• 3. 4. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi
  • 5-rasm. Neftni kompleks tayyorlash qurilma va jihozlarning umumiy texnologik chizmasi.
  • 3. 5. Gazni jo‘natishga tayyorlash. Quduqlardan olinayotgan gazning tarkibi va ularning salbiy ta’sirlari
  • IV BOB. GAZ – SUYUQLIK ARALASHMASIDA FAZALAR O‘ZGARISHI BILAN BOG‘LIQ JARAYONLARNI O‘RGANISH
  • 4.2. Quvurning suyuq massa bilan egallangan qismi-hajmini hisoblash
  • Gaz suyuqlik hajmlari nisbati ning turli qiymatlarida gaz-suyuqlik oqimi kesimlarining ko‘rinishlari
  • V BOB. NEFT VA GAZ KOSH1ARINI HAMDA ATROF-MUHITNI MUDOFAZA QILISH 5.1. Yer qa’ri va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida umumiy qoidalar
  • 5.2. Quduq burg‘ilashda yer qa’rini muhofaza qilish
  • Qarshi davlat universiteti




    Download 1,03 Mb.
    bet3/40
    Sana04.04.2017
    Hajmi1,03 Mb.
    #3179
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

    3. 3. Neftni turg‘unlashtirish

    Turg‘unlashtirish deganda, normal sharoitda gaz holatida bo‘lgan neft tarkibidagi yengil uglevodorodlarni ajratib olish, ularni neft-kimyo sanoati korxonalariga qayta ishlash uchun jo‘natish tushuniladi. Neft tarkibidagi yengil uglevodorodlarni ajratishni separatsiya va rektifikatsiya usullari yordamida amalgam oshirish mumkin. Separatsiya usulida neft aralashmasi bir yoki bir necha bor bug‘latiladi, bosimini kamaytirish orqali undan yengil uglevodorodlar ajratib olinadi. Rektifikatsiya usulida neftni bir yoki bir necha bor qizdirish va sovitish orqali undan kerakli uglevodorod fraksiyasi ajratib olinadi. Kon havzalarida neftni turg‘unlashtirish separatsiya usulida, ya’ni neftni siquvchi nasos stansiyasi va neftni kompleks tayyorlash qurilmalari tarkibidagi separatorlarda amalgam oshiriladi.

    Yuqori bosimidagi neft oqimi separatorga tushganda uning bosimi kamayadi. Natijada yuqori bosimda suyuq holatda bo‘lgan yengil uglevodorodlar gaz holatiga o‘tib, suyuq neftdan ajralishi sodir bo‘ladi.

    Turg‘unlashtirilgan neft tarkibida qolgan yengil uglevodorodlarning (S1-S4) miqdori 1,5÷2 foiz atrofida bo‘ladi. Ular neftni qayta ishlash zavodidagi rektifikatsiya kolonnalarida ajratib olinadi.


    3. 4. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi

    Quduqlardan olinadigan neft qo‘shimchalar bilan birgalikda kompleks tayyorlash qurilmalariga olib kelinadi va jo‘natishga tayyorlanadi (5- rasmga qarang)


    5-rasm. Neftni kompleks tayyorlash qurilma va jihozlarning umumiy texnologik chizmasi.

    1. neft quduqlari, 2-neft miqdorini о‘lchovchi jihozlar, 3-siquvchi nasos stansiyasi, 4-gazni qayta ishlash zavodi, 4-neftni kompleks tayyorlash qurilmalari, 6-suvni tozaluvchi qrilmalar, 7-neftni saqlovchi rezervuarlar, 8-tayyorlangan neftni uzatuvchi nasoslar, 9-neft sifatini tekshiruvchi jihozlar, 10-tayyor neftni saqlovchi rezervurlar, 11-tayyorlar neftni magistral neft quvuriga (12) haydovchi nasoslar, 13-suvni haydovchi nasos, 14-svni neft qudqlariga haydash.
    Quduqlar (1) dan olingan “Xomashyo” neft quvurlari orqali o‘z bosimida hajm o‘lchovchu jihozlar (2) ga olib kelinadi. Bu terda ma’lum miqdorda yengil uglevodorodlarning ajralishi sodir bo‘ladi. Keyin neft aralashtirilib, siquvchi nasos stansiyasi (3) ga oqiziladi. Stansiyada separatorlar yordamida birinchi bosqich yengil uglevodorod gazlarni ajratin olish jarayoni sodir bo‘ladi. Ajratilgan gaz gazni qayta ishlash zavodi (4) ga yuboriladi. Gazdan qisman tozalangan neft ikkinchi va uchunchi bosqich gazdan tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Bundan tashqari neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlari ham bajariladi. Ajratib olingan gazlar gazni qayta ishlash zavodi (4) ga yuboriladi. Ajratib olingan suv tozalash qurilmalari (6) ga yuboriladi. Tozalangan neft esa yopiq rezervuarlar (7) ga oqiziladi va u yerdan nasos (8) orqali neftning sifatini tekshiruvchi jihozlar (9) ga uzatiladi.

    Agar tozlangan neftning sifati qoniqarli bo‘lsa, u mahsulot saqlovchi rezervuarlar (10) ga haydaladi. U yerdan, neft nasos (11) yordamida magistral neft quvuri orqali neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi.

    Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarsiz bo‘lsa, u holda neft (9) dan yana kompleks tayyorlash qurilmalari (5) ga qaytariladi Ajratib olingan suv (6) da tozalanib, nasos (13) yordamida neft quduqlariga haydaladi (kerak bo‘lsa).
    3. 5. Gazni jo‘natishga tayyorlash.

    Quduqlardan olinayotgan gazning tarkibi va ularning salbiy ta’sirlari

    Quduqlardan olinayotgan tabiiy gaz tarkibida qattiq zarrachalar (qum , korroziya mahsuloti) suyuq uglevodorod (kondensatlar), suv bug‘i, vodorod sulfidi (H2S), uglerod nordon gazi (CO2) va inert gazlar bo‘ladi.

    Gaz tarkibida qattiq zarrachalarning bo‘lish gaz bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan kompressor metall qismlari va quvurlarning errozik yemirilishini sodir etadi.

    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.
    Bundan tashqari qattiq zarrachalar quvurlariga o‘rnatilgan armaturalarni, o‘lchash asboblarini iflosalantirib ishdan chiqaradi hamda quvurning past bo‘limlarida yig‘ilib, uning ko‘ndalang kesim yuzasini kamaytiradi. Bu, o‘z navbatida, quvurning gaz o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kamaytiradi.

    Gaz tarkibidagi suyuq uglevodorodlar ( gaz kondensatlari) ham quvurning past joylarida yig‘ilib, qirqim yuzasini kamaytiradi hamda quvur detallarining korroziyalanishiga yordam beradi.

    Gaz tarkibida bo‘lgan namliklar ma’lum sharoitda gaz komponentlari bilan qorsimon ko‘rinishidagi qattiq gidrat birikmalarini hosil qiladi. Masalan, C2H6·6 H2O; C2 H 8 H2O; C3H8· 17 H2O; C4 H10·17 H2O. Bu birikmalar quvur ichida gidrat.
    IV BOB. GAZ – SUYUQLIK ARALASHMASIDA FAZALAR O‘ZGARISHI BILAN BOG‘LIQ JARAYONLARNI O‘RGANISH

    4. 1. Relefli gazquvurlarining ichki devorlarida suyuq qatlamlarning hosil bo‘lishi va ularning hajmini aniqlash usuli

    Gaz quvurlar ichki devorlarining ifloslanishini aniqlashda hozirgi mavjud usullardan foydalanish ancha qiyinchilik keltiradi yoki ancha xatolik bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun biz bu erda biz quvur ichkarisida real jarayonlarda yuza keladigan iflos qatlamning hajmini aniqlashga harakat qilamiz.

    Gaz quvurlarida katta suyuqlik miqdorining hosil bo‘lishi ikki fazalik, ya’ni gaz-suyuqlik muhitini yuzaga keltiradi. Bu holat gidrodinamikasi ularning hajmini aniqlashga asoslangan.

    Ma’lumki, Frud sonining uncha katta bo‘lmagan qiymatlarida gaz-suyuqlik aralashmasining quvurlardagi oqimida yillik o‘zgaruvchan struktura xarakterli hisoblanadi: quvurning yuqoriga ko‘tarilish qismida tiqinli struktura, pastka tushish qismida esa-qatlamli (ajratilgan) struktura. Bunday masalaning umumiy nazariy holda qo‘yilishida yuqoriga chiqish va pastga tushish qismlari uchun jarayonlar alohida – alohida tenglamalarda ifodalanadi.

    Kondan yig‘ish va gazni jo‘natish jarayonida kondensat va namlik bilan birgalikda aralashmada 0,91-1 % gaz bo‘ladi.

    =Q1 / Qс : =Q2 / Qс :

    bu , - mos ravishda suyuqlik va gaz hajmiy sarf konsentratsiyalari;



    Q1, Q2, Qс mos ravishda suyuqlik, gaz va ikki fazalik aralashma hajmiy sarflari.

    Ushbu sharoitda Frud soni 0,01-40% atrofida o‘zgaradi:

    Fr = wc/gD,

    Bu yerda Fr Frud soni, wc - aralashmaning gaz quvuridagi tezligi:

    g-erkin tushish tezlanishi. D-gaz quvuri diametri.

    Ko‘proq gazli gaz-suyuqlik aralashmasi oqimining o‘ziga xosligi tahlili relefli trassalik gaz quvurlari uchun ba’zi cheklanishlarga yo‘l beradi.

    Ma’lumki, pastga oqadigan quvurlarda oqim qatlamli, yuqoriga chiqadigan oraliqda esa – tulqinli. Keyingi mulohazalar uchun suyuqlik va gaz uchun haqiqiy hajmiy konsentratsiya tushunchasini kiritamiz:

    1== w1/F1; 2== w2/F2;

    Bu yerda w1 va w2 mos ravishda suyuqlik va gazlarning qismi haqiqiy tezliklari.

    w1=Q1/F1: w2=Q2/F2: wc=(Q1 Q2)/F1:

    Be yerda F1, F2 mos ravishda quvurlarning suyuqlik va bilan egalangan kundalang kesim yuzasi;

    F – quvurning umumiy kundalang kesim yuzasi;

    Laboratoriya va kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, quvurlardagi suyuqlik va suyuq ifloslanish jarayondagi suyuqlik dinamik qatlami orqali to‘planadi.

    Pastga qarab oquvchi oraliqda quvurdagi suyuq massa egallagan ko‘ndalang kesim yuzasi, e’tiborga olinmaydigan darajada kichik bo‘ladi.

    Quvurning pastga tushuvchi va yuqoriga chiquvchi uchastnalaridagi gidravlik qarshilik koeffitsentlari juda katta farqlanadi.

    Pastka qarab oquvchi uchastkada gidrovlik qarshilik koeffitsiyentlar (ya’ni aralashma va gaz uchun) bir-biriga yaqin bo‘ladi.

    Yuqoriga oquvchi quvur uchastkalarida oqim potensial energiyasi (napor yo‘qotilishi) gaz-suyuqlik aralashmasining ishqalanishi va gravitatsiya kuchlarini yengishga sarflanadi.

    Pravitatsiya kurlariga sarf etiladigan kuch, ishqalanishga ketadigan kuchdan ancha katta bo‘ladi.

    Relyefli gaz quvurlaridagi ikki fazalik oqimning energiyaning statsionar rejimlik ifodasi quyidagicha bo‘ladi:



    Bu yerda PH va PK bosimning mos ravishda gazoprovodning boshlang‘ich va ohiridagi qiymatlari.

    Gs – ikki fazalik suyuqlikning massaviy sarfi.

    Ii – gazoprovod qismining uzunligi.



    ; – mos ravishda pastka va yuqoriga oqadigan gaz trassasi balandliklari.

    – suyuq fazaning solishtirma og‘irligi.

    K - suyuqlik va gaz massaviy sarflarining nisbati.

    Tenglama o‘ng tomoni koeffitsiyentini quyidagicha yozamiz:



    r, j – mos ravishda gaz va suyuqlik zichligi.

    Gaz suyuqlik aralashmasi zichligi.

    ps= pj (1-) pг

    4.2. Quvurning suyuq massa bilan egallangan qismi-hajmini hisoblash

    Bu yerda Ii – suyuqlik qatlami katnashgan gazoprovod uzunligi.

    Suyuqlik qatlamli uchatga uzunligi va yuqoriga chiqish balandligi orasida quyidagicha munosabat mavjud:

    H* = I* sin a

    Bu yerda x – yuqoriga chiqish burchagi.

    Yuqoriga chiqish qismidagi quvur hajmi:



    Bu yerda


    sin a =

    Suyuqlikning haqiqiy ulushini hisobga olgan holda (1-) suyuqlik hajmining ifodasi quyidagicha bo‘ladi:



    Bu yerda



    Demak;



    Magistral gaz quvurlari ekspluatatsiyasida gidravlik koeffitsiyenti kiritiladi:

    E=

    Bu yerda mos ravishda gazoirovod gidrovlik holatining nazariy va faktik koeffitsiyentlari.

    E=ni hisobga olgan holda,



    Gaz suyuqlik hajmlari nisbati ning turli qiymatlarida gaz-suyuqlik oqimi kesimlarining ko‘rinishlari

    β =0 ga suyuq faza bo`lmasdan faqat gaz bo`ladi.
    β=10-3 ÷10-3 ga suyq tomchilar hosil bo`ladi va β =10-2 ÷10-1 bo`lganda dispers – halqalar hosil bo`ladi.
    Suyuqlik oshgan sari halqalar oqim qatlamlarga ajraladi o‘rta qism faqat tez bo‘ladi.
    Agar suyuqlik quvurida oshib borsa, gaz alohida qismlarga bo‘linib, tulqin kurinishini oladi. Ba’zi joylardagi ko‘ndalang kesim yuzasi faqat suyuqlik bo‘lib qoladi.
    Gazning tulqin shaklining ko‘ndalang kesm yuzasi shunday ko‘rinishni oladi.
    β >0,5 bo‘lganda gaz-suyuqlik aralashmasi pufaklik oqimga aylanadi.

    β = 1 da barcha gazlar suyuqlikka singib faqat suyuqlik bo‘lib qoladi.



    V BOB. NEFT VA GAZ KOSH1ARINI HAMDA ATROF-MUHITNI MUDOFAZA QILISH

    5.1. Yer qa’ri va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida umumiy qoidalar

    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 55-moddasida shunday so‘zlarni o‘qiymiz: "Yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir".

    Konstitutsiya (lot. constitutio - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K.

    Davlatimizning asosiy Qonunidagi bu moddadan shunday xulosa chiqarish mumkinki, barcha fuqarolar atrof-muhitga va uning resurslariga alohida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari hamda ularga hozir va kelajakda odamlar uchun normal hayot sharoiti yaratib berish va uni saqlashga qaratilgan tadbirlarni muntazam o‘tkazishni talab qiladigan bebaho xalq mulki sifatida qarashlari kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan nuqtai nazardan kelib chiqib so‘z yuritganda, inson va atrof-muhit muammosiga uning resurslaridan omilkorlik bilan foydalanishni qo‘shgan holda shunchaki tabiatni muhofaza qilish sifatidagina emas, balki keng biosfera miqyosida insonning o‘zini asrash uchun tabiiy muhitni saqlashi ma’nosida qaralishi kerak.

    Zamonaviy yuksak taraqqiy etgan industrlashgan jamiyat sharoitida yerni va atrof-muhitni asrash muammosi inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, tog‘ konchiligi ishlab chiqarishiga, uning ajralmas qismi bo‘lgan neft-gaz qazib olish sanoatiga ham kirib boradi. Bu shu bilan bog‘liqki, geologik muhit inson yashaydigan muhit bilan yagona, ajralmas birlikni tashkil etadi, sababi, litosfera biosferaning mineral asosi hisoblanadi.

    Aynan shuning uchun ham u, butun tabiat singari, muhofazaga muhtojdir. Istalgan xildagi kon ishlari, shu jumladan, neft va gaz qazib olish ham atrof-muhitning kon ishlab chiqarishi chiqindilari va foydali qazilmalarning isrof bo‘lishi natijasida ifloslanishi tuproq, suv, atmosferaning tanazulli va yuzaga kelgan biologik va geokimyoviy aloqalarning bo‘zilishi bilan bog‘liqdir.

    Bundan yer qa’rini keng ma’noda muhofaza qilish tushunchasining quyidagi ta’rifi kelib chiqadi: yer qa’rini keng ma’noda muhofaza qilish — bu yer qobig‘idan va undagi foydali qazilmalardan ilmiy asoslangan holda, omilkorlik bilan foydalanishdan, texnik mumkin bo‘lgan va iqtisodiy maqsadga muvofiq sharoitda ularni yer qa’ridan chiqarib olishdan, kondan va qazib olingan hom ashyodan uni qayta ishlashning barcha bosqichlarida kompleks foydalanishdan; bu xalq xo‘jaligida mineral resurslarni omilkorlik bilan ishlatishdan va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydali narsalar olib, mineral hom ashyo va yoqilg‘ining isrof bo‘lishining, shuningdek, ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini bartaraf etishdan iboratdir.

    Yer qarini muhofaza qilishning ulkan ahamiyatidan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda u bilan bog‘liq masalalar davlat tomonidan boshqariladi va nazorat qilinadi. Foydali qazilmalardan foydalanish va yer qa’rini muhofaza qilish sohasida ijtimoiy munosabatlarni boshqarish turli huquqiy normalar va nizomlarni hayotga tadbiq, qilish orqali amalga oshiriladiki, bu birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1994 yil 23 sentabrda qabul qilgan O‘zbekiston Respublikasining "Yerosti boyliklari to‘g‘risida" gi qonunida o‘z ifodasini topgan. Ushbu hujjatda quyidagi talablar qayd etilgan:

    Yerosti boyliklaridan foydalanuvchilar:



    • yer qaridan belgilangan maqsadda foydalanishni;

    • ishlar yer qa’ridan foydalanish loyihasiga muvofiq olib borilishini;

    • yer qa’ri geologik jihatdan to‘la-to‘kis o‘rganilishini, yerosti boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanishni va muhofaza etilishini;

    • konlarning foydali qazilmalarga mo‘l uchastkalarini tanlab ishlatishga, mineral hom ashyo qazib olish va uni qayta ishlashda foydali qazilmalarning meyoridagidan ortiq nobudgarchiligiga yo‘l qo‘yilmasligini;

    • zaxiralar holati va ulardagi o‘zgarishlar, foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va kamayishi hisobga olib borilishini, shuningdek, zaxiralarning o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqilishi, qayta tasdiqlanishi va chegirib tashlanishini;

    • qazib olinayotganda qushilib chiqadigan, lekin vaqtincha foydalanilmayotgan foydali qazilmalarning saqlanishi va hisobga olib bori­lishini;

    • suv chiqarib olish inshootlari va ularning atrofidagi hududda joylashgan yerosti suvlari holati ko‘zatib borilishini;

    • yerosti suvlari holatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida yerosti suvlarini muhofaza qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlarni zudlik bilan xabardor qilinishini;

    • yerosti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar xavfsiz olib borilishini, faloqatlarni tugatish rejalari ishlab chiqilishini;

    • yerosti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning zararli ta’siridan atrof, tabiiy muhit, binolar va inshootlarning muhofaza qilinishini;

    • yerosti boyliklaridan foydalanish jarayonida geologik, marksheyderlik hujjatlari va o‘zga hujjatlarning yuritilishini hamda ularning asralishini;

    • geologiya va mineral resurslar Davlat qumitasi huzuridagi Davlat geologiya fondiga (matnda bundan buyon Davlat geologiya fondi deb yuritiladi) yer qariga oid axborotlar, shuningdek, foydali qazilma zaxiralarining holati va o‘zgarishi hamda ularning tarkibidagi komponeitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini;

    • yerosti boyliklaridan foydalanish chog‘ida bo‘zilgan yer uchastkalari ulardan keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini;

    • yerosti boyliklaridan foydalanish uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lab borilishini ta’minlashlari shart.

    XX asr - atom asri, katta texnologik o‘zgarishlar asri bo‘ldi. Ishlab chiqarish keng miqyosda rivojlanib, uning atrof-muhitga - yerga, suvga, hayvonot va nabotot olamiga salbiy ta’siri kuchaydi. Jumladan, sobiq Ittifoqda ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta’sirini hisobga olmaslik O‘zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolarni keltirib chiqardi.

    Shundan keyin dunyodagi ko‘pgina taraqqiy etgan mamlakatlarda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham 1988 yilda tabiat muhofazasini amalga oshiradigan maxsus davlat qumitasi to‘zildi. Bu qo‘mita respublikada tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli tashkilotdir. Respublikaning barcha viloyatlarida qumitaning bo‘limlari, laboratoriya va inspeksiyalari mavjud.

    O‘zbekiston Respublikayeining Oliy Kengashi 1992 yil 9 dekabrda "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonunni qabul qildi. Mazkur qonunda insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqi va bu muhitni saqlab qolish borasidagi burchi belgilab berilgan.

    Bundan tashqari 1996 yil 27 dekabrda "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, 1998 yil 28 avgustda "Davlat yer kadastri to‘g‘risida"gi qonun qabul kilindi.

    Tegishli vazirliklar yuqorida qayd qilingan qonunlar va meyoriy hujjatlarga tayangan holda muhitdan foydalanishda ma’lum tartibni belgilovchi qator hujjatlar chiqarishdi.

    Shuni ta’kidlash kerakki, garchi rasmiy hujjatlarda foliyati yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq, tashkilotlar va korxonalarning mas’uliyati haqida so‘z borsada, biroq bu ma’suliyat zimmasida bo‘lganlar ma’lum ma’muriy lavozimda ishlovchi aniq shaxslar va ishlarning bevosita ijrochilaridir. Shu boisdan har bir inson — u xoh mutaxassis, xoh oddiy fuqaro, jamiyat a’zosi bo‘lsin qonunlarni, yerosti boyliklari va atrof-muhitdan foydalanish va asrash bo‘yicha talab va qoidalarni bilishi va unga amal qilishi kerak.



    5.2. Quduq burg‘ilashda yer qa’rini muhofaza qilish

    Yer qa’rining umumiy fizik-kimyoviy holatiga, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish sharoitiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan zararli hodisalarga burg‘ilash jarayonida quduqda ochiladigan tog‘ jinslari massivlarining yaxlitligiiing bo‘zilishi; burg‘ilash chog‘ida qatlamga begona va agressiv xususiyatlarga ega bo‘lgan materiallardan foydalanish; faloqatli holatlariing yuzaga kelishi va ishlarni sifatsiz (texnologik talablarni bo‘zib) bajarish; burg‘ilangan quduqlarda tadqiqotlarni tuliq bajarmaslik va karotajlarni sifatsiz talqin qilinishi sabab bo‘ladi.

    Qayd qilingan sabablar bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinki, buning uchun birinchi navbatda geolog mas’uliyatli hisoblanadi.

    Tog‘ jinslari massivlari yaxlitligining buzilishi neftgazli, suvli gorizontlar va qatlamlarning bir-biridan tabiiy ajralganligining va izolyatsiyalanganligining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi hamda chuqur yer qa’rining atmosfera bilan aloqasi boshlanishiga sharoit yaratadi. Mustahkamlash quvurlari tushirilmagan quduq, tanasi orqali qatlamlarning o‘zaro ta’siri yuzaga keladi, mustahkamlash quvurlari tushirilganlarida esa quvur tashqarisidagi bo‘shliq bo‘ylab ularning sifatsiz sementlanganligi va nogermetikligi sababli qatlamlarning o‘zaro ta’siri xavfi tug‘iladi.

    Bunday o‘zaro ta’sir natijasida suvli qatlamlarga uglevodorodlar kirib kelishi, neftgazli qatlamlar esa nazorat qilib bo‘lmaydigan suvlanishga duchor bo‘lishi mumkin. Quduq tanasida flyuidlarning erkin harakati neft va gaz konlari kesimida uchraydigan boshqa foydali qazilmalarning uyumlariga (masalan, kaliy tuzlari, chuchuk va shifobaxsh mineral suvlar va b.) zarar yetkazishi mumkin.

    Atmosfera bilan yer qarining chuqur qismining erkin aloqada bo‘lishi neft yoki gazning quduqlardan favvora bo‘lib otilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida uglevodorodlarning katta miqdorda yo‘qolishiga va atrof muhitning ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari, ochiq favvora bo‘lib otilish, neft va gazning boshqa qatlam­larga oqib o‘tishiga olib keladi, natijada uyumlarda qatlam bosimining pasayib ketishiga, neftda erigan gaz yoki kondensatning qatlamdan ajrab chiqishiga sharoit tug‘iladi. Bo‘larning hammasi neft va gaz qazib olish jarayonini murakkablashtiradi va yerosti boyliklarining isrof bo‘lishiga, ya’ni neft, gaz va kondensat bera olish koeffitsiyentining pasayishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari quduqka yerosti gorizontlaridan suv oqib kelishi natijasida favvora yuz berib, chuchuk suv va qimmatli mineral suvlarning behuda isrof bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

    Yuvish suyuqligining qatlamga katta miqdorda singishi, ochiq favvoralanish yuz berishi va burg‘ilash chog‘ida quduq tanasining o‘pirilishi yerosti boyliklariga katta zarar yetkazadi. Bunday holatlar, odatda, burg‘ilash texnologiyasiga amal qilmaslik, sifati geologik sharoitga to‘g‘ri kelmaydigan yuvish suyuqligidan foydalanish oqibatida yuzaga keladi.

    Yuvish suyuqligining qatlamga falokatli ravishda singishi natijasida yer qa’riga burg‘ilash eritmalari tayyorlashda qo‘llaniladigan organik moddalar, jumladan, gumat kukuni, neft, grafit, polifenolli yog‘och-kimyo reagenti, karboksilmetilsellyuloza, sulfit-spirtli quyqa va b., shuningdek, mineral moddalar - barit, kaustik soda, kalsiylashgan soda, ohak va b. tushadi. Bu moddalar yer qa’rida mikrobiologik vaziyatning o‘zgarishiga, chuchuk suvlarning zaharlanishiga va b.ga sabab bo‘lishi mumkin.

    Sifatsiz yuvish suyuqligini (masalan, suv berishi yuqori bo‘lganlarni) qo‘llash neftgazli qatlamlarga bu suyuqlikning zardobining shimilishiga, kollektorlarning loy bosishiga va natijada chiqarish va haydash quduqlarini o‘zlashtirish sharoitining keskin yomonlashib, ba’zida to‘la muvaffaqiyatsizlik bilan tugashiga sabab bo‘ladi.

    Burg‘ilangan quduqdarda tadqiqotlarni to‘liq bajarmaslik va ular natijalari talqini sifatining pastligi ko‘pincha ilgari noma’lum bo‘lgan neftgazli qatlamlarni aniqlash imkonini bermaydi, shu sababli ochilmagan uyumlarda neft va gazning ko‘plab yo‘qolishi ko‘zatiladi.

    Karotajlarning sifatsiz talqini neftgazli qatlamlar parametrlari qiymatini, suv-neft tutash yuzasi va gaz-suv tutash yuzasi, gaz-neft tutash yuzasi holatlarini, shuningdek, neft va gaz uyumlari o‘lchamlarining noto‘g‘ri belgilanishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida zaxiralarni noto‘g‘ri baholashga, uyumni ishlatish loyihalarining sifatsiz to‘zilishiga va pirovardida - uyumlarning xalq xo‘jaligi uchun ahamiyatini xato baholashga, yer ostidagi neft va gazning ko‘plab yo‘qolishiga olib keladi.



    Burg‘ilash paytida yerosti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar geologik-texnik naryadda (GTN) ko‘zda tutilib, u burg‘ilanadigan har bir quduq uchun to‘ziladi. Geologik-texnik naryad burg‘ilash korxonasining geologik xizmati tomonidan to‘ziladi va burg‘ilash brigadasi uchun asosiy hujjat hisoblanadi va ish ohirigacha unga amal qilinadi.
    Brigada (frans. brigade; ital. brigata - jamiyat, otryad) - 1) barcha turdagi qurolli kuchlar, qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlar boʻlinmalarining taktik birlashmasi; turli mamlakatlarda 16-asrning 2-yarmidan, Rogsiyada 18-asr boshidan mavjud.

    Geologik-texnik naryad (GTN) geologik va texnik qismdan iborat. Naryadning geologik qismida quyidagilar keltirilishi kerak: quduqning kutilayotgan geologik kesimi; jinslarning litologik tavsifi va ularning kattiqlik toifasi; qatlamlarning yotish burchagi; murakkabliklar va falokatli holatlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan chuqurliklar; kern va shlam olish intervallari, geofizik tadqiqotlar o‘tkazish (va albatta ularning kompleksi); ayrim qatlamlarning mahsuldorligini baholashga yo‘naltirilgan ishlarni qayd qilgan quduq, konstruksiyasi; qarshisida quvurlar birikmasi teshilishi kerak bo‘lgan qatlamlar; suvli gorizontlarning holati va tavsifi; kutilayotgan qatlam bosimlari haqidagi ma’lumotlar va boshqalar.

    Naryadning texnik qismida geologik qismiga muvofiq ravishda o‘pirilishlarning, gaz, neft va suv namoyonlanishining, yuvish suyuqligining normal aylanishi bo‘zilishining va ochilgan neftgazli jinslarning loy bosishining oldi olinishini ta’minlovchi burg‘ilash texnologiyasi va yuvish suyuqligining sifati ko‘zda tutilishi kerak.

    Burg‘ilash chog‘ida va yuqori bosimli neftli hamda gazli qatlamlarni ochganda, tegishli og‘irlashtirilgan eritmalarni qo‘llab, quduq og‘ziga albatta preventor o‘rnatish kerak. Quduqlar bilan g‘ovak va kuchli drenajlangan jinslar ochilganda zichligi ushbu geologik sharoitlarga mos keladigan, qovushqoqligi, tiksotropiyasi yuqori va suv berishi past bo‘lgan yuvish suyuqligidan foydalaniladi. Yuvish suyuqligining yutilishi va so‘rilib ketishining oldini olish uchun tegishli reagent bilan qayta ishlangan maxsus eritmalardan foydalanish kerak.

    Ishlatilayotgan konlardagi burg‘ilanayotgan quduqlarda yuvilish suyuqligini qatlam bosimi past bo‘lgan qatlamlarga so‘rilib ketishining oldini olish uchun ularga yaqin joylashgan quduqlardan foydalanishni burg‘ilash tugagunga qadar cheklash yoki ishlatilayotgan qatlamni oraliq quvurlar birikmasi bilan berkitish kerak bo‘ladi.

    Quduqlarni burg‘ilashda neftgazli va suvli qatlamlarni bir-biridan izolyatsiya qilish yer qa’rini muhofaza qilish buyicha muhim tadbir hisoblanadi. Buning uchun quduqlarni sementlashda tegishli yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan barcha qoidalarga qat’iy amal qilish kerak.

    Quduqni quvurlar bilan mustahkamlash ishlari boshlanishidan avval burg‘ilovchi muxandis burg‘ilovchi brigadaga mazkur quduqni quvurlar bilan mustahkamlash va sinash ishlarining o‘ziga xos tomonlarini tushuntirishi, ishlov beriladigan intervallarni, yuvish muddatini, yuvish suyuqliganing parametrlarini belgilashi kerak. Mahsuldor qatlam yotgan intervallarni perforatsiyalash bilan quduqni o‘zlashtirish o‘rtasidagi vaqtda uzulishga yo‘l quymaslik kerak, chunki yuvish suyuqliganing ta’siri jinslarning o‘tkazuvchanligining pasayishiga va qatlamning mahsuldorligi haqidagi haqiqiy tasavvurning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar quduq o‘zlashtirilgunga qadar majburan to‘xtatilsa, u holda tanasi qatlam suyuqligi bilan to‘ldirilishi kerak.

    Har bir quduqda mustahkamlash quvurlari birikmasi tushirilgandan va sementlangandan so‘ng uning germetikligi tegishli qoidalar va normalar bo‘yicha sinab ko‘rilishi lozim. Ishlatish quvurlari birikmasining germetikligi qatlam bosimi yuqori bo‘lgan yoki quduqdagi suyuqlik satxi pasaytirilgan sharoitda sinab ko‘riladi.

    Agar sinash natijalari qoniqarsiz bo‘lsa, quduq yoki ajratish- ta’mirlash, yoki ajratish-bartaraflash ishlariga o‘tkazilishi lozim.

    Burg‘ilash chog‘ida yoki quvurlar birikmasining bartaraf etib bo‘lmaydigan nogermetikligi oqibatida falokat holatiga kelib qolgan quduqlar yer osti boyliklariga va yer yuzasidagi atrof-muhitga xavf solishi mumkin. Ba’zan bunday quduqlar tanasining ma’lum bir qismi yoki hammasi quvurlar bilan yaxshi qotirilmagan bo‘lsa, u holda ularni bartaraf etish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Falokat holatidagi quduqlarni tugatish murakkab jarayon, shu boisdan faloqatsiz ishlashga harakat qilish kerak. Bunday ishlarni ham sifatli, ham belgilangan barcha qonun-qoidalarga amal qilib bajarish kerak. Ayniqsa neftli, gazli va suvli qatlamlarni ochgan falokat holatidagi quduqlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘linadi. Bunday quduqlarda ko‘rsatilgan qatlamlarni izolyatsiyalash bo‘yicha belgilangan ishlar albatta amalga oshirilishi lozim.



    Download 1,03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 1,03 Mb.