27
III. NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI
1-mavzu:
TA’LIM SIFATINI TA’MINLASHDA TALABALAR
BILIMINI BAHOLASH METODIKASINING NAZARIYASI
.
REJA:
1.
Baholash, baholashning didaktik maqsadi va vazifalari.
2.
Ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar (moddiy-texnik baza, professor-
o‘qituvchilarning salohiyati va o‘quv-metodik ta’minot).
3.
Baholash turlari (joriy, oraliq, yakuniy va xalqaro). Baholash
tamoyillari va mezonlari.
3-Renesans jarayoni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan
hozirgi kunda mamlakatimizdagi ta’lim tizimi oldidagi muhim funksiyalaridan biri
o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim, tarbiya berishning yangi va samarali usullarini
yaratish, talabalarning bilim darajalariga bo‘lgan talabni ko‘tarish, o‘qitishning
rejalashtirilgan natijalariga erishish hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ta’lim tizimida talabalarning tabiiy
yo‘nalishdagi o‘quv modulilardan savodxonlik darajasini baholashning milliy
tizimini yaratish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish
tamoyillarini tatbiq
etish, davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan kompetensiyalarni baholash
mezonlarini ishlab chiqish kabi dolzarb funksiyalarni ilgari surgan. Amaldagi
bakalavriat yo‘nalishi davlat ta’lim standartlari kompetensiyaviy yondashuvga
asoslanganligiga qaramasdan, o‘qitish va baholash metodlari asosan o‘quv materiali
va axborotni yodlash hamda bayon qilishga qaratilganligi, tanqidiy fikrlash, axborotni
mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari va boshqa malakalarni
rivojlantirishga
yo‘naltirilgan Nazorat va baholash metodlarini chuqur tahlil etish zaruriyatini talab
etadi.
Talabalar bilimi nazorat va baholashi - bu ta’lim jarayonining eng muhim va
o‘qituvchidan katta mahorat va ijodkorlik talab etadigan tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‘qituvchi mohirlik bilan talabalar bilimini nazorat va baholash qilishning vaqtini
to‘g‘ri belgilashi, nazorat va baholashning turli usullaridan foydalangan holda
talabalarni butun mashg‘ulot davomida samarali ishlashini ta’minlay olishi kerak.
nazorat va baholashsiz talaba shaxsining shakllanishiga
pedagogik rahbarlik qilish,
talabalarning bilish faoliyatini, ularning aqliy va amaliy mehnatlarini boshqarish
mumkin emas. O‘qitishning talab darajasidagi natijalariga erishish, ta’lim jarayonini
mukammallashtirishda Nazorat va baholash ning ahamiyati benihoya katta. nazorat
va baholash talabalarning tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning bilim va
malakalaridagi bo‘shliqlarni to‘ldirish imkonini beradi.
Nazorat va baholash aniq belgilangan faoliyat, ya’ni DTS bilan me’yorlangan
bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning o‘zlashtirish
darajasini aniqlashga
qaratilgan pedagogik vosita sifatida talabaning shaxs sifatida rivojlanishi, kasbiy
faoliyatga oid bilimlar, o‘quv moduli asoslarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini
orttirish, dunyoqarash,
tafakkuri, xotira va irodasini tarbiyalashga imkon yaratadi.
Nazorat va baholash orqali talabalar bilimini baholash bilan birga o‘quv jarayonida
28
ta’lim maqsadiga qay darajada erishilgani, shuningdek, sifatli ta’lim ko‘rsatkichi
dinamikasini tahlil qilish mumkin.
Muntazam va tizimli ravishda tashkil etilgan nazorat va baholash jarayoni
talabani unumli mehnat qilish, o‘zi egallagan bilim darajasini o‘zi
baholashga
o‘rgatadi, o‘quv moduliga bo‘lgan qiziqishini orttiradi. Shuningdek talabalarning
o‘zlashtirishini nazorat va baholash o‘qituvchilarning faoliyatiga baho berishga asos
bo‘ladi, ya’ni o‘qituvchi o‘quv materialini qanchalik tushunarli qilib bayon qila olishi
va o‘qitishning samarali usullaridan foydalanishi, talabalarning mustaqil bilim olish
jarayonini tashkil etish va o‘tkazish jarayoniga baho berish imkonini beradi. Nazorat
va baholashdan olingan natijalariga tayangan holda o‘qituvchi kam samara beruvchi
ish usullarini samarali ish usullari bilan almashtiradi va shuningdek, DTS bilan
me’yorlangan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni egallashga keng sharoit
yaratadi.
Talabalarning DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma,
malaka va
kompetensiyalarning o‘zlashtirish darajasini nazorat va baholash qilishning muhim
funksiyasi talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal
talablarga javob beradigan va talaba tomonidan o‘zlashtirilishi shart bo‘lgan bilim
ko‘rsatkichlariga egaligini, ularning ilmiy dunyoqarashlarini,
ekologik, ahloqiy
tarbiyasining shakllanishini baholash hisoblanadi.
Nazorat va baholashning