PEDAGOGIKA
2017, 6-son
86
Kompyuterli o‘quv vositalarini loyihalash
ilmiy asoslangan tizimli
yondashuvni talab qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarning
motivatsiyasi,
materialni qabul qilish tezligi, charchashning oldini
olish va boshqa bir qator
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.
Kompyuterli o‘qitish dasturlarini ishlab chiqishda interfeysni yaratish
uchun qator xususiyatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
dizaynda tizimli yondashuvni qo‘llash xususiyatlari;
asosiy o‘quv elementlarining mazmuni va tuzilishiga oid
tavsiyalar;
qidiruv, navigatsiya va gipermurojaatlar tizimini tashkil qilish;
rang va formalarni qabul qilishning fiziologik xususiyatlarini hisobga
olish;
rasmiylashtirish elementlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Sayt ustida ishlashning asosiy bosqichlaridan biri sozlash bosqichidir.
Bunda sayt kodlari matnida xatolarni qidirish va ularni to‘g‘rilash
muhim
hisoblanadi. Loyiha saytini yaratishdan asosiy maqsad uning qanday rivojlanib
borishini kuzatib borishdir.
Xolis kuzatuvchi
sayt bilan tanisharkan, unda sayt ishlanmasi bilan
shug`ullangan o‘qituvchi va o‘quvchilar qanday natijaga
erishganliklari haqida
yaqqol tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
“Pedagogik dasturiy vositalar va pedagogik web-dizayn” fanini talabalarga
o‘qitish jarayonida,
avvalambor, ularning pedagogik dizaynerlik qobiliyatlarini
shakllantirishga e`tibor qaratish lozim. Tajriba va
amaliyot darslari loyihaviy
ta’lim texnologiyalari asosida tashkil qilinsa, ushbu loyihalarning natijasi sifatida
ta’lim saytlari yaratiladi. Natijada, talabalarning
pedagogik dizaynerlik
qobiliyatlarini shakllantirish, o‘quv sifatini oshirish hamda loyiha mahsuli sifatida
tayyor dasturiy mahsulotga ega bo‘lish imkoni yaratiladi.