|
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika
|
bet | 7/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogikaAkademik litsey - o‘rta maxsus o‘quv yurti. Akademik litsey o‘quvchilaming intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ulaming chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi. Akademik litseyda o'quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va b. sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlami chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar
Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlaming qoniqarli emasligini ko‘rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ulami bitirib chiqayotgan yoshlaming oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlami amalga oshirish zarurati paydo bolmoqda.
Mazkur sohadagi mavjud muammolami hal etish hamda akademik litseylarda o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklami egallab olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi «0‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ- 2829-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorning 2-bandida akademik litseylarning muhim vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilab berildi: - umumta’lim maktablarining eng iste’dodli o'quvchilarini tanlash, ulaming intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash; - o‘quvchilaming ijodiy salohiyati namoyon bo'lishi va faollashishiga ko‘maklashuvchi, individual iste’dodlami va har bir o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlami egallab olish jarayoriida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish; - ilg'or mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab borish.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta kohish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi.
|
| |