II.BOB.“KUZ MANZARASI” MAVZUSIDA KOMPOZITSIYA
ISHLASHNING PEDAGOGIK ISTIQBOLLARI.
II.I. “Kuz manzarasi” mavzusida kompozitsiya ishlashning tasviriy san’at darsida yangi pedagogik texnologiyalar asosida yoritilishi.
Tasviriy san’at o‘quv mashg‘ulotlarida “Kuz manzarasi” mavzusida kompozitsiya ishlash o‘z oldiga:
-manzara janrida kompozitsiya ishlash bo‘yicha bilim berish;
-ijodkorlikni tarbiyalash, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish;
-bilish aktivligini oshirishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lida o‘quvchilarlar bilan o‘qituvchi rahbarligida bir qator o‘quv-tarbiyaviy ishlarni olib borish ko‘zda tutiladi.
Kompozitsiya o‘quv mashg‘ulotining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarda keng, umuminsoniy dunyoqarash, jamiyat taraqqiyoti g‘oyasi uchun kurashishni shakllantirish.
2. O‘quvchilarda badiiy did, badiiy estetik madaniyatni tarbiyalash.
3. O‘quvchilarda: a) obrazli tafakkur; b) ijodiy fikrlash; v) ko‘rish xotirasi kabi badiiy qobiliyatlarni o‘stirish.
4. Asarlarni kompozitsion qurilishni tahlil qilish bilan birga asarni yaratilish tarixi, uni yaratish jarayoni va bosqichlarini o‘rganish.
5. San’at asarlarini kompozitsion masalalar aspektida tahlil etish bo‘yicha bilim va malakalarni egallash, hamda undan o‘z mustaqil ijodlarida foydalanish.
6. O‘quvchilar tomonidan o‘quv mashg‘uloti sifatida kompozitsiya ishlashning nazariy asoslari o‘rgatish.
7. O‘quvchilar bilan kompozitsiyaning nazariy asoslarini san’at asarining tarixiy rivoji va amaliy yaratilishi bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganish.
8. O‘quvchilarda badiiy kuzatuvchanlikni rivojlantirish maqsadida:
a) o‘quvchilarni rassom nuqtai-nazari bilan tevarak atrofni maxsus bir maqsadga qaratilgan g‘oyaviy-badiiy kuzatishga o‘rgatish;
b) hayotiy taassurotlarga ijodiy holda yondoshishga o‘rgatish, xotirani boyitish va bu taassurotlarni xaqqoniy, obrazli holda ijodda tasvirlash;
v) o‘quvchilarni badiiy kuzatish asosida qoralama, etyud, homaki tasvirlar chizish, naturadan xar xil mashq va izlanishlar olib borish, naturadan obrazlilik holatlarini topish, kompozitsion ishlar bajarish.
9. Mazmunida obrazli xulosa bo‘lgan kompozitsiya yaratishga o‘rgatish.
10. Kompozitsion mahoratni egallash, ana shu bilim va malakalarni o‘quv va mustaqil ishlarida o‘rinli ishlata olish.
“Kuz manzarasi” mavzusida kompozitsiya ishlashning tasviriy san’at darsida amaliy-auditoriyaviy ishlari quyidagi tartibda olib boriladi:
a) kirish suhbati va topshiriqlar olish;
b) amaliy mashq bajarish;
v) bajarilgan ish muhokamasi, uni mustahkamlash va xulosa chiqarish.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar kompozitsiya bo‘yicha mustaqil uy vazifalari ham bajarib boradilar. Uy vazifalari bajarishning turli ko‘rinishlarini tavsiya qilish mumkin, masalan ulardan:
a) kompozitsiya eskizi bo‘yicha ishlash;
b) amaliy topshiriq mavzusiga bog‘liq bo‘lgan holda tevarak-atrofni, hayotni kuzatish;
v) mavzu bo‘yicha etyud, qoralama va homaki rasmlar bajarish;
g) kompozitsion fikrlashni o‘stirish mashqlarini (ranglar koloritini his qilish, kompozitsion yaxlitlikni topish) bajarish;
d) kompozitsion vazifalarga oid yangi materiallar bilan tanishib borish;
ye) adabiyot va muzey materiallari asosida maishiy hayot va davr qaxramoni xarakterini o‘rganish kabilar bo‘lishi mumkin.
Quyida tasviriy san’at darslarida “Kuz manzarasi” mavzusida kompoziya ishlash o‘quv mashg‘ulotining taxminiy dars ishlanmasi va o‘quv jarayonini samarali tashkil qilishning texnologik xaritasi berilgan. (1-2 ilovalar)
|