560
tanlagan soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida
belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan,
bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim bo‘lib,
magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib
boriladi. Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik bo‘yicha
ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning
mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko‘rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.
Hozirgi kunda yuqorida sanab o‘tilgan uzluksiz ta’limning barcha sohalarida
simulyatorlardan foydalanish mumkin.Keyingi vaqtlarda hattoki meditsina sohasida ham
simulyatorlardan foydalanilmoqda. Chunki, simulyatorlardan
foydalanish murakkab
jarayonlarni nisbatan tez va katta harakatsiz, inson hayoti va sog‘ligi uchun xavfsiz
sharoitda tadqiq etish va o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu o‘z-o‘zidan nafaqat katta
miqdorda mablag‘lar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug‘dirmaydi.
Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag‘lar talab etmasligi ma’lum
tadqiqotlarni talabalar tomonidan yuzlab, kerak bo‘lsa minglab marotaba qayta-qayta
amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Ba’zi tadqiqotlarni amalga
oshirish inson hayoti
uchun xavf tug‘diradi, masalan, yadro fizikasiga oid bo‘lgan hodisalarni o‘rganish. Bunday
tadqiqot katta miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, tadqiqotni olib
boruvchilar uchun hayotiga xavf ham tug‘diradi.Shuningdek, 2001-yildagi Nobel
mukofotining laureati K. Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PhET) sayti
yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo‘lib, ular Java va
Macromedia flash dasturlarida yaratilgan.
1-rasm PhET dasturining umumiy ko‘rinishi.
PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo‘lib, xohlagan foydalanuvchi
bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq bo‘lib ular fizika,
matematika, kimyo fanlariga oid namoyish tajribalarini o‘tkazish,
virtual laboratoriya
ishlarini tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatiga ega. Bu PhET dasturi O‘zbekiston
davlat ta’lim standartlariga va o‘quv muassasalarida qo‘llanilayotgan adabiyotlariga mos
keladi.
PhET dasturini http://phet.colorado.edu saytidan ko‘chirib olishingiz mumkin.PhET
dasturidagi modellardan fizika, matematika, kimyo va biologiya fanlaridan dars
mashg‘ulotlarida namoyish tajribalari sifatida, virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini
tashkillashtirishda keng foydalanish mumkin.
Dasturda keltirilgan modellarni faqat ingiliz tilida emas. Balki 50 dan ortiq tilga
tarjimalarini
topish mumkin, xususan o‘zbek tilida 1 ta model tarjima qilingan. Agar siz
dasturda keltirilgan modellarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni hoxlasangiz, xech qanday
qiyinchiliksiz bu niyatingizni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun dasturning
rasmiy saytida “Translated Sims” bandi mavjud bo‘lib, u erga kirib maxsus qaydnomani
tuldirgan holda tegishli modelni tanlab o‘zbek tiliga tarjima qilishingiz mumkin.
561
PhET dasturinining afzalliklari ko‘p. Masalan fizika faniga nazar soladigan bo‘lsak, har
bir bo‘lim va boblari uchun modellar mavjud. Bu modellar laboratoriya mashg‘ulotlarini tez
bajarishimiz va yaxshi natija olishimiz uchun juda qulay. Elektostatika bo‘limining
zanjirning bir qismi uchun Om qonuni mavzusiga qaraylik.
2-rasm
Bu yerda I tok kuchi, U kuchlanish va R qarshilik boshlang‘ich holatda deb, kuchlanishni
o‘zgartiradigan bo‘lsak
Tok kuchining qiymati esa I=12 mA ga o‘zgardi. R qarshilikni o‘zgartirganimizda esa
Tok kuchi I=6.4mA natijaga ega bo‘lamiz.