“Loyiha” metodining bosqichlari
“Loyiha” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Professor-o‘qituvchi loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi.
Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida
topshiriqqa oid ma’lumotlar yig‘adilar.
2.
Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish
rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik
ketma-ketligini, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim.
3.
Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish
rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Ta’lim oluvchilar
professor-o‘qituvchi bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan
natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul
variant tanlab olinadi. Professor-o‘qituvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda
“Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi.
4.
Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga
oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.
5.
Ta’lim oluvchilar ish natijalarini o‘zlarini tekshiradilar. Bundan tashqari
kichik guruhlar bir-birlarining ish natijalarini tekshirishga ham jalb etiladilar.
Tekshiruv natijalarini “Baholash varaqasi”da qayd etiladi. Ta’lim oluvchi yoki kichik
guruhlar hisobot beradilar. Ish yakuni quyidagi shakllarning birida hisobot qilinadi:
og‘zaki hisobot; materiallarni namoyish qilish orqali hisobot; loyiha ko‘rinishidagi
yozma hisobot.
6.
Professor-o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar ish jarayonini va natijalarni
birgalikda
yakuniy
suhbat davomida tahlil qilishadi. O‘quv amaliyoti
mashg‘ulotlarida erishilgan ko‘rsatkichlarni me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan
taqqoslaydi. Agarda me’yoriy ko‘rsatkichlarga erisha olinmagan bo‘lsa, uning
sabablari aniqlanadi.
Professor-o‘qituvchi “Loyiha” metodini qo‘llashi uchun topshiriqlarni ishlab
chiqishi, loyiha ishini dars rejasiga kiritishi, topshiriqni ta’lim oluvchilarning
imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi, loyihalash
jarayonini kuzatib turishi va topshiriqni mustaqil bajara olishlarini ta’minlanishi
lozim.
“Loyiha” metodini amalga oshirishning uch xil shakli mavjud:
yakka tartibdagi ish;
kichik guruhiy ish;