|
-mavzu.Xizmat safariga yuborilgan xodimlarning ishi Pdf ko'rish
|
bet | 175/199 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,08 Mb. | | #236514 |
Bog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa50597815-mavzu.Xizmat safariga yuborilgan xodimlarning ishi
Xizmat safariga yuborilgan xodimlar deganda — yagona elektr
energetikasi tizimining ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va sozlash korxonalari
(elektr ctansiyalar, elektr va issiqlik tarmoqlari, ta’mirlash zavodlari, elektr sozlash
korxonalari), ta’minlovchi zavodlar, ilmiy-tekshirish institutlari, boshqa
muassasalar va iste’molchilarning ta’mirlovchi va sozlovchi tashkilotlari (keyingi
o‘rinlarda — xizmat safariga yuborayotgan korxona) tomonidan elektr stansiyalar,
elektr yoki issiqlik tarmoqlari korxonalarining ishlab turgan elektr qurilmalarida
ishlarni bajarish uchun yuborilgan va ularning shtatida bo‘lmagan xodimlari
tushuniladi.
Ishlab turgan elektr qurilmalarida ishlash uchun yuborilgan qurilish-montaj
tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — QMT) montaj qiluvchi xodimlari ham
xizmat safariga yuborilgan xodimlar safiga kiritilishi mumkin. Ushbu xodimlarni
xizmat safariga yuborilgan xodimga tenglashtirish to‘g‘risidagi qarorni qurilish-
montaj tashkiloti rahbariyati bilan kelishgan holda elektr qurilmalarini
ekspluatatsiya qiluvchi korxonaning bosh muhandisi qabul qiladi.
Xizmat safaridagi xodimlarni elektr qurilmalarida ishga qo‘yish ushbu
Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Xizmat safariga yuborilgan xodimda xizmat
safariga yuborgan korxona (tashkilot) tomonidan berilgan ushbu Qoidalar bo‘yicha
bilimlari tekshirilgani va elektr xavfsizligi bo‘yicha malaka guruhiga ega
bo‘lganligi haqida belgilangan shakldagi guvohnoma bo‘lishi shart.
Xizmat safariga yuborayotgan korxona ish rahbarlari, ish bajaruvchilari,
kuzatuvchilar va brigada a’zolari etib tayinlanishi mumkin bo‘lgan xodimlarni,
shuningdek, uzoq muddatli ishlarga naryad berish huquqi berilgan xodimlarni
yozma ravishda ko‘psatishi shart.
Ishlab turgan elektr qurilmalarida xizmat safariga yuborilgan xodimlarga
ish rahbari, ish bajaruvchisi va brigada a’zosi sifatida ishlash huquqini — elektr
qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi korxona rahbariyati xizmat safariga yuborgan
korxona xatiga qo‘yilgan rezolyusiya yoki maxsus yozma ko‘rsatma bilan
rasmiylashtirishi mumkin. Naryadlar va farmoyishlar berish huquqi elektr
qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi korxona rahbariyatining yozma ko‘rsatmasi
bilan rasmiylashtirilishi shart.
Xizmat safaridagi xodim safar joyiga kelishi bilan ishlar bajarilishi kerak
bo‘lgan elektr qurilmalarning xususiyatini hisobga olgan holda elektr xavfsizligi
bo‘yicha yo‘piqnoma olishi shapt. Naryad beruvchilar, ish rahbarlari va ish
bajaruvchilar vazifasini bajarish huquqi yuklatilayotgan xodimlarga ham ushbu
elektr qurilmalarining sxemalari bo‘yicha yo‘l-yo‘piq berilishi zarur.
Yo‘l-yo‘piq yo‘l-yo‘riqlarni qayd etish jurnalida yo‘l-yo‘riq olganlar va
yo‘riq bergan xizmatchining imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimlarga yo‘l-yo‘piq berishni ekspluatatsiya
qiluvchi korxonaning V guruhga mansub ma’muriy-texnik xodimi yoki IV
guruhga mansub navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodim amalga oshirishi shart.
Yo‘l-yo‘piqning mazmunini bajarilishi kerak bo‘lgan ishning xarakteriga
va murakkabligiga, elektr qurilmalarining sxemasiga va xususiyatiga qarab yo‘l-
yo‘piq beruvchi xodim belgilaydi.
Xizmat safariga yuborgan korxona xizmat safariga yuborilgan
xodimlarning elektr xavfsizligi guruhiga va ularga berilgan huquqlarga loyiq
ekanligi, shuningdek, xodimlar tomonidan ushbu Qoidalar bajarilishi uchun javob
beradi.
Elektr qurilmalarida xizmat safariga yuborilgan xodimlar ishlayotgan
korxona ishlayotganlarni ishchi va ilashgan kuchlanishning elektr tokidan
shikastlanishidan himoya qilish uchun xavfsizlik choralarining bajarilishiga javob
beradi.
Elektr qurilmalariga maxsus ta’mirlash tashkilotlarining uchastkalari
tomonidan doimiy xizmat ko‘rsatiladigan korxona ushbu tashkilotlar bilan
kelishgan holda uchastka xodimlarini energetika korxonalari va tashkilotlarida
xodimlar bilan ish tashkil qilish bo‘yicha amal qiladigan ko‘rsatmalarga asosan
tayyorlagandan so‘ng ularga tezkor ta’mirlovchi xodim xuquqini berishi mumkin.
Nazorat savollari:
|
| |