarida sut xarakteridagi qoramolchilik taraqqiy etgan.Temirtov,Jezqazg’an,Balxash shaharlari atrofida aholi yil davomida sabzavot maxsulotlari bilan ta’minlash uchun issiqxonalar tashkil qilingan.

    Markaziy Qozog’iston iqtisodiy rayoni shaharlari turli davrlarda turli yo’llar bilan hosil bo’lgan.Respublikada temir yo’llar o’tkazilganga qadar,asosiy aloqa vositasi daryo transporti hisoblangan.Shu sababli bu vaqtda shaharlar daryo yohalarida tarkib topgan, temir yo’llar o’tkazilgandan keyin shaharlar asosan temir yo’lyoqalarida tarkib topdi.

    Markaziy Qozog’istonda daryolar ham kam,temir yo’llar ham keyingi yillarda o’tkazildi.Shu sababli bu yerda shaharlarning tarkib topishi uchun asos yo’q edi.Shu sababli iqtisidiy rayonda shaharlar uzoq vaqt davomida tarkib topgan emas.

    Iqtisodiy rayondagi barcha shaharlar va shahar tipidagi manzilgohlar urushdan oldin va urushdan keyingi yillarda tarkib topdi.Bu yerdagi shaharlarning asosiy qismi foydali qazilmalarni o’zlashtirish bilan bog’liq, urushdan oldingi davrda Qarag’anda ko’mirini o’zlashtirish uchun temir yo’l o’tkazildi. Shu sababli Qarag’anda shahri va uning atrofida uncha katta bo’lmagan shahar tipidagi manzilgohlar tarkib topdi. Ulug’ vatan urushidan keyin shaharlar kengaydi va iqtisodiy rayonning ichki qismidagi qazilma boyliklarini oz’lashtirish natijasida qator shaharlar tarkib topdi. Bunday shaharlarga Qorajal, Jayrem, Qarag’ayli, Qo’rg’oshin, Akchatov, Jambil va boshqalar misol bo’la oladi. Katta shaharlar atrofida yto’ldosh shaharlar tarkib topib shahar aglomeratsiyalari vujudga keldi.



    Qarag’anda (aholisi 614ming kishi)-Markaziy Qozog’istondagi yirik sanoat markazi hisoblanadi. Aholisining soni jihatidan respublikada Olma-ota shahridan keyingi ikkinchi shahar hisoblanadi. Shaharga 1931-yilda asos solingan. 1939- yilga kelib shahar aholisi 161 ming kishiga yetdi. Shaharda aholining ko’payishi urushdan keyingi yillarda ham kuzatildi.

    Qarag’anda shahrining asosiy ixtisoslashgan soxasi ko’mir qazib olish hisoblanadi. Shu sababli shahardagi boshqa sanoat tarmoqlari ushbu sohaga xizmat qilishga asoslanadi. Shahardagi ko’mir boyitish fabrikalari ko’mirni har xil qo’shilmalardan tozalaydi. Mashinasozlik zavodlari paxta etishtirish uchun kerakli asbob-uskunalar, kombayinlar ishlab chiqaradi. Shahardagi elektrostansiyalar ko’mir qoldiqlari asosida shaharni elekrtenergiya bilan ta’minlaydi. Shahardagi yengil sanoat ham asosan shahar iqtosodiga xizmat qiladi. Jumladan, tikuvchilik fabrikalari shaxtyorlar uchun kiyim-kechak tikadi. Qurilish korxonalari shahar aholisini sanoat korxonalarini uy-joy va binolar bilan ta’minlaydi. Ushbu sanoat korxonalari qurilish materiallari-beton konstruksiyalari, non pishirish zavodlari va konditer fabrikalari hisoblanadi.

    Qarag’anda-Markaziy Qozog’istondagi yirik tranzit hisoblanadi. Bu yerdan o’tgan temir yo’llar shaharni nafaqat Jezg’azqan, Balxash shaharlari bilan bog’labgina qolmasdan balki Ural, G’arbiy Sibir, Janubiy Qozog’iston va O’rta Osiyo respublikalari bilan bog’laydi. Shahar-respublika va viloyat ahamiyatidagi avtabil yo’llari bilan bog’langan.

    Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.

    Qarag’anda Markaziy Qozog’istondagi yirik madaniyat va ilmiy markazlardan biri hisoblanadi. Bu yerda universitet, politexnika, tibbiyot, kooperativ va pedagogika institutlari mavjud.

    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.

    Shaharda sanoatning rivojlanishi natijasida shahar atrofida yo’ldosh shaharlar tarkib topgan. Shunday yo’ldosh shaharlarga Saran, Shaxtinskiye, Abay shaharlari, Shaxan, Topar kabi shahar tipidagi manzilgohlar misol bo’ladi. Ushbu yo’ldosh shaharlarda ko’mir, kimyo, qurilish materiallari sanoat korxonalari bilan birgalikda yengil va oziq-ovqat sanoat korxonalari mavjud.

    Temirtov. (aholisi 212ming kishi) Qarag’andaning shmiloy g’arbida joylashgan. U Qarag’andaning asosiy yo’ldosh shaharlaridan biri hisoblanadi. Temirtov shahrida sanoatning yetakchi tarmog’i qora metallurgiya sanoati bo’lib u ikkita to’liq siklli zavodidin tashkil topgan.

    Temirtov - (qoz. Теміртау) shahar, Markaziy Qozog'istonning, Qarag'andi viloyatida Nura daryosining yoqasida joylashgan. U butkul Qozogʻistonga, MDH davlatlariga oʻzining er osti foydali qazilmalari bilan mashhur, Temirtov - Qozogʻistonning yirik isdustrial markazi.
    Ushbu zavodlarga xizmat qiluvchi ruda qazib olish (Atasuv, Qorojala,) ko’mirni kokslash batareyasi, ko’mirni aglamiratsiyalash fabrikalari, eletrostansiyalar bilan birgalikda Qarag’anda metallurgiya kombinati hosil qiladi.

    Qarag’anda metallurgiya kombinati cho’yan, po’lat va prokat sexlaridan tashkil topgan. Shahar sanoatida sentetik kauchik va sulfat ammoniy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kimyo sanoati muhim, ahamiyatga ega. Shahardagi kuyish-mexanika zavodi eletrostansiyalar uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Shaharda to’qish va trikotaj fabrikalari mavjud.



    Jezg’azg’an (aholisi 100mimg kishi) viloyat va mis eritish sanoatining markazi. Shahar 1938 -yilda boshlab tarkib topa boshladi. Shaharda mis zavodi va ikkita ruda boyitish fabrikasi joylashgan. Boytish fabrikalaridan mis va qo’rg’oshin rudalari saralanadi. Bundan tashqari shaharda qurilish materiallari korxonalari, trikotaj fabrikalari va katta quvvatga ega bo’lgan issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Jezg’azg’an yaqinida unga yo’ldosh shahar tipidagi Rudniy, Satpayev manzilgohlari joylashgan.

    Download 18,86 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 18,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qozog’istonning iqtisodiy rayonlari. Markaziy qozog`iston iqtisodiy rayoni. Reja

    Download 18,86 Kb.