Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
Mushtchali diskni aylanishi natijasida taqsimlagich yuqori pastki chetki
nuqta(YuChN)ga siljiydi va ayni bir vaqtda o‘z o‘qi atrofida aylanadi.
Bu harakatlarning natijasida, yonilg‘i kiritish kanali yopilib, siqish
kamerasidagi yonilg‘i siqiladi. Bu bosqichda taqsimlash plunjerining ichki kanali
bilan ulanadi va forsunkalarga yonilg‘i uzatiladi.
Taqsimlagich plunjeri YuChNga siljiganda, kiritish kanali orqali yuqqori
bosim kamerasini ochadi, shundan keyin, taqsimlash plunjerining ichki kanali va
forsunkalarga hamda nasosga yonilg‘i o‘tkazish kanallari o‘rtasidagi bosim
kompensatsiyalanadi. Shu tarzda tizimdagi bosim kamayadi va forsunkalarga
yonilg‘i uzatilishi to‘xtaydi. O‘t oldirish kaliti bilan dvigatel o‘chirilganda,
solenoidli skapanga ta’sir o‘tkazuvchi elektr oqimi uziladi. Prujina ta’siri ostida
solenoidli klapan suriladigan shtiftni oxirigacha itaradi. Natijada, kritish kanali
yopiladi va yonilg‘i oqimi to‘xtaydi. Avtomatik ilgarilatish muftasi yuqori bosimli
yonilg‘i nasosiga o‘rnatilgan. Bu qurilma nasosdan o‘tayotgan yonilg‘i bosimi
ta’sirida ishlaydi va rostlovchi klapan yordamida boshqariladi.