|
Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;} Pdf ko'rish
|
bet | 139/199 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,08 Mb. | | #236514 |
Bog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa50597810-amaliy mashg‘ulot
QADAM KUCHLANISH KAMAYADIGAN MINIMAL MASOFANI
ANIQLASH
Elektr toki oqimi har doim inson hayoti uchun potentsial xavf hisoblanadi.
Qadam kuchlanishi elektrotexnikada eng xavfli hodisalardan biri bo‘lib, uning
xavfini har bir inson bilishi kerak.
Qadam kuchlanishi nima?
Odamning oyoklari ostidagi tokning taralishi sababli
er yuzidagi potensialar farki “kadam kuchlanishi” deb ataladi. Kadam
kuchlanishining katta-kichikligi erga tutashuvchi joydan kadamning kengligi va
“x” masofaga bog‘lik. Tutashuv joyidan uzoqlashgan sari kadam kuchlanishi xavfi
kamayadi. Qadam kuchlanishidan ximoyalanishning asosiy vositalari etib
potensiallarni tenglashtirish xisoblanadi. Qoidaga asosan potensiallar konturli
erlagichlarni o‘rnatish orkali tenglashtiriladi. Konturli erlashda erlagichlar
erlanadigan asbob-uskuna joylashgan maydonning konturi (perimetri) atrofida
hamda ichki himoya zonasida o‘rnatiladi, yoki butun maydon atrofida tarqatiladi..
Qadam kuchlanishining xavfi shundaki, Tokdan zararlanish tokga tegmasdan
yuzaga kelishi mumkin. Tokdan zararlangandan keyin harakatlanishning imkoni
bo‘lmaydi. Erning ma’lum bir o‘ziga xos kuchlanishiga ega bo‘lganligi sababli,
zarba insonning harakatlaridan qat’i nazar sodir bo‘lishi mumkin.
24-rasm.
Qadam kuchlanishi - yerning ikki nuqtasi orasidagi kuchlanish bo‘lib, erda elektr
tokining tarqalishi bo‘lib, bir vaqtning o'zida odamning oyoqlari erga tegib
turganda yuzaga keladi. Bundan tashqari, qadam qanchalik keng bo'lsa, oyoqlar
orqali ko'proq tok o'tadi.
Sabablari
Xavfli kuchlanish ko‘pincha ma’lum bir ob’ektga elektr energiyasini etkazib
beradigan elektr mahalliy kabelining uzilib erga tushganida paydo bo‘ladi. Bunday
paytlarda odam botqoqda, suvda yoki hatto ho‘l asfaltda turishi eng xavflidir,
chunki suv elektr tokining yaxshi o‘tkazuvchisi hisoblanadi. Qadam kuchlanishi
atmosfera bosimining o‘zgarishi, elektr stantsiyalarida portlash sodir bo‘lishi,
xonada yoki ko‘chada simni qisqa tutashuvi va hatto erning chaqmoq bilan o‘zaro
ta’siri tufayli o‘zini namoyon qilishi mumkin.
Harakat
Qadam kuchlanishining zararli ta’sirini oldini olish uchun hisob-kitob qilish
kerak. Bu qator kshrsatkichlar va uning kuchini hisoblash uchun yordam beradi.
.
|
| |