“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
221
Mazkur xavflarning oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarga e’tibor qaratish
zarur:
-
farzandingizga ko`proq mehr va e`tabor bering. Chunki uyida topa olmagan
mehr va e`tiborni boshqa narsalardan qidirishni boshlaydi;
-
farzandingizga kun tartibini rejalashtirish va vaqtdan unumli foydalanish
ko`nikmasini shakllantiring;
-
farzandingiz tarmoqdan foydalanmoqchi bo‘lganida uni nazoratdan chetda
qoldirmang;
-
farzandingizning tarmoqqa birinchi qadamlaridanoq, Internetda faqatgina
«yaxshi» emas, balki «yomon» axborotlarni ham uchratishi mumkinligini
tushuntiring;
-
internet va ijtimoiy tarmoqqa kirishni butunlay cheklab qo`ymang va
ijtimoiy tarmoqqa kirishni cheklashni jazo chorasi sifatida hech ham
qo`llamang;
-
farzandingizga tarmoqqa kirishda ro‘yxatdan o‘tish qoidalarini, ya’ni
shaxsiy ma’lumotlarni berish mumkin emasligini tushuntiring;
-
Internetdan biror manbani saqlab olishda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan
qoidalarni tushuntiring;
-
har kuni farzandingiz muloqotlarini kuzatib borishni o‘zingizga odat qiling;
-
farzandingiz va o‘zingizning kompyuter
savodxonligingizni muntazam
rivojlantirib boring. O‘z bilimlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
Internet xavfsizligi sizning bu boradagi bilim va malakangizga ham bog‘liq
ekanligini unutmang. Zero zamon rivojlanib boraverar ekan biz ham ta`lim-tarbiyani
zamon ruhidan kelib chiqqan holda amalga oshirmog`imiz lozim