• Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Korreksion o‘qitish.
  • Eshitish qobiliyatidagi kamchiliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin




    Download 3,04 Mb.
    bet90/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Eshitish qobiliyatidagi kamchiliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
    1) Eshitish qobiliyatining zararlanganlik darajasi;
    2) Eshitish qobiliyati zararlanganda nutqiy rivojlanish darajasi;
    3) Eshitish qobiliyatida buzilishning yuzaga kelish vaqti.
    Yuqorida ko‘rsatilgan mezonlarga ko‘ra eshitish qobiliyatining buzilishi qulog‘i og‘irlik va karlik kabi guruhlarga ajratiladi.
    Karlik bu eshitish qobiliyatining qattiq yo‘qotilishi bo‘lib, bola mustaqil ravishda nutqni egallay olmaydi va qulog‘iga juda yaqin masofadan gapirilganda ham aniq eshitmaydi. Ammo baland tovushlar, yaqin masofadan nutqning ba’zi tovushlarini qabul qilishga imkon beruvchi eshitish qobiliyati saqlanib qoladi.
    Qulog‘i og‘irlik – bu eshitish qobiliyatining qattiq pasayishi (80 detsibaldan kam) bo‘lib, eshitish qobiliyati qoldig‘i yordamida qulog‘i oldida baland ovoz bilan gapirilganda bola nutqni eshita oladi. Bola minimal nutq boyligini mustaqil ravishda egallay oladi.
    Karlar va qulog‘i og‘irlik (yomon eshituvchilar) nutqni qabul qilish usuli bo‘yicha farq qiladilar. Karlar so‘z nutqini ko‘rib (suhbatdoshining lablari va yuziga qarab) va eshitib ko‘rish (tovushni kuchaytirish apparati yordamida) qabul qiladilar.

    Y omon eshitadiganlar atrofdagilar bilan tabiiy munosabatlar jarayonida baland ohangda so‘zlashish asosida nutqni eshitib qabul qiladilar.


    Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Korreksion o‘qitish. Eshitish analizatorining normal ishlashi bolaning umumiy rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Eshitish analizatori buzilganda bolaning nutqi, psixologik rivojlanishi yomonlashadi, idrok etish faoliyati, umumiy rivojlanishi ortda qoladi. Statistik ma’lumotlariga qaraganda eshitish organi funksiyasi buzilgan va eshitmaydigan bolalar soni doimiy ravishda ortib bormoqda.




    Download 3,04 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eshitish qobiliyatidagi kamchiliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin

    Download 3,04 Mb.