Sog‘lomlashtirish yo‘nalishi qoidasi materiallar va vositalar
mazmunini, hajmini tanlashni ko‘zda tutadi, u salomatlikni mus-
tahkamlashni, shifokor-pedagog nazoratini amalga oshirishni
ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat tajribasi bilan aloqasi bolalami
ijtimoiy asoslangan har xil harakatlar tajribasi bilan boyitishda
namoyon bo‘ladi. Turli vositalardan foydalanib, bolalarda aniqlik,
harakatlar tezligi, sharoitga bog‘liq tarzda o‘zini moslashtirish,
o‘quv, mehnat, maishiy kabi har qanday yangi faoliyatda tezda
o‘z o‘rnini topish tarbiyalanadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya siste
masi jismoniy tarbiya vazifalari ro‘yobga chiqariladigan ilmiy
asoslangan mazmun, vositalar, metodlar va shartlarning kom-
pleks mazmunidan iboratdir.