tuvchilami jamiyatda tutgan о‘mini naqadar yuksak baholashi-
dan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda
erishgan yutuqlari uchun, pedagogik ishidagi ijodiy mehnatlari
uchun, ilg‘or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari
uchun o ‘qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «Katta
o‘qituvchi», «Metodist-tarbiyachi», «Xalq maorifi a’lochisi» va
shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq ta ’limi
xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar saylanishi ham
ularga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
Respublikamizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yil
dan yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda.
Pedagog xodimlarning malakasini oshirish ilmiy-metodik mar-
kazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab
kuchaytirilmoqda, har 4—5 yilda qayta tayyorlashdan o‘tishlari
uchun shart-sharoit yaratilmoqda.