I.II. “Manzara” janrida kompozitsiya ishlagan buyuk rassomlar asarlarini o‘rganishning ahamiyati




Download 0,89 Mb.
bet11/16
Sana06.06.2021
Hajmi0,89 Mb.
#14782
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
I.II. “Manzara” janrida kompozitsiya ishlagan buyuk rassomlar asarlarini o‘rganishning ahamiyati

Har qanday ijodkor o‘tmishdagi rangtasvir san’ati ustalarini merosini va tajribalarini o‘rganish bilan birga, tomoshabinga chuqur ta’sir etuvchi tasvir , kompozitsiya qonun uslubiyatini ham o‘rganadi.

Amaliyotda kompozitsiyaning zarur unsurlari mavjud. Yaxlitlik qonuni, o‘xshatish, kontrast qonun vositalarini mazmuni va g‘oyaga bo‘ysinish kompozitsiyani asosiy qonunlari deb hisoblanadi.

Bu qonunning belgilari Y.E. Kibrikning kitobida to‘la va chuqur analiz qilib berilgan kompozitsiyada birinchi yaxlitlik belgisi qonuniga rioya qilinganligi sababli, san’at asari bo‘linmas bir butun bo‘lib ko‘rinadi.

Kompozitsiya yaxlitligida kompozitsiya elementlari, shakl, hajm, oraliq harakter nusxa, imo – ishora bilan ifodalanadi. Misol tariqasida I.Repinning «Krestno‘y xod v Kurskoy gubernii» kartinasi bir qarashda yaxlit shaklida ko‘rinadi.

Kompozitsiyadagi omma – xaloyiq tasviri dioganal joylashgan bo‘lib, kartinani to‘rt burchagini bog‘lab turadi. Nihoyatda ko‘p sonli haloyiq jamoa tasvirlangan bo‘lsada, har bir kishi harakteri, nusxasi salbiy, ijobiy obrazlar, sinfiy qarama - qarshiliklar, xullasi rus jamiyati o‘z ifodasini topgan.

Xaqiqat qonuni – asosan uchta belgi bilan ifodalanadi. Birinchi belgi bu badiiy asarda sodir bo‘layotgan voqeani vaziyatning o‘ziga xosligi. A. Savrasovning «Qora qag‘alar uchib keldilar», I. Levitaning «Oltin kuz», A. Kuindjining «Qayinzorda», A.Ro‘lovning «Havo rang kenglikda» manzaralarida mazmun, nafosat, bilan birga rus tabiatini o‘ziga xos obrazi tasvirlangan. Tipizatsiya qonunining ikkinchi belgisi – bu sodir bo‘layotgan voqea mavzuyini, harakat holatini vaqtini tasvirlaydi.

Y. Pimenev «Yangi Moskva», «Ertangi ko‘chalarda to‘y» asarida ko‘z oldimizda o‘zgarayotgan harakatdagi zamonaviy shahar hayotini ko‘rsatgan. To‘y marosimini yo‘nalishida kelajak hayotga shaxdam qadam tashlayotgan xalqlarning holatidir. Tipizatsiya qonuning uchinchi belgisi bu – yangilikdir.

Realistik san’at haqiqatni to‘g‘ri ifoda etib qolmay, rassom his- tuyg‘ularini, estetik go‘zallikni, tasavvurni jozibali tarannum etadi.

Badiiy obrazdagi estetik sifatlar, kompozitsiya yechimidagi yangiliklar rassom tomonidan kashf etiladi.

Estetik kashfiyotlarni Mikelanjelo, Titsian, Rembranatning o‘lmas asarlarida, A. Deyneka, A. Plastov, K.Yuon asarlarida kompozitsiya tuzilishini badiiy vositalaridan mavzuda yangilik tushunchasini ko‘ramiz. «Novizna» - yangilik oqimini biz A. Kuindjining «Qayinzorlar», V.Polenlovning «Moskvadagi hovli», manzarasida ko‘ramiz.

Qadimiy xitoy san’atida rassomlar tabiatni aks ettiruvchi asarlar yaratganlar.

Yevropada manzara tarixi XVI – XVII asrlarda taraqqiy etdi.

Gollandiya manzarachi rassomlari tabiatni o‘xshatib haqqoniy tasvirlashda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.

Rossiyada manzara janrining rivojlanishi XVIII asrga to‘g‘ri keladi. Moskva, Peterburg arxitektura yodgorliklari F.E. Alekseyev tomonidan mahorat bilan tasvirlangan.

Manzara san’ati tashqi dunyoning go‘zalligini aks ettirish bilan insonga ijobiy ta’sir etuvchi kuchga ega. Shuning uchun rassom tabiat olamini eng nozik, tipik holatlarini, rang garmoniyalarini anglab, tabiatga nisbatan bo‘lgan estetik munosabatini bildiradi.

Manzara asarida inson shaxsi, aql zakovatini, ichki tuyg‘ularini tasvir orqali qo‘shiq qilib kuylaydi va tabiat obrazini yaratadi. Misol tariqasida I.Levitanning «Vladimrka», «Abadiy sokunlik uzra»,I.Shishkinning , «O‘rmon yiroqliklari», V.Meshkovning «Ural haqida o‘ylar» asarlarini keltirish mumkin.

Tasviriy san’atdagi manzara janriga oid asarlari insonda tabiatga va go‘zallik fazilatlarini shakllantiradi.

Rassomlar tarixiy va maishiy mavzudagi asarlarda bevosita manzaraga ham murojat qiladilar etyud, eskizlar yozadilar. Bu holda manzara kartinada qo‘shimcha fon vazifasini o‘taydi.

V. Vasnetsovning «Alyonushka» asari bunga misol bo‘la oladi. Tabiat go‘zalligini, zamonasiga xos yangilik o‘zgarishlarni K. Yuon, G. Nisskiy kabi rassomlar ham o‘z asarlarida tasvirlab namoish etdilar.



50-70 yillarda O‘zbekistonda manzara janrida ijod etgan rassomlar U. Tansiqboyev “Issiq ko‘l”, “Ona o‘lka”, “Qayroqqum suv ombori”, N. Qoraxon

O’.Tansiqboyev.” Issiqko’l oqshomi”.



O’.Tansiqboyev. “Nanay yo’li”.


N.Karaxan.”Oltin kuz”.



O.Qozoqov.”Kuz manzarasi”.

“Nanay yo‘li”, “Sijjakda bahor”, R. Temurov “Samarqand arxitektura manzaralari” turkimini yaratdilar.

70-80 yillarda G‘.Abdurahmonov, F.Tohirov. R.Choriyev, K.Bogaduxov, M.Yesin, Pudovkin kabi rassomlar manzara janrida samarali ijod qildilar. Hozirgi vaqtda ko‘plab izlanuvchi iqtidorli rassomlar, A. Nuritdinov, O.Qozoqov, Z. Islomshikov, A. Mo‘minov, A. Mirsoatov kabilar mustaqil O‘zbekistonning go‘zal tabiatini madh etuvchi maftunkor manzaralarni yaratib kelmoqdalar.



I.Shishkin. Qaynzor o’rmon.



Manzaraning bir necha turlari mavjud: shahar (arxitektura), qishloq (tog‘) manzara, sanoat (zavod, fabrika, inshoat qurilish), tarixiy, romantik, lirik, panorama (ko‘rinishida) manzaralari shular jumlasidandir.

I.Ostrauxov.oltin kuz.



Y.Levitan. Oltin kuz.

Bularni har biri negizida ifodalovchi mazmun, g‘oya yotadi. Shahar manzarasida shahar hayoti bilan bog‘liq, arxitektura, transport vositalari, odamlar, oromgoh bog‘lar hamda yer osti o‘tish joylari kompozitsiya tasviri uchun misol bo‘la oladi.

Qishloq manzarasi, bepayon kenglik, tog‘ manzarasi, yaylovlar, qoya tosh, o‘simliklar, vodiydagi jilvakor suvlar tasviri kompozitsiya negizini tashkil etadi. Sanoat manzarasi katta zavod hovlisi, suv ombori, ko‘prik, metro qo‘rilishi, texnika qurilish vositalari bilan bog‘langan.

Lirik manzarada tabiatni «Erta tong», «Bahor» kabi mavzudagi tabiatni nozik, sokin go‘zalligini, uning uyg‘onish holatini aks ettiruvchi, insonga olam – olam quvonch baxsh etuvchi asarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Manzaraning kompozitsiya vositalari (belgilari): joyni tanlash, ko‘rish nuqtasi, ko‘rish chizig‘i, fazoviy masofa, format, perespektiva, ritm, kolorit, yorug‘, refleks, kompozitsiya markazi shular jumlasidandir.

Bu janrda kompozitsiya yaratish uchun, qalamtasvir, rangtasvir sohalarida mukammal bilimga ega bo‘lish kerak. Naturadan dastlabki chizilgan chizgi, rangli etyudlar manzara kompozitsiyasini tuzishda asosiy mavzu bo‘lishi mumkin. Kuz manzarasi kompozitsiyasini tasvirlamoqchi bo‘lsak avval tabiatda quyoshli, bulutli kunlar, peshin, oqshom holatini harakterli joylarini sinchiklab kuzatish kerak.

Formatni aniqlab, ufq chizig‘i, ko‘rish nuqtasini belgilab olish kerak. So‘ngra havo va yerni tekislikda nisbatlarni belgilab, oldingi, keyingi,orqa planni va predmetlar masshtabini topish darkor. Kompozitsiyani bir necha variantlarini sangina, ko‘mirda bajarish tavsiya etiladi.

Mukammal bajarilgan xomaki eskiz variantni rang koloritini aniqlash lozim.Sifatli bajarilgan eskiz asosida kuz manzarasi kompozitsiyani yakuniy nusxasini amalda bajarish kerak. Uni bajarish shartlari qog‘oz, karton, xolst, akvarel, guash, moybo‘yoq orqali amalga oshiriladi.

Bo‘lajak rassom uchun hayotni kuzatish, mavzu yuzasidan kundalik qalamchizgi va etyudlarni bajarish mashqlarni qilishga kirishsa maqsadga muvofiq ish bo‘ladi.

Manzara janridagi asarlar inson uchun ma’naviy ozuqa beradi, uni ruhlantiradi, hayotga shodlik va quvonch bag‘ishlaydi.

Kompozitsiya- bu muallifning ijodiy, badiiy irodasi, mahsuli hisoblanadi.

Shunday ekan tasviriy san’atning barcha janrlarida kompozitsiya yaratish yuksak darajada bilim, ko‘nikma, malaka hamda qobiliyat, salohiyatni talab etadi.Shu bois bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan vaqtdanoq qamrovli faoliyatga o‘zlarini tayyorlab borishlari lozim.



Download 0,89 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.II. “Manzara” janrida kompozitsiya ishlagan buyuk rassomlar asarlarini o‘rganishning ahamiyati

Download 0,89 Mb.