berkitilishi va mexanik qulf bilan qulflanishi va siqilgan havo chiqarib yuborilishi,
bunda havo chiqaradigan bo‘shatish klapanlari ochiq holda qoldirilishi shart;
yuk og‘irligi va prujina ta’sirida ishlaydigan uzatmalarda ulaydigan yuk
yoki ulaydigan prujinalar ishlamaydigan holatga o‘tkazilishi shart.
Tortib chiqariladigan aravachali KTQning kommutatsion apparatlarini
yanglishib ulab yuborishning oldini olish uchun ushbu Qoidalarning
243
va
244-
bandlariga
muvofiq choralar ko‘rilgan bo‘lishi shart.
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarining ish bajariladigan tok
o‘tkazuvchi qismlarida kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan hamma tomondan
qo‘l qo‘l bilan xarakatlantiriladigan uzatmasi bilan jihozlangan kommutatsion
apparatlar o‘chirilishi, sxemalarda saqlagichlar bo‘lganda esa ular olib qo‘yilishi
shart. Sxemada saqlagichlar bo‘lmagan kommutatsion apparatlarni yanglishib ulab
yuborilishning oldini olish, shkaf eshiklari va tutqichlarni qulflash, tugmachalarni
berkitish, kommutatsion apparatlarning kontaktlari orasiga izolyasion qoplagichlar
o‘rnatish kabi choralar bilan ta’minlanishi shart. Masofadan boshqariladigan
kommutatsion apparatlar bilan kuchlanish olinganda uni ulaydigan g‘altak uzib
qo‘yilishi shart.
YUqorida ko‘rsatilgan choralarni, agar apparatlarning konstruktiv tuzilishi
va ishning xususiyati yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, ish bajariladigan uskunalarga yoki
kommutatsion apparatlarga ulangan shinalarni bo‘shatib ajratish yoki kabellarni,
simlarni ajratish bilan almashtirish mumkin.
Ish joyini tayyorlashda shinalarni bo‘shatib ajratishni, kabellar va simlarni
ajratishni navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar kuzatuvi ostida III guruhga
mansub ta’mirlash xodimi bajarishi mumkin. Ish joyiga yaqin va unga tegib ketish
ehtimoli bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanish olinishi yoki ular to‘siqlar
bilan to‘sib qo‘yilishi shart.
1000 V gacha kuchlanishli, kontaktlari ko‘rinmaydigan kommutatsion
apparatlarni (tortib chiqarilmaydigan avtomatlar, paketli o‘chirgichlar, yopiq holda
ishlangan rubilniklar va hokazolar) o‘chirilgan holati apparatlardan chiqqan
qisqichlarda yoki ushbu apparatlar orqali ulanadigan chiquvchi shinalarda,
simlarda, yoki uskunaning qisqichlarida kuchlanishning yo‘qligini tekshirish yo‘li
bilan aniqlanadi.
Nazorat savollari:
1.Ishlashda ish joyini tayyorlash uchun kuchlanishni olish talab
qilinganda ko‘rsatilgan tartibda qanday texnik tadbirlar
bajarilishi shart?
2.Tok o‘tkazuvchi qismlarda ishlashda kuchlanishni olish talab
qilinsa, qanday o‘chiriladi?
3.Ish joyini tayyorlashda shinalarni bo‘shatib ajratishni, kabellar
va simlarni ajratishni kim bajaradi?