4 burchak enerjayzeri Sinfning to'rtta burchagini mavzuga doir 4ta atama bilan belgilab olasiz. Kichik
qo’ozlarga o'quvchilarga ko'rsatmagan holda burchak nomlaridan birini yoziladi.
O'quvchilar taxmin qilgan holda o’qituvchi YOZMAGAN burchakka borib
turishlari kerak!
😄
Ya'ni yozilgan burchakni tanlamasliklari kerak!
Qog‘ozchada yozilgan burchakka borgan ishtirokchi "tuzoqqa tushadi" va unga
savol beriladi!
To‘g‘ri javob bersa, o‘yinni davom ettirish imkoni beriladi.
45
“Aqliy hujum” metodi 📓
Darsda o‘quvchilar diqqatini jalb qilishda katta yordam beradi.
📓
Miya charchagan vaqtda chalg‘itib, qiziqish uyg‘otadi.
📓
O‘quvchilar tengdoshlari fikrini eshitib, analiz qilishadi. Yaxshiroq g‘oya
aytishga harakat qilishadi.
Qanday amalga oshiriladi?
Bu texnologiya darsning istalgan vaqtida qo‘llanilishi mumkin. O‘quvchilar
mavzudan biroz zerikish his qilganda ularni yana "uyg‘otish" maqsadida ishlatsangiz,
yaxshi samara beradi.
O‘quvchilarga mavzuga doir savol berasiz. Savolni to‘g‘ri tanlash muhim
hisoblanadi.
Hamma birin-ketin o‘z javobini ayta boshlaydi va faollik kuchayadi.
Kutilmagan savol orqali tinglovchilar aqliga hujum qilasiz. Bu ularda ziyraklikni
ham oshiradi.
46
“Scatter-gories” o’yini
47
48
Bu ajoyib o’yinni istalgan fan va mavzuga moslashtirib olish mumkin. Ozgina
kreativlik bo’lsa kifoya!